KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi bir yilga OFK musobaqalaridan chetlatildi
07 dek 2014 08:44
Yangiliklar

KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi bir yilga OFK musobaqalaridan chetlatildi
O'zbekiston milliy terma jamoasining OK-2015 guruh bosqichidagi raqibi - KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi Yun CHon Su Osiyo Futbol Konfederaciyasi Tartib-intizom Qo'mitasi qaroriga ko'ra bir yilga rasmiy musobaqalaridan chetlatildi.
KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi Yun CHon Su Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi Osiyo O'yinlari final uchrashuvidan so'ng OFK reglamentini qo'pol ravishda buzgan va tashkilot Tartib-intizom Qo'mitasi qaroriga ko'ra bir yilga OFK tasarrufidagi barcha rasmiy musobaqalardan chetlatildi.
Takidlash joiz, shimoliy koreyaliklar bosh murabbiyidan tashqari terma jamoasi futbolchisi Kim Yong Il ham tashkilot Tartib-intizom Qo'mitasi qaroriga ko'ra jazolangan. KXDR terma jamoasi futbolchisi Janubiy Koreyaga qarshi Osiyo O'yinlari final uchrashuvidan so'ng reglament va tartib-intizom qoidasini buzgan va 6 oyga rasmiy musobaqalardan chetlatilgan.
KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi Yun CHon Su va terma jamoa azosi Kim Yong Il OFK Tartib-intizom qaroriga ko'ra OK-2015 bahslarida ham ishtirok eta olmaydilar.

Fikrlar