So’nggi yangiliklar

22:33Ла Лига. "Реал Мадрид" "Реал Сосьедад"га қарши ўйин учун бошланғич таркибини одатдагидек эрта эълон қилди  4 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:57U-23 Осиё кубоги. Ироқ – Вьетнам. Таркиблар аниқ!  10 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  92 21:33Ўзбекистон U-23 Осиё кубоги ярим финалида Индонезияга қарши баҳс олиб боради (турнир сеткаси)  40 21:14U23 Осиё кубоги. ҒАЛАБА! Ўзбекистон қийин кечган ўйинда Саудия Арабистонини мағлуб этиб ярим финалга чиқди! Олимпиадага бир қадам қолди  428 20:47Тен Хаг бир неча нашрларга ўзи иштирокидаги матбуот анжуманларида савол беришни таъқиқлади  1 20:00"Бавария" мухлислари Тухель қолишини исташади  4 19:41Роналду "Манчестер Юнайтед"да Рангникка ультиматум қўйган  18 19:23Максим Шацких: "Асосийси кейинги босқичга йўл олдик. Ўйин ҳақида эса гапиришни истамайман"  12 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1. Highlights  0 19:05Бошкович: "Ғалаба қозондик, аммо кўрсатган ўйинимиздан хафаман"  2 19:02Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" 2:3. Highlights  1 18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  6

La Liga. Messining goli og'ir kechgan o'yinda "Barselona"ga 3 ochko taqdim qildi Yangiliklar

La Liga. Messining goli og'ir kechgan o'yinda "Barselona"ga 3 ochko taqdim qildi

Mazkur uchrashuv saytimizda onlayn tarzda matnli traslyaciya qilindi.

Atletico Madrid

LaLiga . 15-tur

02/12/2019, 00:00

1
:
0
Tugadi

Barcelona

Lionel Messi - 86'

Stadion: Estadio Wanda Metropolitano, 64198 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
8'  Thomas Partey
21'  Angel Correa
66'  Joao Felix (Vitolo)
69'  Vitolo
73'  Felipe
73'  Angel Correa (Thomas Lemar)
87'  Hector Herrera (Renan Lodi)
18'  Junior Firpo
32'  Gerard Pique
51'  Ivan Rakitic
65'  Clement Lenglet
73'  Arthur (Arturo Vidal)
83'  Gerard Pique (Samuel Umtiti)
86'  Lionel Messi
86'  Luis Suarez

Atletiko – Barselona 0:1

2 dekabr, 01.00, «Vanda Metropolitano»

Gol:

0:1 – 86 Messi.

Atletiko – Oblak, Tripper, Ermoso, Felipe, Saul, Errera (Lodi, 87), Koke, Korrea (Lemar, 73), Tomas, Joau Feliks (Vitolo, 66), Morata.

Barselona – ter Stegen, Firpo, Pike (Umtiti, 83), Langle, Serdji Roberto, de Yong, Rakitich, Artur (Vidal, 73), Suares, Grizmann, Messi.

Ogohlantirishlar:

Tomas (8), Firpo (18), Korrea (21), Pike (32), Rakitich (51), Langle (65), Vitolo (69), Felipe (73).


- Ammo "Atletiko" mag'lubiyatdan qutulib qololmadi. Uchrashuv yakunlandi. Mezbonlar "Barselona"dan yaxshi o'ynashdi, ammo Messidan emas. Leo o'z jamoasiga navbatdagi 3 ochkrni tuxfa qildi.

90+3. Mezbonlarda so'nggi imkoniyat. Jrima zarbasi. Oblak ham etib keldi raqib jarima maydonchasiga.

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

87. "Atletiko" o'zi ustunlik qilib turgan uchrashuvda gol o'tkazib yubordi. Suarez bilan devor uslubida o'ynagan Messi Oblak darvozasini ishg'ol qildi.

86. Gooooooooooool! Yana Messi.

83. Pike o'rniga Umtiti o'yinni davom ettiradi.

82. Kataloniyaliklar to'pni jiddiy tarzda nazorat qilishmoqda.

80. Pike maydonga qaytdi, ammo uning ahvoli yaxshiga o'xshamaydi.

79. Pike uchrashuvni davom ettirolmaydigan ko'rinadi. Maydon tashqarisida esa Umtiti mashg'ulotlarni boshlab yubordi.

73. Dastlab, Felipega sariq kartochka ko'rsatildi. Uchrashuvni Korrea o'rniga Lemar, Artur o'rniga Arturo Vidal davom ettiradi.

72. "Atletiko" hisobni ochishga yaqin keldi. Ammo jarima maydonchasi ichidagi tushunarsiz vaziyat "Barselona" foydasiga yakunlandi.

69. Messiga nisbatan qo'pollik ishlatmoqchi bo'lgani uchun Vitolo Machin ogohlantirildi.

66. O'zgarish. Feliks o'rniga Vitolo bahsni davom ettiradi.

65. Langlega ham sariq kartochka ko'rsatildi. U ham Moratani qo'pollik bilan to'xtatib qolgandi.

60. Messining jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasidan keyin Oblak to'pni ikkinchi urinishda egallab oldi.

56. Mezbonlar katta kuch bilan oldinga o'tishdi. Ammo Tomas va  Korrealar tomonidan berilgan zarbalar bartaraf etildi. Burchak zarbasi.

51. Ivan Rakitichga ham sariq kartochka ko'rsatildi. U o'zidan ilgarilab ketgan Moratani qo'pollik evaziga to'xtatib qolgandi.

47. "Atletiko" muxlislari Grizmannga nisbatan hushtakbozlik qilishda davom etishmoqda

46. Ikkinchi bo'limni "Barselona" boshlab berdi.

Tanaffusdan foydalanib uchrashuvning birinchi bo'limida suratga olingan sara kadrlarni etiboringizga havola etamiz.

- Tanaffus.

45. Matteo Laos birinchi bo'limga vaqt qo'shib bermadi.

43. Bu daqiqaga kelib o'yindagi umumiy zarbalar soni – 9-6.

42. Morataning zarbasiga Pike javob qaytardi. To'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

40. Ter SHtegendan ajoyib seyv! Burchakdan etkazib berilgan to'pni Morata boshi bilan darvoza tomon yo'lladi. Nemis darvozabonidan esa super reaksiya.

36. Suarez uzoqdan judayam xavfli zarba yo'lladi. Urugvaylik hujumchi santimetrlarga adashdi.

33. Joau Feliks yo'llagan zarbani Pike maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

26. Messi chap qanotda himoyachidan to'pni tortib olib, Rakitichni Oblak bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqarib yubordi. Xorvatiyalik futbolchi esa vaziyatdan foydalana bilmadi.

22. Uchrashuvda asosan "Atletiko"ning Kiran Tripper to'p surayotgan o'ng qanoti faollik namoyish qilmoqda.

20. Ajoyib seyv!"Atletiko" himoyachisi Ermoso 1-2 metlar naridan ter SHtegen darvozasini ishg'ol etolmadi.

18. Firpo Anxel Korreani jarima maydonchasi bo'sag'asida to'xtatib qoldi. Jarima zarbasi belgilandi. Nuqta - xavfli.

9. Darvoqe, uchrashuvni tajribali hakam Matteo Laos boshqarib bormoqda.

8. Uchrashuvdagi dastlabki sariq kartochka Rakitichga nisbatan xavfli o'ynagan Parteyga ko'rsatildi.

7. Judayam xavfli vaziyat: Ermoso tomonidan jarima maydonchasi markaziga uzatilgan to'pni Firpo o'z darvozasiga kiritib qo'yishiga sal qoldi. To'p darvoza to'siniga tegdi.

6. "Matraschilar" ilk burchak to'piga ega bo'lishdi.

2. Uchrashuvdagi dastlabki zarba "Barsa" darvozasiga yo'llandi. Morataning zarbasi - noaniq.

1. Uchrashuv boshlandi. O'yinn99i mezbonlar boshlab berishdi.

Jamoalarning o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlaridan lavhalar:

Mana uchrashuv o'tkaziladigan "Vanda Metropolitano" stadionining muxlislar tashrifidan oldingi ko'rinishi.

Ko'rib turganingizdek har ikki jamoaning boshlang'ich tarkiblarida syurprizlar bisyor. Umid qilamizki, uchrashuv ham ana shunday kutilmagan holatlarga boy bo'ladi.

Assalomu alaykum, hurmatli saytimiz foydalanuvchilari! Bir necha daqiqalardan keyin boshlanadigan ajoyib to'qnashuvni sizlar bilan birgalikda kuzatib borishga qaror qildik. Marhamat, o'yin haqidagi fikr va mulohazalaringizni yozib qoldirishingiz, sevimli jamoangizni qo'llab quvvatlashingiz mumkin.


Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика