So’nggi yangiliklar

16:11"Испания Еврони ҳақли равишда ютди" — Бензема  0 15:49Бонуччи Калафьорининг "Арсенал"га ўтаётганидан афсусда  0 15:27"Бавария"нинг молиявий аҳволи оғирми?  6 15:00ПСЖ Санчо бўйича таклиф билан чиқди  1 14:37"Навбаҳор" Александр Лобанов билан хайрлашди  16 14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  2 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  4 13:23"Арсенал"нинг икки ҳимоячиси мавсумолди тайёргарликни ўтказиб юборади  1 12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1 12:33"Сурхон" назорат ўйинида "Олимпик"дан устун келди  4 12:10"Манчестер Юнайтед" 26 ўйинда 32 та гол урган "Арсенал" ёш футболчисига қизиқмоқда  3 11:46Эшитдик-да! "Навбаҳор" қизиқаётган футболчига "Насаф" ҳам таклиф билан чиқди  21 11:30Хорватия термаси ҳимоячиси миллий жамоадаги фаолиятини якунлади  1 11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  5 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  9

La Liga. Joau Feliks sobiq jamoasiga gol urib, "Barselona"ning "Atletiko" ustidan g'alaba qozonishini taminladi Yangiliklar

La Liga. Joau Feliks sobiq jamoasiga gol urib, "Barselona"ning "Atletiko" ustidan g'alaba qozonishini taminladi

Ispaniya La Ligasi 15-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv yakunlandi.

"Barselona" – "Atletiko" 1:0

Gol: 1:0 – 28 Joau Feliks.

4 dekabr, 01.00, «Olimpik Lyuis Kompanis»

Barselona – Penya, Kunde, Kristensen, Arauxo, Joau Kanselu, Gyundogan, de Yong, Pedri, Rafinya (Yamal, 77), Joau Feliks (Ferran Torres, 77), Levandovski.

Atletiko – Oblak, Molina (Aspilikueta, 46), Ximenes (Lino, 46), Ermoso, Vitcel, Rikelme (Korrea, 46), Koke, De Pol, Lorente, Grizmann, Morata.

Ogohlantirishlar: Ximenes (31), Vitcel (34), Koke (38), Aspilikueta (47), Joau Feliks (50), Ferran Torres (78), Arauxo (79).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90+4. Xavfli vaziyat! Penya jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi!

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

86. ZARBA! Levandovski raqib jarima maydonida bir raqibini mohirona aldab o'tdi va uzoq burchakka zarba yo'lladi, biroq hujumchiga yana omad kulib boqmadi.

79. ZARBA! Depayning zarbasi Penya va undan so'ng darvoza to'siniga tegib qaytdi!

79. "Barselona" jarima maydoni yonida jarima zarbasi belgilandi. "Atletiko"da qulay imkoniyat yuzaga keldi.

76. Grizmann raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borish imkoniyatidan foydalana olmadi, qolaversa, u o'yindan tashqari holatda qolgan ekan.

72. Korrea chap qanotdan oshirilgan to'pni to'xtata olmadi, aks holda "Atletiko" hujumchisida yaxshi vaziyat yuzaga kelardi.

69. ZARBA! Feliksning markazdan o'ng oyog'ining tashqi qismi bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

61. Xavfli vaziyat! Morata o'ng qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

58. Xavfli vaziyat! Rafinya markazga qarab kirib bordi va darvozaning olis burchagi tomon zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

50. Endi Feliksning o'zi ham sariq kartochka bilan jazolandi.

47. Biroz avval maydonga tushirilgan Aspilikueta ham ogohlantirilganlar qatoriga qo'shildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. Xavfli vaziyat! "Atletiko" futbolchisining qo'pol xatosidan keyin tezkor qarshi hujum natijasida makazdagi Feliks zarba yo'lladi, Oblak jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi.

42. Levandovski raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotganda to'pni o'ziga bo'ysindira olmadi.

38. "Atletiko" futbolchilarining uchinchisi birinchi bo'limdayoq ogohlantirilmoqda. Koke bu safar katta tezlikda oldinga qochayotgan Rafinyani to'xtatib qoldi.

36. Xavfli vaziyat! Mehmonlarning o'ng qanotdan boshlagan tezkor qarshi hujumi qarama-qarshi qanotga ko'chdi, Grizmannning zarbasi yo'liga esa De Yong to'g'anoq bo'ldi.

34. Vitcel Feliksga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

33. ZARBA! Morataning pasidan so'ng Ermoso yaqin masofadan zarba yo'lladi, ammo uning urinishi biroz noaniq chiqdi. 

31. Ximenes havodagi kurashda Levandovskiga tizzasi bilan zarba bergani uchun ogohlantirildi.

28. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Joau Feliks raqib jarima maydoniga kirib bordi va Oblakning ustidan to'pni oshirib qo'ygancha uni darvoza to'ridan o'rin olishini taminladi!


24. Kunde raqib jarima maydonida yiqildi, biroq hakam o'yin qoidasi buzilmaganini malum qildi.

21. Xavfli vaziyat! Grizmannning chap qanotdan uzatgan to'pini "Barsa" himoyachisi qaytarib yubordi.

15. "Barselona" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Kanselu raqibiga nisbatan qo'pol o'yin namoyish etdi.

12. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan Kundening uzatmasini Levandovski to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, ammo polshalik forvardga biroz aniqlik etishmadi.

12. Grizmannning oxirgi uzatmasini "Barselona" darvozaboni ushlab oldi. Agar u chaqqonroq harakat qilmaganda, raqib hujumchisi zarba yo'llashi mumkin edi.

8. "Barsa"ning standarti zarba bilan yakunlandi. Oxirgi urinish "Atletiko" himoyachisining oyog'iga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

6. Levandovski yaqin masofadan Rafinyaning uzatmasini darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalari juda qizg'in o'tmoqda.

5. "Atletiko"ning ilk xavfli urinishi sodir bo'ldi. Raqib jarima maydoni ichida Ermoso ko'ngildagidek zarba yo'llay olmadi.

3. Yana bir xavfli vaziyat! Endi Levandovski Feliksning pasidan so'ng raqib jarima maydoni ichida chap oyoqda zarba yo'lladi, to'p so'nggi lahzada raqib himoyachisiga tegib, maydonni tark etdi.

1. Dastlabki daqiqadayoq xavfli vaziyat yuz berdi! Rafinya raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda zarba berish o'rniga pas berishga qaror qildi, ammo uzatma muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

1. Uchrashuv boshlandi.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика