So’nggi yangiliklar

23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  0 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  3 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  8 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  27 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  11 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  95 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  11 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9 20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  1 18:57ОКМК футбол академияси учун янги замонавий бино фойдаланишга топширилди  0 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   18

"Kvanju"ni tark etish sababi, hozirgi maoshi, yangi murabbiy bilan ilk suhbat". Rustam Ashurmatov bilan intervyu Yangiliklar

"Kvanju"ni tark etish sababi, hozirgi maoshi, yangi murabbiy bilan ilk suhbat". Rustam Ashurmatov bilan intervyu

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov kuni-kecha "Kanvon" klubi bilan 2 yillik shartnoma tuzdi.

Futbolchi championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi.

- Nima uchun "Kvanju"da qolmadingiz?
- "Kvanju"da qolmaganimga etarli sabablar keltirishim mumkin. Misol uchun, bosh murabbiy o'zgardi. Juda ko'p o'yinchilar jamoani tark etishdi. SHu bilan birga klub oldidagi maqsadlar hozircha yuqori emas. Barcha sabablarni hisobga olgan holda boshqa klubga o'tishga qaror qildim.

- Ushbu klubda o'tgan ikki yildan qanday xotiralar qoldi?

- "Kvanju"dan juda ham ko'p yaxshi xotiralar qoldi. Sababi ikki yil ichida jamoa oldin umuman erishmagan yutuqlarga erishdi. O'zim ham katta tajriba to'pladim deb o'ylayman. Jamoadoshlarim bilan aloqani saqlab qoldim, bu klubda o'sishga erishdim deb bemalol ayta olaman.

- "Kanvon" klubiga o'tish qanday sodir bo'ldi?
- Barchasi oddiy bo'ldi: Bu klubdagilar mening o'yinlarimni kuzatishgan shekilli, o'zlari aloqaga chiqishdi va shartnoma taklif qilishdi. Taklifni o'ylab ko'rib rozilik berdim.


- "Kvanju" bosh murabbiyi "Seul"ga ko'chib o'tdi. Ko'pchilik sizni "Seul"ga o'tasiz deb kutgandi...
- To'g'ri, balki "Seul"ga ham o'tishim mumkin edi, lekin bosh murabbiyning o'zi ham bu klubda yangi bo'lgani uchun qiyinroq edi. "Kanvon"dan taklif bo'layotganini aytganimda murabbiy menga ishonib qolib vaqt yo'qotmasligim va taklifga rozi bo'lishimni aytdi.

- "Kanvon"da oldingi klubingizdan ko'proq maosh olasizmi yoki kam?
- "Kvanju"ga kelganimda legioner sifatida juda ham kam maoshga rozi bo'lib kelganman. Ollohga shukur o'yinlarim "Kanvon" klubiga yoqqan shekilli oldingi klubimdan ko'proq maosh taklif qilishdi. Lekin bu klubga faqat pul uchun emas futbolchi sifatida yanada o'sish uchun keldim. Oldimda arab klublaridan va boshqa jamoalardan takliflar bor edi, lekin saviya jihatidan pastroq edi.

- "Kanvon" K1 Ligada eng yuqorisi 6-o'rinni olgan ekan. 2021 yilda klubning maqsadi qanday?

- To'g'ri aytdingiz bu klub o'rtamiyona edi. Lekin 2021 yilda jamoa oldiga katta maqsadlar qo'yilgan, "Kanvon"ni tanlashimga aynan shu omil ham katta rol o'ynadi. Oldin bu jamoada legionerlar juda kam bo'lardi. Hozir men bilan birga 3 nafar legioner bor, yana bir legioner yaqin vaqt ichida jamoaga qo'shiladi. Bu yil "Kanvon" yuqori o'rinlar uchun kurashmoqchi.

- Klub sizdan tashqari juda ko'p yangi futbolchilarni xarid qildi. Jamoa yangidan qurilyaptimi?
- Ha, yuqorida aytganimdek jamoada maqsadlar o'zgargan. Legionerlar tashqari ko'plab yaxshi saviyadagi mahalliy futbolchilar bilan shartnoma tuzildi.


- Bosh murabbiy bilan ilk suhbatingiz nimalar haqida kechdi?
- Birinchi navbatda murabbiy hozirgi holatim haqida qiziqdi. So'nggi bor qachon rasmiy o'yinda maydonga tushganim va mashg'ulot o'tkazganimni so'radi. U jamoaga tezda kirishib ketishimga ishonishini malum qildi.

- Janubiy Koreyaning janubiy qismidan shimoliy qismiga ko'chib o'tdingiz. Farq sezilmayaptimi?
- Deyarli hech qanday farq sezilgani yo'q, faqat shaharlar boshqa-boshqa xolos. Kanvon kurort shahar hisoblanadi, atrofi tog' va dengiz bilan o'ralgan.

- Klub uy olib berdimi yoki mehmonxonada yashayapsizmi?

- Ha, klub uy bergan, lekin ayni paytda mavsumoldi yig'inda qatnashayotganimiz bois barchamiz bitta mehmonxonada yashayapmiz.

- Oilangizni Koreyaga olib borish uchun sharoit bormi?
- Albatta sharoit bor, lekin hozirgi kunda Janubiy Koreya hukumati xorijiy fuqarolar uchun viza berishni to'xtatgan. Bu taqiq olib tashlanishi bilan oilamni olib kelish niyatim bor.

- Klub yangi mavsumga qaerda tayyorgarlik ko'rmoqda?

- Yangi mavsumga Pusan shahrida yig'in o'tkazayapmiz. Sababi dunyoda hukm surayotgan pandemik vaziyat tufayli Janubiy Koreyaga boshqa davlatdan kelgan har qanday fuqaro ikki haftalik karantinda bo'lishi shart.
 

Narzulla suhbatlashdi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика