So’nggi yangiliklar

15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  1 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  4 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  0 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  2 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  5 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  13 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  6 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  41 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  28 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15

La Liga. "Barselona" "Atletiko" oldida ojiz qoldi, Suares Kumanga "salom yo'lladi" Yangiliklar

La Liga. "Barselona" "Atletiko" oldida ojiz qoldi, Suares Kumanga "salom yo'lladi"

Ispaniya chempionati 8-turining markaziy uchrashuvi tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Ispaniya chempionati

8-tur

Atletiko – Barselona 2:0 

«Vanda Metropolitano»

Gollar: Lemar 23', Suares 44'

Atletiko – Oblak, Savich, Ximenes, Ermoso (Felipe, 81), Lorente, Karrasko (Lodi, 81), Koke, de Paul (Tripper, 46), Lemar, Suares (Grizmann, 72), Joau Feliks (Korrea, 72).

Barselona – ter SHtegen, Mingesa (L. de Yong, 76), Pike, Arauxo, Dest (Langle, 86), Buskets, F. de Yong, Niko Gonsales (Serxi Roberto, 46), Koutino (Fati, 64), Gavi (Puch, 76), Depay.

Ogohlantirishlar: Gavi (20), de Paul (45+1), Koke (78).

Uchrashuv nihoyasiga etdi. Unda madridliklar ishonchli g'alabaga erishishdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi bahslarda g'oyibona ko'rishguncha!

90. Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Serxi Robertoning havolatib amalga oshirgan pasiga sheriklari ulgarmadi. "Atletiko"da erkin zarba.

88. Grizmann Korreani to'p bilan taxminladi, u esa to'pni oldirib qo'ydi. 

86. "Barselona"da almashtirish: Dest o'rniga Langle tushdi. 

86. Zarba!  Depayning jarima zarbasi orqali yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

84. To'p "Barselona"da va "Atletiko" hududida, biroq xavfli holatlarning o'zi yo'q. 

81. "Atletiko"da 2 ta o'zgarish: Karrasko o'rniga Lodi, Ermoso o'rniga Felipe tushdi.  

78. Koke Fatiga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq oldi. 

Izohsiz (2)

76. Depayning pasi himoyachilar tomonidan uzoqlashtirildi.

76. "Barselona"da 2 ta almashtirish: Gavi o'rniga Puch, Mingesa o'rniga Lyuk de Yong o'yinni davom ettiradi. 

74. Grizmann Arauxodan to'pni olib oldina bordi, ammo Korreaga juda-juda noaniq pas berdi. 

74. "Barselona" to'pni yaxshi nazorat qilmoqda, biroq so'nggi nuqtani qo'yadigan futbolchi yo'q. 

72. "Atletiko"da 2 ta o'zgarish: Suares o'rniga Grizmann, Feliks o'rniga Korrea maydonga tushdi. 

71. Zarba!  Fatining zarbasi Oblakka qiyinchilik taqdim etmadi. 

70. Uuux! Fatining jarimadan bergan zarbasi bir oz uyatli chiqdi, juda noaniq.  

68. Ermoso chiroyli harakatlarni amalga oshirayotgan Fatiga nisbatan qo'pollik ishlatdi, "Barsa" uchun qulay standart. 

66. Zarba!  Joau Feliks yaxshi uzatmadan keyin darvoza markazi tomon zarba berdi. Zarba u qadar kuchli chiqmadi va Ter SHtegen qiyinchilikka uchramadi. 

64. "Barselona"da almashtirish: Koutino o'rniga Fati tushirildi. 

60. Zarbaaa!  Koutino qulay imkoniyatni yo'qqa chiqarib, darvozabonning o'zi turgan joyga zarba berdi. Oblakdan seyv! 

59. To'pga egalik qilish bo'iycha statistika: 30% – 70%.

56. Yannik Karrasko hujumga o'tdi, ammo himoyachilar qarshiligiga uchrab, ortiqcha kontaktlarsiz yiqildi.

Izohsiz

54. Tomas Lemar burchakdan uzatmani amalga oshirdi, ammo Ter SHtegen ishonch bilan to'pga ega chiqdi.

50. Memfis Depay dribling ko'rsatishga kirishdi, biroq to'p himoyachilar qarshiligi orqali maydonni tark etdi, burchak zarbasi.

46. "Atletiko"da almashtirish: de Paul o'rniga Tripper o'yinga qo'shildi. 

46. "Barselona"da o'zgarish: Niko Gonsales o'rniga Serxi Roberto tushdi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 2:0. Tanaffus! 

45+1. Destga nisbatan qo'pol o'ynagan de Paulga sariq kartochka ko'rsatildi.  

44. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Suares darvozani ishg'ol qilib, golni nishonlash vaqtida uzr ham so'radi – 2:0!  

44. Karrasko to'pni qo'li bilan o'ynagani tufayli jarima belgilandi. Depayning ichkariga oshirib bergan to'pini Oblak ushlab oldi. 

40. Gavi hujum chog'ida Savichga nisbatan qo'pol o'ynadi.

39. Pike Gaviga pas berdi, u esa to'pni o'zida saqlab qololmadi va qarshi hujum tashkil qilinmadi. 

36. De Paul Gaviga nisbatan qoidani buzdi. "Ko'k-anorranglilar" azosi hakamga etiroz bildirib, raqibni ogohlantrishni so'ramoqda.

34. "Barselona" burchak zarbasidan unumli foydalana olmadi, Yan Oblak to'pga birinchi bo'lib ega chiqdi.

32. Memfis Depay to'pni qabul qilib, raqib himoyachilarini aldashga kirishdi va burchak to'pi ishladi.

30. Koutinoning havolatib uzatgan pasidan keyin Depay boshi bilan de Yong tomon uzatmani amalga oshirdi, niderlandiyalik yarim himoyachi to'pga ozgina ulgurmay qoldi... 

28. Zarba!  Feliks-Suares kombinaciyasi uragvaylik hujumchining xavfli zarbasi bilan tugadi.

27. Uuuux! Filippe Koutinoning o'ng oyoqdagi zarbasi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi. Xavfli!

23. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Suaresning ajoyib pasidan so'ng Lemar tabloga o'z familiyasini yozdirib qo'ydi – 1:0!

21. Zarba!  Karrasko olisdan bergan zarbasi darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

20. Gavi Lemarni turtib yuborgani bois sariq kartochka bilan jazolandi. 

19. Niko Gonsalesning zarbasidan keyin to'p "rikoshet" orqali maydondan chiqib ketdi, burchak zarbasi. 

17. Uuuux!  Feliksning kutilmaganda erlatib yo'llagan zarbasi xavfli ko'rinish oldi. 

14. Niko Gonsales Feliksga nisbatan qoidani buzdi, vaziyatga yaqin turgan hakam hushtagini chaldi.

12. To'p hakamga tegib ketdi, "Atletiko" yuirishini qaytadan boshlaydi. 

11. Feliks "Barselona" jarima maydoni ichida Mingesani yiqitdi. 

9. Zarbaaa!  Lemar jarima maydoni tashqarisidan pastki burchakni ko'zladi, sal noaniq. 

7. Depay yuzini ushlab maydonda yotibdi, Ximenes butsasining tag qismi uning betiga tegib ketgan.

5. Buskets Feliksga nisbatan qoidani buzdi. De Paluning jarimadan ichkariga uzatgan to'piga hech kim etib bora olmadi.

3. Eski qadrdonlar to'qnashishdi: Pike Suaresga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

2. Hujum sari dastlabki harakat "Barsa" tomonidan boshlandi. Depay Gavini to'p bilan taminlamoqchi bo'ldi, ammo "Atletiko" vakillari bunga yo'l qo'yishmadi. 

1. O'yinga start berildi!

"Vanda Metropolitano"dagi atmosfera qandayligini surat orqali sezish qiyin emas

- O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

- Assalomu alaykum, aziz futbol ishqibozlari! Bugun La Liga 8-turida "Atletiko" hamda "Barselona" o'rtasidagi markaziy uchrashuv bo'lib o'tadi. Mazkur bahsni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика