Kvalyarella A Seriyadagi 500-o'yinini o'tkazdi

Mirjalol Normatov
23 may 2021, 17:55
Shanba oqshomida "Sampdoriya" A Seriyaning so'nggi turi doirasida "Parma"ni mag'lub etdi.

Ushbu bahs Fabio Kvalyarella uchun A Seriyadagi 500-uchrashuv bo'ldi. Kechagi tunda kiritilgan uch golning bittasi aynan ushbu futbolchining hisobiga yozildi.  Qayd etish kerak, u A Seriyada 177 gol urgan. Ikki mavsum oldin u liga to'purari bo'lgandi.

"Sampdoriya" ushbu mavsumni 9-o'rinda yakunladi. Fabio esa bu klubga 2016 yili o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia