So’nggi yangiliklar

15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  0 14:33ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди  4 14:12Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!  11 13:52Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!  13 13:30Кроос ЖЧ-2026 форматига қарши чиқди: "5:0 ёки 6:0 ҳисобидаги ғалабаларни эмас, сифатли ўйинларни кўришни истайман"  6 13:05Йилнинг охирги ўйинлари TVCOM'да  0 12:57"Арсенал" ва "Манчестер Сити" собиқ футболчиси "Кан" бош мураббийи этиб тайинланди  1 12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  1 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  0 11:52Кореяга кетиши кутилган футболчи "Сўғдиёна" билан шартномасини узайтирди  1 11:29Артета қишки трансфер ойнасида "Арсенал" таркибини кучайтиришга бел боғлади  2 11:05Бугун Қатарга қарши ўйнаймиз  3 10:21Расман. "Локомотив" ва "Сўғдиёна" каби жамоаларни бошқарган мураббий Пролига клуби бош мураббийига айланди  2 09:52Фарғона вилояти кубоги-2025. Финал учрашуви бўлиб ўтди  3 09:23"Реал" энг ёмонлар орасида иккинчи бўлди  1

Kutilmagan natijalar xit-paradi TOP-5 Yangiliklar

Kutilmagan natijalar xit-paradi TOP-5

Evropa chempionlar ligasi 2-tur doirasidagi etiborga molik sensacion natijalar bilan tanishtirib o'tamiz.


5-o'rin.

Arsenal Angliya – Olimpiakos Greciya 2:3

Emireyts

Gollar
: 0:1 – 33 Pardo, 1:1 – 35 Uolkott, 1:2 – 40, avtogol Ospina, 2:2 – 65 Sanches, 2:3 – 66 Finnbogason.

Arsenal
– Ospina, Gabriel, Gibbs, Belerin (Kempbell, 86), Koselni (Mertesaker, 57), Ozil, Oksleyd-CHemberlen, Uolkott, Kasorla, Sanches, Koklen (Remzi, 60).

Olimpiakos
– Roberto, Elabdellaui, Siovas, Botia, Salino, Fortunis (Vuros, 87), Kambyasso, Pardo, Kasami, Seba (Ernani, 73), Ideye (Finnbogason, 46).

Ogohlantirishlar
: Sanches (44), Gabriel (45), Roberto (64), Finnbogason (75), Kambyasso (76), Fortunis (77), Ozil (77).

Xit-paradni "Arsenal" - "Olimpiakos" jamoalari o'rtasidagi bahs ochib beradi. Londonda kechgan o'yinda Arsen Venger shogirdlari kutilmaganda o'z maydonlarida greciyaliklarga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Dastlabki turda "Dinamo Zagreb"dan yutqazgan "Arsenal" bu safar o'z maydonida "Olimpiakos" qarshiligini enga olmadi.


4-o'rin.

Atletiko Ispaniya – Benfika Portugaliya 1:2

Visente Kalderon

Gollar
: 1:0 – 23 Korrea, 1:1 – 36 Gaytan, 1:2 – 51 Gonsalu Gedesh.

Atletiko
– Oblak, Ximenes, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Tiagu, Gabi, Grizmann (Vetto, 71), Oliver Torres (Saul, 63), Korrea (Torres, 77), Martines.

Benfika
– Julio Sezar, Luizao, Andre Almeyda, Elizeu, Jardel, Gaytan, Samaris (Feysa, 73), Gonsalu Gedesh, Nelson Semedu, Jonas (Picci, 80), Ximenes (Mitroglu, 72).

Ogohlantirishlar
: Elizeu (25), Luizao (28), Martines (40), Samaris (40), Oliver Torres (55), Jardel (82).

Diego Simeone boshchiligidagi "Atletiko" jamoasi birinchi turda Turkiyaga safar uyushtirib, "Galatasaroy"ni katta ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratishni uddasidan chiqishgan edi. O'z uylarida "Benfika"ga qarshi bo'lib o'tgan bellashuvda esa "Atletiko" ishonchni oqlay olmadi. Portugaliya grandi "Benfika" Gaytanning faol o'yini evaziga "Atletiko" maydonida muhim g'alaba bilan qaytishga muvaffaq bo'ldi.


3-o'rin.

Astana Qozog'iston – Galatasaroy Turkiya 2:2 (0:1, 2:1)

Astana Arena

Gollar
: 0:1 – 31 Kysa, 1:1 – 77, avtogol Balta, 1:2 – 86, avtogol Erich, 2:2 – 89, avtogol Karol.

Astana
– Erich, Ilich, Postnikov, Anichich, SHomko, Kanyas, Djolchiev (Nuserbaev, 77), Jukov (SHHetkin, 89), Maksimovich, Ketevoama (Mujikov, 82), Kabananga.

Galatasaroy
– Muslera, Denayer, Kayya, Balta, Karol, Inan, Kysa (Gyumyush, 82), Podolski (Rodriges, 68), Sneyder, Oztekin (Saryoglu, 90), Bulut.

Ogohlantirishlar
: Inan (42), Gyumyush (90).

Qozog'iston klubi "Astana"ning ECHL guruh bosqichiga yo'l olishiyoq katta sensaciyaga sabab bo'lgandi. "Astana" ko'pchilik uchun oson raqibdek ko'rinayotgandi. Bu jamoa bilan o'tadigan o'yinlar raqiblari uchun tayyor 3 ochkoga qiyoslanayotgandi. Biroq "Astana" barchaning taxminlarini puchga chiqardi. Qozog'iston klubi o'zining uyidagi ilk o'yindayoq raqibdan ochko tortib olishga erishdi. Raqib ham oddiy jamoa emas, balki Turkiya grandi "Galatasaroy" edi. "Astana" o'z maydonidagi birinchi uchrashuvdayoq o'zining ECHLdagi dastlabki ochkosini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.


2-o'rin.

Portu Portugaliya – CHelsi Angliya 2:1 (1:1, 1:0)

Dragau

Gollar
: 1:0 – 39 Andre Andre, 1:1 – 45 Villian, 2:1 – 52 Maykon.

Portu
– Kasilyas, Maykon, Martins Indi, Pereyra, Markano, Ruben Nevesh (Evandro, 78), Danilu Pereyra, Braimi (Osvaldo, 87), Andre Andre (Layyun, 80), Imbula, Abubakar.

CHelsi
– Begovich, Zuma, Aspilikueta, Ivanovich, Keyxill, Obi Mikel (Azar, 62), Fabregas, Villian, Ramires (Matich, 73), Pedro (Kenedi, 73), Diego Kosta.

Ogohlantirishlar
: Martins Indi (19), Markano (25), Keyxill (41), Aspilikueta (66), Matich (79), Danilu Pereyra (82), Imbula (89).

Joze Mourino uchun bu mavsum ancha mashaqqatli boshlandi. "CHelsi"ning ichki chempionatdagi ishlari besh emas. Ular bizning har haftadagi "xit-parad"imizga tushishdan charchashmayotgani ko'pchilik uchun kutilmagan holat bo'lmoqda. APLdagi muvaffaqiyatsizlardan so'ng "CHelsi" Evropa chempionlar ligasidagi startni yaxshi boshlay olgandi. Biroq ikkinchi turga kelib ular Portugaliyaga safar qilishdi. Joze Mourinoning sobiq jamoasi ayni paytda bir tekis futbol ko'rsatishda oqsayotgan "CHelsi"ni ayab o'tirmadi. "Portu" o'z maydonida o'tgan o'yinda "CHelsi" ustidan kerakli g'alabaga erishishni uddaladi va muhim uch ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ydi. "CHelsi" esa "xit-parad"ning qahramonlaridan biriga aylanishda davom etmoqda.


1-o'rin.

BATE Belarus – Roma Italiya 3:2

Borisov-Arena

Gollar
: 1:0 – 8 Stasevich, 2:0 – 12 Mladenovich, 3:0 – 30 Mladenovich, 3:1 – 66 Jervino, 3:2 – 82 Torosidis.

BATE
– CHernik, Mladenovich, Polyakov, Milunovich, Volodko (Rios, 85), Nikolich (Volodko, 87), Stasevich, Yablonskiy, Gordeychuk (Gleb, 72), Dubra, Signevich.

Roma
– SHchensny, de Rossi, Manolas, Din, Salax, Venker (Yago Falke, 39), Iturbe (Torosidis, 46), Nainggolan, Jervino, Pyanich, Florenci (Soleri, 90).

Ogohlantirishlar
: Din (12), Milunovich (27), de Rossi (46), Manolas (87), Dubra (90).

Evropa chempionlar ligasining 2-turidan o'rin olgan uchrashuvlar ichidan eng kutilmagan natija Belarusda ruy berdi. BATE jamoasi o'z maydonida "Roma"ni mehmon qildi. BATE jamoasi so'nggi yillarda muntazam ECHL ishtirokchisi sifatida o'z tajribasini ancha oshirib olayotganiga ushbu bahs yaqqol misol bo'la oldi. BATE shu kuni Italiya etakchilaridan biri "Roma" bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda bahs debyutini juda ko'tarinki ruhda boshladi va mehmonlar darvozasini ketma-ket uch bor ishg'ol etdi. Birinchi bo'limni fantastik tarzda o'tkazgan BATE dastlabki 45 daqiqa ichida hamma masalani hal etib qo'ydi. Tanaffusdan keyin belarusliklar darvozasi tomo ikki marotaba yo'l topa olgan "Roma" yakunda vaziyatni o'z tomoniga og'dira olmadi. Albatta, BATEning g'alabasi haftaning eng sensacion natijasi sifatida qayd etilishi mubolag'a bo'lmaydi. "Xit-parad" g'olibligini BATE futbolchilari qo'lga kiritishdi desak yanglishmagan bo'lamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика