Kutilmagan xabar: FIFA Fernandeshning transferini o'rganadi
06 may 2020 20:20
Yangiliklar


Kutilmagan xabar: FIFA Fernandeshning transferini o'rganadi
“Sampdoriya” rahbariyati FIFAga murojaat qilib, Bruno Fernandeshning “Sporting”dan MYUga transferini tekshirishni so'radi, deya xabar qiladi Goal.
Fernandesh 2016/17 yilgi mavsum “Sampdoriya”da o'ynagan, keyin esa “Sporting”ga o'tgan. Italiya klubining xabar berishicha, “Sporting” ularga “Manchester Yunayted” Brunuga to'lagan pulning 10 foizini (taxminan 4,6 mln evro) o'tkazib berishi zarur.
Sud jarayoni faqatgina Portugaliya jamoasiga qaratilgan. Genuyaliklarning “qizil iblislar”dan davosi yo'qligi aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli Fernandesh MYUga o'tganidan keyin 9ta o'yinda qatnashdi va 3+4 natijaga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar