So’nggi yangiliklar

08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  1 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  1 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  6 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  7 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0

"KYU-2015": "Bunyodkor"dan yirik g'alaba, "Spartak"dan durang Yangiliklar

"KYU-2015": "Bunyodkor"dan yirik g'alaba, "Spartak"dan durang

"Championat.asia" hamda "Oreo" savdo belgisi hamkorligida o'tkazilayotgan "Kelajak Yulduzlari-2015" futbol festivalining ikkinchi tur uchrashuvlari yakuniga etdi.

Kecha poytaxtimizdagi "Mega Planet" savdo majmuasidagi, "Mega Cinema" kinoteatrida 3D formatidagi "Maxluqlar tatilda" (Monstry na kanikulax 2) multfilmini miriqib tomosha qilgan bolalar, bugun "Bunyodkor" stadionining mini futbol zalida ikkinchi tur o'yinlarini o'tkazish uchun to'plandilar.


Birinchi juftlikda zal egalari "Paxtakor" futbolchilariga qarshi maydonga tushdilar. Ilk turda bir xil hisobda g'alaba qozongan ikki jamoa ishtirokidagi uchrashuv qiziqarli va gollarga boy bo'ldi. Birinchi bo'limda ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib olgan Sarvar Mustafoev shogirdlari tanaffusdan so'ng ham tashabbusni o'z qo'llarida ushlab tura oldilar. Aksincha, hisobda ortda qolayotgan paxtakorchilar oldinga chiqa boshladilar bu esa "Bunyodkor" uchun qarshi hujum qilishga ayni muddao bo'ldi. Hisob 2:1 ko'rinish olganidan so'ng, hech bo'lmasa durangga imkoniyati paydo bo'lgan "Paxtakor" imkon qadar hujum qilishga urindi. Ammo keyingi uchta gol ularning darvozalariga kiritildi. 38-daqiqada kiritilgan gol esa hisobni biroz qisqartirdi, 5:2.

"Bunyodkor" - "Paxtakor" 5:2 (2:0)

"Bunyodkor": Azimov M, Ikromov X, Abdusalomov A, Tursunxo'jaev, yusupov I, Ergashev E, Ismoilov R, Bobomurodov F, Boltaev O, Ahmedov O, Nazarov Akbar, Tunsunboev A.

Murabbiy: Sarar Mustafoev, Stromilov A.

"Paxtakor": Mansurov SH, Baxtiyorov M, Abdullaev A, Hikmatullaev M, Atometov A, Rixsiboev S, Li Vladimir, Iskanderov A, Mirafzalov A, Norbiev M, Usmonov K, Asqarov J.

Murabbiy: Viktor SHimyakov.



Garchand, "Spartak" asosan Toshkentda o'z nomiga ega jamoa bo'lsada, ularni hech kim bu erda kuchsiz deb ayta olmaydi. "Lokomotiv" esa endi shakillanayotgan futbol maktabi. SHuning uchun ham bugungi o'yin qiziqarli kechishini taxmin qilish mumkin edi. Ikki jamoa posboni yaxshi turganligidan darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. 

"Lokomotiv" - "Spartak" 0:0

"Lokomotiv": Sibgatulin R, Baxtiyorov SH, SHokirov M, Amatov A, Bahodirov K, Uchqunov M, Alisherov A, Mirzaev L, Xazigaliev A, Ashurov A, Jo'raev Hasan, Jo'raev Husan.

Murabbiy: Sunnat Ro'ziev.

"Spartak": Xudoyberdiev, Murodjonov M, Murodjonov M - 2, Vasilev A, Bahodirov J, Bahodirov K, Ikromov M, Tursunmuhamedov S, Mirzajalilov M, Akbarov N, O'rinboev, Obidov A.

Murabbiy: Sergey Arslanov.




Kecha bo'lganidek, bugun ham uchrashuvning eng yaxshi futbolchilariga telefon sovg'a qilindi. "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvida Otabek Boltaev sazovor bo'lgan bo'lsa, "Lokomotiv" - "Spartak" o'yinida Laziz Mirzaev eng yaxshi bo'ldi. Aynan shu futbolchiga bugun o'yinni kuzatgan mutaxassislar ham katta qiziqish bildirdilar.


"Akfa Olami"dan Bahodir Ashurmatov eng yaxshi futbolchini taqdirlayapti.


Farzandning muvaffaqiyati, har qanday ota-onani xushnud etadi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика