So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  232 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

La Liga. "Atletiko" ham "Real"ni to'xtata olmadi Yangiliklar

La Liga. "Atletiko" ham "Real"ni to'xtata olmadi

Ispaniya chempionatining 6-turidan o'rin olgan "Atletiko" - "Real" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Murosasiz kurash, Rodrigo va Vinisiusdan raqs, janjallar, sariq va qizil kartochkalar — "Madrid derbisi"ni qabul qilgan "Civitas Metropolitano" chinakamiga "yondi". 

Birinchi bo'limda tartibli himoya va vaziyatlardan unumliroq foydalangan "Real" yakunda g'alabani tantana qildi.   


"Atletiko" – "Real Madrid" 1:2
18 sentyabr, "Vanda Metropolitano" stadioni
Gollar
: 0:1 – 18 Rodrigo, 0:2 – 36 Valverde, 1:2 – 83 Ermoso.

"Atletiko" – Oblak, Vitcel, Felipe, Reynildu, Lorente, Karrasko (Ermoso, 72), Koke (Korrea, 73), Kondogbia (Saul, 81), de Paul (Morata, 62), Grizmann, Joau Feliks (Mateus Kunya, 62).

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Mendi (Ryudiger, 75), Modrich (Kamavinga, 82), Kroos (Asensio, 86), Tchuameni, Valverde, Vinisius Junior, Rodrigo (Sebalos, 86).

Ogohlantirish: Reynildu (28), Mendi (33), Koke (63), Karvaxal (88), Ermoso (89).

CHetlatish: Ermoso (90).


La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing

  

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Bo'ldi, hakam dramatik bahs yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Nomiga mos bellashuvda "Real" ustun keldi va navbatdagi uch ochkoni o'ziniki qilib oldi.

90+4-daqiqa. Kamavingaga nisbatan fol. "Real" hech qaerga shoshilmayapti.  

Zaxiradan maydonga tushirilgan Mario Ermoso gol urdi, sariq va qizil kartochkalarni komplekt qilib, yana hammadan ertaroq chiqib ketdi. 

90+1-daqiqa. CHetlatish! Dani Sebalosni ham chiqishtirmagani uchun Ermosoga ikkinchi sariq va qizil.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.  

89-daqiqa. OgohlantirishlarQoidani buzgani uchun Karvaxalga va keyin raqibga tashlangani uchun Mario Ermosoga sariq. 

Maydonda ishkal! Hamma bir-biriga baqirgan, kimnidir chaqirgan, ajratganmiey. Xullas hammasidan bor.

Umid uchqunlari paydo bo'lgach, "Atletiko" endi yanada zo'r ishtiyoq bilan oldinga boradi, lekin bu himoyada bo'sh zonalar qolib ketishiga ham olib kelishi mumkin.

86-daqiqa. O'zgarishlarMarko Asensio va Dani Sebalos o'yinga qo'shildi. Kroos va Rodrigo o'rniga.  

83-daqiqa. GOOOOOOOL! Mario Ermoso elkasi bilan gol urib, farqni qisqartirdi! So'nggi daqiqalar stadiondagi harorat yanada oshadi. 

Keyingisi Marko Asensio bo'ladi. 

82-daqiqa. O'zgarish! Modrich o'rniga Kamavinga. 

80-daqiqa. Karvaxal Kondogbiya bilan to'qanshuvdan keyin maydonga yiqilib, tura olmadi. To'pni qaytarib olib qo'ygach, Kroos uni maydon tashqarisiga chiqarib yuborib, sherigiga yordam zarurligiga ishora qildi. 

78-daqiqa. Alaba xavfli uzatmani qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Burchak zarbasidan keyingi zarba qovushmadi va Tibo osonlik bilan to'pni egallab oldi.  

77-daqiqa. Zerikkan Tibo Kurtua raqibini "zamax"da aldadi.   

75-daqiqa. Bu safar Vinisius Juniorning o'zi raqibning oyog'iga zarba berdi, Lorente jabrlanuvchi rolida.  

74-daqiqa. O'zgarish! Ferlan Mendi o'rnini Antonio Ryudigerga bo'shatib bermoqda. 

73-daqiqa. Vinisius va Rodrigo texnikasi evaziga raqib futbolchilariga to'pni bermay, ularning asabini sinamoqda. 

72-daqiqa. O'zgarishlarKoke va Yannik Karrasko o'rniga Anxel Korrea va Mario Ermoso o'yinga qo'shildi.  

69-daqiqa. "Atletiko" to'p bilan lekin chinakamiga xavfli vaziyat yaratish imkoni hozircha topilmayapti.  

66-daqiqa. Yana Vinisiusga nisbatan fol. Braziliyalik futbolchi bunday holatlarni tabassum bilan qarshi olmoqda.  

63-daqiqa. Ogohlantirish! Koke taktik folni ham "qattig'ini" ishga soldi va Rodrigoni to'xtatdi.

Joau Feliks "Real"ga qarshi 6-o'yinda ham samarali harakatlarni amalga oshira olmadi. 

62-daqiqa. O'zgarish! Rodrigo de Paul o'rniga Alvaro Morata, Joau Felish o'rniga esa Mateus Kunya tushdi. 

61-daqiqa. O'ng qanotdan uzatma, ammo Felipe qanchalik urinmasin to'pga eta olmadi.   

Diego Simeone tavakkal qilishga majbur. Hozir "Atletiko" safida bir yo'la ikki hujumchi Morata va Kunya o'yinga qo'shiladi.

57-daqiqa. "Real" himoyadan chiqishda muammoga duch keldi va yana "Atletiko" hujumda.  

Raqib uchun kutilmaganda uzatma, ammo "Atletiko" futbolchisi ham bunga tayyor emas ekan.

55-daqiqa. Tchuameni va Karvaxal birgalikda Rodrigo De Paulga qarshi harakat davomida qoidani buzgan deb topildi. Xavfli jarima zarbasi. 

52-daqiqa. Mandava bu safar Modrichga nisbatan qoidani buzdi. 

49-daqiqa. Kurtua darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga kelayotgandek edi, lekin oxirgi zarbani beradigan futbolchi topilmadi.  

48-daqiqa. Ferlan Mendi bosim ostida qolgani tufayli, majburan o'z jarima maydonchasi yaqinida bir nechta raqiblarini aldab o'tib, keyin uzatmani amalga oshirishga majbur bo'ldi.   

47-daqiqa. "Atletiko" futbolchisi o'yindan tashqari holatda.  

46-daqiqa. Ikkinchi taym boshlandi!

Bo'ldi, hakam hozircha etarli dedi va bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chalib berdi. Tanaffus! 

45+1-daqiqa. Luka Modrichga nisbatan fol. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.  

43-daqiqa. Vinisius fursatdan foydalanib raqib himoyachilari uchun qizil ishlashga harakatni boshlab yubordi chog'i. Hozir Mandava qo'li bilan harakat qilgan bo'lsada, tirsak braziliyalikka deyarli tegmasa ham Vinni maydonga quladi. Hakam tabiiyki bunga ishonmadi.  

41-daqiqa. Karraskoning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, ammo Tibo bunga tayyor ekan.  

36-daqiqa. GOOOOOL! Federiko Valverde oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Vinisius va Modrich hujumni tashkillashtirib berishdi, Fede esa kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo'ldi.      

33-daqiqa. Ogohlantirish! Ferlan Mendi to'pga keskin tashlangani va yo'l-yo'lakay Lorenteni ham qulatib o'tib ketgani uchun kartochka ishlab oldi. 

31-daqiqa. Joau Felish o'yindan tashqari holatda qolib ketgani malum bo'ldi.  

28-daqiqa. Ogohlantirish! To'pga ulgura olmagan Reynildo Mandava keskin ravishda Rodrigoning oyog'iga zarba berib yubordi.    

26-daqiqa. Rodrigo yana qulay vaziyatga chiqib bordi, lekin zarbani paysalga solib yuborgani uchun himoyachi blok qo'yishga ulgurdi. Burchak zarbasidan esa mehmonlar naf chiqara olishmadi.    

25-daqiqa. Raqiblarining sustkashligidan keyin to'pni olib ketgan Grizmann jarima maydonchasiga yaqinlashib, chap oyog'ida kuchli zarba yo'lladi, ammo Kurtua jamoasini qutqarib qoldi.  

21-daqiqa. Rodrigo De Paul va Vinisius bir-biriga norozi yuz tuzilishi bilan bir nimalar deyishdi. Hakam har ikkalasiga tinchlanish zarurligini uqtirdi. 

Hujumdagi asosiy ishni esa Fede Valverde qilib berganini aytib o'tish zarur. 

18-daqiqa. GOOOOOOOL! Tchuamenidan ajoyib uzatma va Rodrigo to'pni darvozaga mixlab qo'ydi. Golni Rodrigo hamyurti Vinisius bilan raqsga tushib nishonlashdi. 

17-daqiqa. Joffrey Kondogbiya endi uzoq masofadan raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi.  

16-daqiqa. Orelen Tchuameniga nisbatan fol uchun jarima zarbasi belgilandi. 

13-daqiqa. Xavfli vaziyat yuzaga keldi, lekin oxirgi zarba yo'liga mehmonlar himoyachisi to'g'anoq bo'ldi.  

12-daqiqa. Kutilmaganda Karrasko zarba berib qoldi va Karvaxal oxirgi pallada oyog'ini qo'yib qolgani tufayli, vaziyat faqatgina burchak zarbasi bilan yakunlandi. 

10-daqiqa. Uzun pasdan keyin Rodrigo darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishiga himoyachilar yo'l qo'ymadi.  

6-daqiqa. Jarima zarbasidan uzatilgan to'pni hujumga kelgan Felipe boshi bilan darvozaga yo'llab qo'yishga urindi, ammo uning urinishag aniqlik etishmadi. 

4-daqiqa. Jang boshlandi! Koke maydonga yiqilib tushgan Valverdedan to'pni olib qo'yishga urindi. Bu orada u Fedeni ham tepib yubordi. 

2-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni "Real" boshlab berdi. 

Har ikki jamoaning asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi.  

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика