KXDR terma jamoasi o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni o'tkazdi
09 jan 2015 13:37
Yangiliklar

KXDR terma jamoasi o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni o'tkazdi
Oldindan belgilanganidek mahalliy vaqt bilan 18:45da ertangi raqibimiz KXDRning rasmiy mashg'uloti boshlandi.
Bosh murabbiy Jo Tong Sop boshchiligida o'tgan mashg'ulotning 15 daqiqasini kuzatdik. Uchta darvozabon alohida darvozabonlar murabbiyi bilan ishladi.
14-raqamli futbolchi Kyo Son Xyok individual tarzda mashg'ulot o'tkazdi.
Qolgan 19 nafar futbolchi to'liq kuch bilan ishlashdi. 15 daqiqa ichida KXDR o'yinchilari asosan uzun to'p uzatishlarga ko'proq urg'u qaratishdi.
SHu tariqa Osiyo Kubogidagi ilk o'yindan oldin bo'lib o'tgan rasmiy tadbirlar yakunlandi. Ertaga esa o'yin. Toshkentda soat 12:00da Sidneyda esa 18:00da O'zbekiston va KXDR terma jamoalari "Avstraliya" stadionida o'zaro to'qnash kelishadi.
Narzulla Saydullaev
Sidney shahridan

Fikrlar