So’nggi yangiliklar

11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  0 10:50Нима учун Лени Йорони «Реал»га эмас, МЮга ўтгани маълум  4 10:21«Реал Мадрид» яна бир афсонаси билан шартномани узайтирди  3 09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  2 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  18 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  5 08:25Расман. «Боруссия» тўпурар ҳужумчи билан шартнома тузди  1 07:59Расман: Европа лигаси тарихидаги энг яхши тўпурар фаолиятини Саудияда давом эттиради  3 07:30Бугун «Мираброр Усмонов кубоги» старт олади  1 00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  3 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  4 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  6 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  5 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  1 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  19

La Liga. Bellingem rasmiy debyutida gol urgan o'yinda "Real Madrid" "Atletik" ustidan g'alaba qozondi Yangiliklar

La Liga. Bellingem rasmiy debyutida gol urgan o'yinda "Real Madrid" "Atletik" ustidan g'alaba qozondi

Teglar :  AtletikReal Madrid
Ispaniya chempionatining 1-turidan o'rin olgan "Atletik" - "Real Madrid" uchrashuvi yakunlandi.

"Atletik" - "Real Madrid" 0:2

Gollar: 0:1 – 28 Rodrigo, 0:2 – 36 Bellingem.

"Atletik": Unai Simon, De Markos, Vivian, Paredes, Lekue, Ruis de Galarreta, Vesga, Gomes (Sanset, 46), Muniain (Guruseta, 46), Uilyams (Berenger, 46), Uilyams.

"Real Madrid": Lunin, Karvaxal, Militao (Ryudiger, 50), Alaba, Bellingem, Vinisius, Rodrigo, Kamavinga, Valverde, CHuameni, Fran Garsiya.

Ogohlantirish: Muniain (4), Vivian (67).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

87. Uilyams Bellingemning oyog'ini bosib olgani uchun ogohlantirildi.

83. Modrich chiroyli kombinaciyani chap oyoqda yakunlab qo'ymoqchi bo'ldi, ammo Simon bunga yo'l qo'ymadi.

80. Madridliklarda ikki o'zgarish: Xoselu va Modrich Rodrigo hamda Vinisius o'rniga maydonga tushirildi.

79. Rodrigoning zarbasini "Atletik" posboni egallab oldi.

76. Alaba jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi. Kroos to'pni oldirib qo'ygach, mezbonlar hujumchisi yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgandi.

72. Alaba "Atletik" futbolchisining kuchli zarbasini qaytarib qoldi.

71. Toni Kroos Kamavingani almashtirdi.

70. Viniusning zarbasini yana Unai Simon qaytardi.

68. Valverdining kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. To'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

67. Vivian Vinisiusni to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

67. Rodrigo–Vinisius kombinaciyasi muvaffaqiyatli yakunlanishi mumkin edi, ammo 7-raqamli hujumli oxirgi pasga vaqtida eta olmadi.

63. Rodrigo Fran Garsiya tomonidan uzatilgan to'pga eta olmadi, aks holda xavfli zarba yo'llanishi mumkin edi.

59. Vesganing zarbasi rekoshet hosil qildi, shu bois zarba kuchi pasaydi va "Real" posbonining qo'liga borib tushdi.

56. Mezbonlarning jarima to'pi zarbagacha etib bordi, ammo uning kuchi zaif bo'lgani uchun Luninga qiyinchilik tug'dirmadi.

53. Mezbonlar tomonidan amalga oshirgan burchak zarbasini madridliklar qaytardi.

50. Militaoning jarohati jiddiy ko'rinadi, uning o'rniga Ryudiger maydonga tushirildi.

48. Militao oyog'ini qayirib oldi. Braziliyalik himoyachiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+9. Fran Garsiya qulay nuqtadan aniq zarba bera olmadi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

40. Yo'q, penaltiga tortadigan vaziyat emas ekan. Sababi, Gomes dastlab zarba yo'llab bo'lgandi.

38. "Real" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin. Militao Unai Gomes zarba yo'llagach, unga podkat tashladi.

36. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Bellingem burchakdan uzatilgan to'pni erga sapchitib, darvozabon ustidan oshirib qo'ydi!


35. Vinisius raqiblarini ajoyib aldab o'tdi va zarba yo'lladi, ammo raqib posboni ishonchli o'yin namoyish etdi.

33. Rodrigo burchak to'pi ishlab oldi. Standart katta qiyinchilik bilan bartaraf etildi.

28. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Hujumni o'zi boshlagan va o'ng qanotdagi Karvaxaldan to'pni qabul qilib olgan Rodrigo hisobni ochdi! 


24. Alabaning jarimadan yo'llagan zarbasi to'g'ri Unai Simonning qo'llariga borib tushdi.

21. Kamavinga maydon markazida qoidabuzarlikka yo'l qo'ydi.

16. Vinisius o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

13. Madridliklar burchak to'pi ishladi, standart vaziyat esa himoyachilar tomonidan qaytarildi. Ikkinchi urinish Valverdining kuchli zarbasi bilan yakunlandi, ammo biroz aniqlik etishmadi.

9. Mehmonlarning hujumi bartaraf etildi. Valverdening pasiga sherigi ulgurmadi.

4. Muniain hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

1. Uchrashuv boshlandi. Ilk hujumni mezbonlar tashkil etishdi va burchak zarbasi ishlashdi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Uyqusiz tunlar mavsumi boshlanmoqda! SHunday ekan, bundan buyog'i evrofutboldan bahramand bo'lishga shay bo'ling.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика