KXDR Xitoyga mag'lub bo'ldi
06 avg 2015 10:17
Yangiliklar


KXDR Xitoyga mag'lub bo'ldi
5 avgust kuni SHarqiy Osiyo Futbol Federaciyasi tomonidan tashkil etilgan SHarqiy Osiyo Kubogi musobaqasi final bosqichi doirasidagi navbatdagi o'yinlar bo'lib o'tdi.
Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va KXDR terma jamoalari ishtirok etayotgan ushbu turnirning avvalgi natijalari haqida xabar bergan edik.
O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati-2018 saralashining ikkinchi bosqichidagi raqiblaridan biri bo'lgan KXDR ikkinchi o'yinda Xitoyga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida mag'lub bo'ldi. Gollarga YU Dabao hamda Vang Yongpo mualliflik qilishdi.
Final bosqichi ikkinchi turidagi boshqa bir uchrashuvda Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.
Musobaqaning navbatdagi o'yinlari 9 avgustda bo'lib o'tadi. Bu safar KXDR Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar