Kutilmagan yangilik: Ulug'bek Baqoev Qozog'iston klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
26 noya 2017, 17:59
"Buxoro" klubi bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev faoliyatini Qozog'istonda davom ettirishi mumkin.

Sports.kz saytining ma'lum qilishicha, Baqoev Qozog'iston Premer-ligasida ishtirok etuvchi klublardan biri bilan muzokara o'tkazmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ulug'bek Baqoev Qozog'iston chempionatida "Tobol", "Jetisu" va "Irtish" kabi klublar sharafini himoya qilgan. "Buxoro" klubi ustozi qo'shni mamlakatda to'rt marotaba chempionatning eng yaxshi to'purari bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia