So’nggi yangiliklar

08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  0 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  4 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  7 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  63 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  44 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1

Kuzda bizni kutayotgan musobaqalar Yangiliklar

Kuzda bizni kutayotgan musobaqalar

O'ylaymizki, 2024 yilning kuzi biz uchun serhosil va sermazmun keladi. Sababi kuzda turli terma jamoalarimizni xalqaro musobaqalar kutmoqda.

Hozircha klublar futboliga to'xtalmaymiz. Yaxshi bilasiz, "Paxtakor" Elit chempionlar Ligasida, "Nasaf" Osiyo chempionlar Ligasida ishtirok etadi. Bu haqda etalicha malumot berildi. SHu bois hozircha klub futbolidan ozgina uzoqlashib, etiborni terma jamoalarga qaratamiz. Zero, 4ta terma jamoani oldinda muhim o'yinlar kutmoqda.

Futzal bo'yicha jahon chempionati

Ilk bor futzal bo'yicha jahon chempionatiga O'zbekiston mezbonlik qiladi va juda katta tarixiy voqelikka aylanadi. 14 sentyabr - 6 oktyabr kunlari bo'lib o'tadigan musobaqada muxlislarimizning O'zbekiston futzal terma jamoasidan umidi katta. Xose Venansio Lopes shogirdlari guruh o'yinlarini Niderlandiya, Paragvay va Kosta Rikaga qarshi o'tkazishadi.

14 sentyabr. 20:00
O'zbekiston - Niderlandiya

17 sentyabr. 20:00
O'zbekiston - Paragvay

20 sentyabr. 20:00
Kosta Rika - O'zbekiston

O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi uchun bu uchinchi mundial bo'ladi. Va albatta, o'zimizda o'tadigan nufuzli turnirda vakillarimizga omad tilab qolamiz.

JCH-2026 saralash


Kuz oylarida bizni kutib turgan asosiy musobaqalardan biri jahon chempionati saralash o'yinlari bo'ladi. Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi dekabrga qadar 6ta uchrashuvda maydonga tushadi.

5 sentyabr. O'zbekiston - KXDR
10 sentyabr. Qirg'iziston - O'zbekiston
10 oktyabr. O'zbekiston - Eron
15 oktyabr. O'zbekiston - BAA
14 noyabr. Qatar - O'zbekiston
19 noyabr. KXDR - O'zbekiston

Malumki, saralashning uchinchi bosqichida 18ta jamoa 6tadan 3 guruhga bo'lingan bo'lib, har bir guruhdan 1-2 o'rin egalari to'g'ridan to'g'ri Jahon chempionatiga yo'l oladi. 3-4 o'rindagilar esa saralashning keyingi bosqichida ishtirok etadi. Biz uchun guruhda 1-2 o'rindan birini qo'lga kiritish juda muhim. O'ylaymizki, bosh murabbiy Srechko Katanec buning uchun bor imkoniyatini ishga soladi.

U-20 Osiyo chempionati saralash


Navbatdagi U-20 Osiyo chempionati 2025 yilning 6-23 fevral kunlari Xitoyda bo'lib o'tadi. SHu yilning sentyabr oyida esa bu musobaqa uchun saralash bosqichi tashkil etiladi. Saralashda 2005 yil 1 yanvardan keyin tug'ilgan bolalar maydonga tushadi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasining o'yinlari:

23 sentyabr. Kambodja - O'zbekiston
25 sentyabr. O'zbekiston - Nepal
27 sentyabr. Xitoy Taypeyi - O'zbekiston
29 sentyabr. O'zbekiston - Bahrayn

Ayni payt bu yoshdagi terma jamoamizga Farhod Nishonov murabbiylik qilmoqda. U-20 Osiyo chempionati saralash bosqichida jamoalar 10ta guruhga bo'lingan bo'lib, har bir guruh g'oliblari va 5ta eng yaxshi ikkinchi o'rin egalari qita birinchiligi yo'llanmasiga ega bo'lishadi. Biz joy olgan guruh o'yinlariga Xitoy Taypeyi mezbonlik qiladi. Yoshlar terma jamoamizga omad tilab qolamiz.

U-17 Osiyo chempionati saralash

SHu yilning kuzida O'zbekiston U-17 terma jamoasi ham Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etadi. Bunda 2008 yil 1 yanvardan keyin tug'ilgan bolalar o'ynaydi. U-17 Osiyo chempionati 2025 yilning 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida o'tkaziladi. Saralashdagi o'yinlarimiz:

23 oktyabr. O'zbekiston - Falastin
25 oktyabr. Xitoy Taypeyi - O'zbekiston
27 oktyabr. O'zbekiston - Iroq

Bunda ham saralash 10ta guruhda o'tkaziladi va guruh g'oliblari bilan birga 5ta eng yaxshi ikkinchi o'rin egasi Osiyo chempionatiga yo'l oladi. Biz joy olgan guruh uchrashuvlari Xitoy Taypeyida bo'lib o'tadi. Buni qarangki, ham yoshlar, ham o'smirlar terma jamoamiz o'z o'yinlarini Xitoy Taypeyida o'tkazadi. Bu yoshdagi terma jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilov bo'lib, yosh mutaxassisga bo'lajak bahslarda omad tilab qolamiz.

X.Xoliqov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика