So’nggi yangiliklar

01:44Миллатлар лигаси. 13-сонияда гол урган Франция мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  5 01:10ОЧЛ. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини бошқарадиган ҳакамлар маълум!  2 00:43Италияда маош учун энг кўп пул ишлатаётган клуб номи маълум қилинди  0 00:17УЕФА "Рома" ва "Астон Вилла"ни жазолади  0 23:35Наҳотки! Депай ўзи учун жамоа топди  1 23:17"Насаф" назорат учрашувида дуранг ўйнади, голлар 90 ва 90+2-дақиқада урилди  2 22:35Миллатлар лигаси. Холанд ҳам хеч нима эмас! Қўшниларимиз Норвегия билан дуранг ўйнади  7 22:22Ўзбекистон миллий термасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  4 22:00Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби БАА нега фавқулодда кучайиб кетди?  19 21:42Футзал. Ўзбекистон Бразилияга қарши илк ўртоқлик ўйинида еттита гол фарқи билан ютқазди   32 21:24Невилл нима сабабдан тен Хаг кетмаётганини айтди  3 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  3 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  9 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0 19:56Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасига қарши баҳсга тайёрланишни бошлади  7

La Liga. "Real Madrid" qiyin g'alabani qo'lga kiritdi, ammo "Atletiko"... Yangiliklar

La Liga. "Real Madrid" qiyin g'alabani qo'lga kiritdi, ammo "Atletiko"...

Ispaniya chempionatining 37-turi ortda qoldi va chempionlik kurashida endi faqat ikki jamoa qoldi.

"Atletik" – "Real Madrid" 0:1
"San Mames" stadioni
Gol:
0:1 – 68 Nacho.

"Atletik" – Unai Simon, Martines, Balensiaga, De Markos, Yeray Alvares, Sanset (Unai Lopes, 72), Vensedor (Ibai Gomes, 73), Berenger, Dani Garsiya (Vesga, 65), Morsilo (Raul Garsiya, 65), Uilyams (Vilyalibre, 65).

"Real Madrid" – Kurtua, Odriosola, Militao, Nacho, Migel Guterres, Valverde, Modrich, Rodrigo (Azar, 77), Kazemiro, Vinisius Junior (Asensio, 59), Benzema.

Ogohlantirishlar: Berenger (14), Raul Garsiya (79), Martines (80), Nacho (82), Valverde (90).

CHetlatish: Raul Garsiya (89).


Athletic Bilbao

LaLiga . 37-tur

16/05/2021, 21:30

1
:
0
Tugadi

Real Madrid

Nacho Fernandez - 68'

Stadion: San Mames Barria, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
14'  Alex Berenguer
65'  Dani Garcia (Mikel Vesga)
65'  Inaki Williams (Asier Villalibre)
65'  Jon Morcillo (Raul Garcia)
72'  Oihan Sancet (Unai Lopez)
73'  Unai Vencedor (Ibai Gomez)
79'  Raul Garcia
80'  Inigo Martinez
89'  Raul Garcia
59'  Vinicius Junior (Marco Asensio)
68'  Nacho Fernandez
68'  Casemiro
77'  Rodrygo (Eden Hazard)
82'  Nacho Fernandez

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.  

YANGILASH


90+3-daqiqa. Bo'ldi, Valverde to'pni uzoqlashtirdi va hakamning final hushtagi chalindi. 

Madridda "Atletiko" ikkinchi golni urdi va birinchi o'ringa qaytdi. 

90+1-daqiqa. "Real" chap qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi.

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. CHetlatish! Raul Garsiya nimadir-nimadir dedi va hakam unga ikkinchi sariq, ketidan qizil kartochka ko'rsatdi.  

88-daqiqa. Azarga nisbatan qo'pollik. Hammasi joyida, Eden o'rnidan turdi.  

87-daqiqa. O'rtada chempionlik taqdiri turganda "Real" ham ehtiyotkor o'yin ko'rsatmoqda va zarur pallada oldinga o'tishga shoshilmay, to'pni o'z nazoratida ushlab qolishni maqul ko'rmoqda.  

85-daqiqa. Modrichga nisbatan qo'pollik, Raul Garsiya qoidani buzdi. 

"Atletiko" gol urdi va hozircha u erda durang.

84-daqiqa. Ogohlantirish! Nachoga sariq kartochka ko'rsatildi.  

82-daqiqa. Xavfli vaziyat! Sal qolsa Vesga poytaxtliklarning bayramini azaga aylantirardi.  

80-daqiqa. Ogohlantirishlar! Raul Garsiya va Inigo Martines sariq kartochka bilan "siylandi". 

78-daqiqa. "Atletiko" gol o'tkazib yuborganini maydondagilar ham bildi shekilli, "Real" futbolchilari ancha tetik harakat qilmoqda. Fintlar, kombinaciyalar...  

77-daqiqa. O'zgarish! Rodrigo o'rniga Eden Azar o'yinga qo'shildi.  

Parallel o'yinda "Atletiko" gol o'tkazib yubordi.

73-daqiqa. Ha, onlayn jadvalda birinchi o'ringa ko'tarilgan "Real" yarim himoyachilari Kazemiro va Modrichning kayfiyati chog', ular bir-birlariga "besh tashlab" qo'yishdi. 

72-daqiqa. Yana o'zgarishlar! Oyan Sanset, Unay Vensedor o'rniga Unai Lopes va Ibay Gomes tushirildi.  

71-daqiqa. Gol o'tkazib yuborgach, oldinga tashlangan "Atletik" burchak zarbalarini amalga oshirdi, lekin ish zarbagacha etib bormadi.

68-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Nachoga tegib ketgan to'p, darvoza to'riga borib tushdi. Bu golni albatta telegram kanalimizda tomosha qilishni tavsiya qilamiz. 

67-daqiqa. Valverde zo'r harakati orqali qiyin vaziyatdan to'pni yo'qotmay, chiqib ketdi.  

65-daqiqa. O'zgarishlar! Jon Morsilo, Inyaki Uilyams va Dani Garsiya o'rniga Raul Garsiya, Aser Vilyalibre hamda Mikel Vesga o'yinga qo'shildi.

O'yin maydon "markazisiz" o'tmoqda so'nggi daqiqalarda. Bu futbolchilardan katta jismoniy kuch talab qiladi.  

61-daqiqa. O'yin tempi ancha oshdi. Har ikki darvoza oldida vaziyatlar yuzaga keldi. Kazemironing zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi, qarshi hujumni esa "Real"ning ikki himoyachisi bir amallab qaytarib qoldi.   

59-daqiqa. O'zgarish! Vinisiusning o'ringa Marko Asensio maydonga tushdi.  

58-daqiqa. Militao Inyaki Uilyamsni o'tkazib yubormadi.

57-daqiqa. Xavfli vaziyat! Luka Modrich jarima maydonchasiga kirmay, kuchli va aniq zarba yo'lladi - darvozabon katta qiyinchilik bilan to'pni qaytarishga erishdi.   

55-daqiqa. Vinisius jamoasi uchun yana bir burchak zarbasi ishlab berdi. Lekin bugun Zidan shogirdlari burchak zarbalaridan samara chiqara olishmayapti.

53-daqiqa. Maydon markazida Modrichga nisbatan qo'pollik qayd etildi. 

52-daqiqa. Vinisiusning zarbasidan keyin himoyachi oyog'iga tekkan to'p, maydonni tark etdi - burchak zarbasi.   

50-daqiqa. Kuchli bosim ostida qolgan "Real" himoyachilari raqibga gol urish imkoniyatini berishmadi. Jon Morsiloning kuchli zarbasini Kurtua qaytargan bo'lsa, Dani Garsiyaning urinishiga aniqlik etishmadi.   

Mehmonlar burchak zarbasi ishlab olishdi. To'p oldida Luka Modrich, xorvatiyalikning uzatmasidan keyin Eder Militao zarba berdi, ammo noaniq. 

47-daqiqa. "Real" oldinga o'tmoqchi edi, lekin Benzema qanchalik urinmasin to'pni o'zida saqlab qola olmadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim start oldi. Uni Karim Benzema boshlab berdi.

45-daqiqa. Bo'ldi, Mateo Laos birinchi bo'limga umuman vaqt qo'shmaslikka qaror qildi. Tanaffus.   

44-daqiqa. Birinchi bo'lim yakuniga yaqinlashib bormoqda va bilasizmi, bir qiziq fakt, o'tgan vaqt davomida "Real Madrid" mezbonlar darvozasiga birorta aniq zarba bera olmadi. 

42-daqiqa. Kazemiro to'pni olib qo'yish jarayonida Inyakiga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topildi. Xavfli jarima zarbasi. 

40-daqiqa. "Atletik" o'ng qanotidan oldinga o'tishga urinmoqda.  

38-daqiqa. Vinisiusning uzatmasidan keyin Rodrigo tezlikda jarima maydoniga kirib borib, zarba berishni ham uddaladi, lekin darvozabon masofani qisqartirib ulgurgandi. 

35-daqiqa. Rodrigo qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi, lekin to'p undan qochib ketdi.  

34-daqiqa. Ketma-ket uchinchi burchak zarbasini "qirollik klubi" amalga oshiradi.   

32-daqiqa. Bilbao hujumga o'tdi, lekin Militao bosh bilan to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.  

30-daqiqa. Benzema va Yeray Alvares jarima maydoni ichida to'qnashib, yiqilib tushishdi. SHu sababli o'yin to'xtatildi.

28-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin Benzema to'pni darvoza tomonga yo'llashga urindi, ammo buni uddalay olmadi. 

Bo'ldi, hammasi joyida, o'yin davom etadi. 

27-daqiqa. Odriosolaning uzatmasidan keyin to'p mezbonlar himoyachisining qo'liga tekkandek... Hakam shoshmaslikni so'ramoqda.  

25-daqiqa. Modrichning jarima maydoniga yo'llagan to'pini darvozabon egallab oldi.  

24-daqiqa. O'yindagi birinchi burchak zarbasini mezbonlar amalga oshirdi, lekin darvoza oldida xavfli vaziyat yuzaga kelmadi. 

22-daqiqa. Inyaki Uilyams o'ng qanotdan jarima maydoniga kirib ketmoqchi edi, lekin Nacho "podkatda" to'pni maydondan chiqarib yubordi.  

Vinisius oldinga o'tdi va to'pni jarima maydoni markaziga yo'lladi, lekin himoyachilar ishonchli o'ynashdi. 

20-daqiqa. Raqib posboni ancha oldinga chiqib ketganini ko'rgan Valverde chamasi 75 metrlar masofadan zarba berib ko'rdi, lekin omadsiz.

La Liganing barcha o'yinlari parallel ravishda o'tayotganidan xabardorsiz albatta. Malumot uchun aytib o'tamiz, hozircha eng yuqoridagi to'rtlik o'yinlarida hisob ochilmadi.  

16-daqiqa. Militao to'p uchun kurashda Inyaki Uilyamsni "korpusda" uchirib yubordi. 

14-daqiqa. Ogohlantirish! Qarshi hujumga qochib ketayotgan Rodrigoni yiqitgani uchun Aleks Berenger sariq kartochka ishlab oldi.  

13-daqiqa. Mezbonlar jarima zarbasini amalga oshirdi, lekin uzatmadan keyin Tibo Kurtua ishonch bilan chiqib kelib, to'pni ushlab oldi. 

12-daqiqa. Vinisius va Migel Guterres bir-birlarini tushunishi hozircha ideal tarzda emasligini guvohi bo'ldik. Aynan shu sababli Vinisius to'pni raqibga topshirib qo'ydi.   

10-daqiqa. Endi "Real" ustunlikni o'z tomoniga og'dirmoqda.  

8-daqiqa. Uzoq davom etgan hujum Modrichning Alvaro Odriosolaga uzatmasi noaniq chiqqani sabab uzilib qoldi.  

6-daqiqa. Javob hujumida Kroos yo'qligi sabab braziliyalik pleymekerlikni ham bo'yniga olmoqchi bo'ldi, lekin sheriklari uning uzatmasini tushunmadi.   

5-daqiqa. Kutilmaganda "Real" futbolchilari, aniqrog'i Kazemiro himoyada xatoga yo'l qo'ydi, lekin raqib futbolchisi bunday sovg'ani kutmagani uchun shoshib qoldi.   

Ilk daqiqalarda mezbonlar kim bu erda xo'jayin ekanligini ko'rsatib qo'ymoqchidek.  

Uzatmadan keyin himoyachilar to'pni qaytarishdi. Qo'shimchasiga Kazemiroga nisbatan raqib keskin harakat qilgani tufayli hakam hushtagi yanradi.  

2-daqiqa. Rodrigo to'p uchun kurashda raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatgan deb topildi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi. Uni mezbonlar boshlab berishdi. 

Jamoalar sardorlari va hakamlar bellashuvning rasmiy qismini o'tkazishmoqda. 

Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishmoqda. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. 

"Atletik" – "Real Madrid"

16 may, 21.30, "San Mames"

"Atletik" – Unai Simon, Martines, Balensiaga, De Markos, Yeray Alvares, Sanset, Vensedor, Berenger, Dani Garsiya, Morsilo, Uilyams.

"Real Madrid" – Kurtua, Odriosola, Militao, Nacho, Migel Guterres, Valverde, Modrich, Rodrigo, Kazemiro, Vinisius Junior, Benzema.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика