Kvak Tae Xvi va Nosir Al SHamroni ertaga "Al Hilol"ga yordam bera olmaydi
23 may 2016 22:10
Yangiliklar
Kvak Tae Xvi va Nosir Al SHamroni ertaga "Al Hilol"ga yordam bera olmaydi
Ertaga OCHL-2016 nimchorak finali doirasida "Lokomotiv" - "Al Hilol" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Ertangi o'yinda mehmonlar safida koreyalik himoyachi Kvak Tae Xvi maydonga tusha olmaydi. U va hujumchi Nosir Al SHamroni jarohatlari bois Toshkentga kelishmagan. Bugun "Al Hilol" o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni "Bunyodkor" stadionida olib bordi. Unda jamoa etakchilari Yosir Al Qahtoni, Muhammad SHlhub, Karlos Eduardo, Digao, Yosir Al SHahroni va Ailton ishtirok etishdi.
"Lokomotiv" - "Al Hilol" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Fikrlar