Kutilmaganda PSJ Neymarning narxini tushirdi

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2019, 16:10
PSJ yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar hujumchi Neymar bilan xayrlashmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Parij klubi 27 yoshli futbolchi ketishi uchun o'zining moliyaviy talablarini pasaytirdi. Agar PSJ bungacha braziliyalik uchun 300 mln. evro talab qilgan bo'lsa, hozir bu narx deyarli ikki baravarga tushdi va Fransiya klubi futbolchini 180 mln. evroga qo'yib yubormoqchi. Fransiyaliklar kelishuvga boshqa futbolchilarni qo'shmoqchi emas va ushbu transfyerdan faqat pul ishlab olishmoqchi.

Neymarning kelajakdagi klubi "Barselona" bo'lishi mumkin. Forvard atrofidagilar futbolchi Kataloniya klubiga qaytishiga ishonishmoqda.

Neymar 2017 yilning yozida 222 mln. evro evaziga "Barselona"dan PSJga o'tgan edi. Oldinroq braziliyalikka "Yuventus" va "Real" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es