Kvalyarella bugun rekord o'rnatishi mumkin
26 mar 2019 16:53
Yangiliklar
Kvalyarella bugun rekord o'rnatishi mumkin
"Sampdoriya"ning 36 yoshli hujumchisi Fabio Kvalyarella bugun, 26 mart kuni Italiya terma jamoasi safida rekord o'rnatishi mumkin.
Italiyaliklar bugun Evro-2020 saralash o'yinlari doirasida Lixtenshteynni qabul qiladi. Ko'plab OAVning yozishicha, jamoa ustozi Roberto Manchini forvardni asosiy tarkibda maydonga tushiradi.
Agar bu sodir bo'lsa, Kvalyarella 2010 yildan so'ng ilk marta milliy jamoa asosiy tarkibida maydonga tushgan bo'ladi. Agar "Sampdoriya" hujumchisi ushbu bahsda raqib darvozasini ishg'ol qilsa, u Italiya terma jamoasi safida gol urgan eng keksa (36 yosh, 54 kun) futbolchiga aylanadi.
Italiya - Lixtenshteyn o'yini 00:45da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
00:24
Gol va assist qayd etgan Vargas SHveycariya – Italiya bahsining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi 0
Fikrlar