So’nggi yangiliklar

07:22Клублар ўртасидаги ЖЧ. Яна бир учрашувда ҳисоб очилмади  0 02:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, мадридликлар ўйинни бир киши кам бўлиб тугатишди  14 01:10Февзи Давлетов: "Ўйинга тузган режамиз иш берди, аммо бироз реализация етишмади"  6 01:01Виталий Левченко: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак"  9 00:55Ҳаким Фузайлов: "Шундай юқори талаблар орқали ўзбек футболи тартибланиб боради"  1 00:10"Барселона" Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 23:37Вадим Абрамов: "Бу ташкилотнинг ички иши, ушбу ишларни сизлар муҳокама қилиш ва ёзишларингиз керак"  3 23:27Сергей Лушчан: "Биринчи бўлимда деярли юз фоизлик вазият бўлди, аммо..."  5 23:17Рўзиқул Бердиев: "Бундай ўйинларда кўп вазиятлар яратилмайди"  9 22:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" "Окленд Сити"ни "кўмиб қўйди". Германия чемпионлари Янги Зеландия жамоасига жавобсиз 10 та гол урди  31 22:33Жака итальян грандига ўтадими?  0 21:59Суперлига. "Насаф" Чераннинг пенальтидан урган голи эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  175 21:55Суперлига. "Динамо" "Хоразм" билан камбэк амалга ошириб, мағлубиятсиз сериясини давом эттирди  26 21:53Суперлига. Термиздаги баҳсда "Нефтчи" "Сурхон"ни мағлуб эта олмади  31 21:47"Наполи" "Ал Насср" юлдузига қизиқмоқда  0

La Liga. "Barselona" "Alaves"ni ayab o'tirmadi, Messi va Trinkaudan dubl Yangiliklar

La Liga. "Barselona" "Alaves"ni ayab o'tirmadi, Messi va Trinkaudan dubl

Ispaniya chempionati 23-turidan o'rin egallagan bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Barselona – Alaves 5:1  

Gollar: Trinkau 29', 74', Messi 45+2', 75', Firpo 80' – Rioxa 57'

«Kamp Nou»

Barselona – ter SHtegen, Langle, Firpo, Mingesa (Dest, 72), Kuruma (Pedri, 64), de Yong (Pyanich, 72), Puch, Buskets (Umtiti, 46), Trinkau, Grizmann (Dembele, 81), Messi.

Alaves – Pacheko, Agirregabiria (Laguardia, 46), Duarte, Lejen, Tachi, Kordoba (Rioxa, 46), Mendes, Pina (Pons, 72), Battalya, Lukas Peres (Deyverson, 81), Xoselu (Sayns, 81).

Ogohlantirishlar: Agirregabiria (17), Tachi (52). 

Bahs yakunlandi. "Barsa" muxlislarini qoyilmaqom g'alaba bilan tabriklaymiz! Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

81. "Alaves"da 2 ta o'zgarish: Peres o'rniga Deyverson, Xoselu o'rniga Sayns tushdi.

81. "Barselona"da o'zgarish: Grizmann o'rniga Dembele tushirildi. 

80. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Firpo Grizmanning pasidan so'ng hisobni yiriklashtirdi – 5:1! 

75. GOOOOOOOOOOOL! Messi aylantirma zarba orqali dublni rasmiylashtirdi – 4:1!

74. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Pedri Messini birga-bir holatga olib chiqdi, ammo darvozabon argentinalikning yllini to'sib qo'ydi.  To'p Trinkauga qadar etib keldi, u esa adashmadi – 3:1!

72. "Barselona"da 2 ta o'zgarish: Mingesa o'rniga Dest, de Yong o'rniga Pyanich tushdi.

72. "Alaves"da almashtirish: Pina o'rniga Pons o'yinni davom ettiradi.

70. Rioxa Xoseluni to'p bilan taminlamoqchi bo'ldi, biroq Umtiti o'z vaqtida vaziyaatga aralashib, pasnu uzib qo'ydi. 

68. Grizmann Puchga pas berdi, yosh futbolsining zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi.

66. Messidan uzatma, Grizmanndan 5 metrdan noaniq zarba. Nima bo'lyapti?!

64. "Barselona"da almashtirish: Kuruma o'rniga Pedri maydonga tushirildi. 

64. Uuuxx! Messi!  Grizmann to'pni sherigiga o'tkazib yubordi, Leo esa chamasi 16 metrdan darvozani to'g'ri nishonga ololmadi.

62. Nima??!!  Trinkau qanday dahshatli vaziyatni ko'kka sovurdi?!  U birga-bir holatdan foydalaga olmadi, Pacheko shuni ham qaytardi. Qoyil!

60. Messidan zarba!  Pacheko ishonch bilan to'pni egallab oldi.

57. GOOOOOOOOOOL!  Rioxa Langle va Umtitini ortda qoldirib, birga-bir holatdan unumli foydalandi – 2:1!

56. Peresdan navbatdagi zarba!  U "Barselona" jarima maydoni ichkarsisda to'pni qabul qildi va to'qqizlikni inshonga old. Zarba futbolchi istaganidek chiqmadi.

52. Tachi Firpoga nisbatan qoidani buzdi, unga sariq kartochka ko'rsatildi.

51. Messi jarima to'pidan ohista uzatmani amalga oshirdi, Langle bosh bilan zarba yo'lladi, bu na zarba, na pasga o'xshadi, afsuski. 

49. Messining aqlli pasidan keyin to'p Firpoga etib kelayotgandi, ammo Tachi bunga to'sqinlik qildi, qoida buzish qayd qilinib, standart vaziyat belgilandi.

46. "Barselona"da o'zgarish: Buskets o'rniga Umtiti o'yinga qo'shildi. 

46. "Alaves"da  2 ta o'zgarish: Agirregabiria o'rniga Laguardia, Kordoba o'rniga Rioxa tushdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 2:0. Tanaffus! 

45+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Messi o'zining supergoli orqali hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi, to'p darvoza ustuniga tegib, darvoza to'ridan joy oldi!  

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

43. Messi va Puch o'zaro kombinaciya tashkil etib, ichkariga kirishga urinishdi, ammo reja o'xshamay qoldi.

40. "Alaves" hujum qilishda davom etyapti. Qanotdan uzatma amalga oshirildi, Ter SHtegen taxminan 11 metrlikdagi nuqtadan to'pni urib yubordi.

38. Gol bekor qilindi!  Grizmann ofsaydda qolib ketgan ekan. Tablodagi hisob 1:0ga qaytarildi.

36. GOOOOOOOOOL! Messi "Barselona"ning ikkinchi golini urdi – 2:0! 

32. Mingesa o'ng qanotda yaxshi ochildi va uzatma qayd etdi, to'p to'satdan maydonni tark etdi.

29. GOOOOOOOOOOOOOLLL!  "Barselona" hisobni ochdi. Trinkau to'pni darovza to'riga joylab qo'ydi – 1:0!

27. "Alaves"ning qaltis hujumi! Ter SHtegen vaziyatga 2 marta aralashdi. Mendes qanotda Firponi aldadi, zarbaga aylanib ketgan uzatmani darvozabon qaytardi, keyingi holatda Battalyaning zarbasi qaytarildi. Tasanno! 

23. Mendes qanotda follik ko'rsatdi va sheriklarini to'p bilan taminlashni niyat qilib, yakunda buchrak to'pi ishladi.

18. "Alaves" tez-tez hujum uyushtirmoqda. Ammo hozircha mehmonlarning uzatmalarida kamchiliklar bor.

17. Agirregabiria Messini qoida buzish evaziga to'ztatib qoldi va ogohlantrildi.

15. Peresning burchakdan uzatmasi "Alaves"ga hech qanday foyda keltirmadi. "Barselna" qiyinchiliksiz himoyalandi.

14. Peres va Kordoba birgalikda burchak to'pi ishlab olishdi. To'p Mingesaga tegib, maydonni tark etdi.

8. "Alaves"ning xavfli hujumi! Mendes o'ng qanotdan oldinga borib, sherigiga pas berdi, Peres esa juda noaniq zarbani ijro qildi.

7. Pacheko darvozani tashlab, juda uzoqqa chiqib ketdi. Messidan zarba!  Leo qulay imkoniyatdan foydalanib qolmoqchi edi, ammo Pacheko zarbani qaytarishga ulgurdi. 

4. Zarba!  Bu gal Trinkau raqib jarima maydoni ichiga "bostirib" kirdi va zarba berdi – noaniq.

2. Xavfli vaziyat!  Grizmanning yaqin va qulay masofadan yo'llagan zarbasi "bloklandi". 

1. O'yinga start berildi! 

O'yinoldi mashg'ulotlar

- O'yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari!  Bugun Ispaniya La Ligasi 23-turida "Barsa" o'z maydonida "Alaves"ni qabul qiladi. Ushbu to'qnashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика