"LA Gelaksi" Beyl bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
26 iyun 2021, 14:56
"Real" forvardi Garet Beyl faoliyatini MLS'da davom ettirishi mumkin.

31 yoshli uelslik futbolchiga "Los-Anjeles Gelaksi" qiziqish bildirmoqda va klub o'yinchi bilan muzokaralarni boshladi.

Futbolchi "Real"da Karlo Anchelottining rejalariga kirmaydi.

Beyl o'tgan mavsumni "Tottenxem"da ijarada o'tkazdi. U Angliya klubi safida 34ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira