So’nggi yangiliklar

14:4938 ёшли Кавани фаолиятини тугатмаган. Ҳаммаси 28 декабрь ҳазили бўлиб чиқди  0 14:22Владимир Йовович "Андижон"га ўтадими? Футболчининг ўзи жавоб берди  1 13:55Манба: Суперлига-2026да апрель ойи ҳақиқий "боксинг дэй"га айланади  7 13:29U-23 Осиё Кубоги олдидан: рақиблар ва имкониятлар  5 13:07Кавани бутсаларини михга илди  16 12:40"Қўқон-1912" қисқа муддатли таътилга чиқди  1 12:16Уоткинс: "Эмери — тактик даҳо"  4 11:48Одил Абдумажидов: "Андижонда – яқинларим кўз ўнгида тўп тепиш бошқача завқ бағишлайди"  0 11:21Каннаваро Ўзбекистон МТЖ футболчисининг ўйинини стадиондан томоша қилди  6 10:55"Хоразм" яна уч нафар футболчиси билан янги шартномалар имзолади  5 10:31"Нефтчи" яна уч нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  9 10:16Трансфермаркт нашри 2025 йилда энг кўп нархи тушган футболчилардан иборат рамзий терма жамоани тузиб чиқди  0 09:50"Сепахон" менежери Игорь Сергеев ҳақидаги саволга жавоб берди  4 09:23Туркия Суперлигаси. Шомуродов яна бир кўрсаткичда етакчилик қилмоқда  4 08:56Ўзбекистон МТЖ ЖЧ олдидан сўнгги йиғинини қачондан бошлаши маълум  3

Kutilmagan natijalar xit-paradi TOP-5 Yangiliklar

Kutilmagan natijalar xit-paradi TOP-5

Evropa milliy chempionatilaridagi etiborga molik sensacion natijalar bilan tanishtirib o'tamiz.


5-o'rin.

Italiya chempionati, 4-tur. Turnir jadvali

Roma – Sassuolo 2:2 (1:2, 1:0)

Stadio Olimpiko

Gollar
: 0:1 – 22 Defrel, 1:1 – 36 Totti, 1:2 – 44 Politano, 2:2 – 49 Salax.

Roma
– de Sanktis, Manolas, Torosidis, Maykon (Florenci, 64), Ryudiger, Nainggolan, de Rossi, Salax, Pyanich, Iturbe (Yago Falke, 50), Totti (Djeko, 72).

Sassuolo
– Konsili, Kannavaro, Peluzo, Gaccola, Acherbi, Missiroli, Manyanelli, Dankan (Bondini, 59), Politano (Berardi, 81), Floro Flores (Sansone, 64), Defrel.

Ogohlantirishlar
: Politano (40), Maykon (57), de Rossi (73), Sansone (86), Peluzo (88).

"Roma" bu turda kutilmaganda o'z maydonida "Sassuolo" bilan durang o'ynab qo'ydi. Rim afsonasi Franchesko Totti o'zining "Roma" safidagi 300-golini kiritgan uchrashuvda mezbonlar g'alaba nashidasini sura olishmadi. "Barselona" bilan Evropa chempionlar ligasi doirasidagi o'yinda durang o'ynagan "Roma" bu safar ham "Olimpiko"da raqiblaridan ustun bo'la olishmadi. Bu albatta Italiyada o'tgan haftadagi eng kutilmagan natija bo'ldi.


4-o'rin.

Ispaniya chempionati, 4-tur. Turnir jadvali

Sevilya – Selta 1:2 (0:2, 1:0)

Ramon Sanches Pisxuan

Gollar: 0:1 – 15 Nolito, 0:2 – 26 Vass, 1:2 – 54 Lorente.

Sevilya – Riko, Mariano, Andreolli, Kolodzeychak, Koke, Kryxovyak, Nzonzi, Vitolo (Kron-Deli, 30), Banega (Lorente, 46), Reyes (Konoplyanka, 73), Gameyro.

Selta –   Alvares, Malo, Kabral (Fontas, 58), Gomes, Kastro, Vass, Fernandes, Orelyana, Ernandes (Radoya, 63), Nolito, Aspas (Gvidetti, 79).

Ogohlantirishlar: Gomes (6), Banega (40), Kastro (45), Kryxovyak (51), Aspas (58), Reyes (65), Malo (72), Fernandes (87), Orelyana (87).

CHetlatish: Kastro (90).


 Ispaniya chempionatida eng kutilmagan natija sifatida "Sevilya"ni o'z maydonida "Selta"ga imkoniyatni boy berganini keltirish mumkin. Evropa ligasining amaldagi sohibi chempionat doirasida "Selta"ni dog'da qoldirishni uddasidan chiqmadi. Bu natija "Sevilya"ning turnir jadvalidagi mavqeiga putur etkazgani aniq. Vass va Nolitoning gollariga maydon egalaridan faqatgina Lorente javob qaytara oldi. Bu esa tabiiyki "Sevilya"ni mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi.


3-o'rin.

Bundesliga, 5-tur. Turnir jadvali

Verder – Ingolshtadt-04 0:1 (0:0, 0:1)

Vezershtadion

Gol
: 0:1 – 90, penalti Xartmann.

Verder
– Vidvald, Gebre Selassi, Lukimya, Vestergor, Garsiya, Bargfrede, Fritc (Kroos, 73), Garsiya (Pisarro, 46), Bartels, Yuxannsson (Oztunaly, 80), Udja.

Ingolshtadt-04
– Ozdjan, Levels, Matip, Xyubner, Zuttner, Gross, Rojer, Morales, Leks (Brejeri, 90), Xinterzeer (Xartmann, 67), Lekki (Kachunga, 88).

Ogohlantirishlar
: Xyubner (26), Gross (28), Zuttner (39), Gebre Selassi (56), Lukimya (66), Morales (82), Pisarro (86).

CHetlatish
: Bargfrede (90).


"Verder" chempionat doirasida 5-turda o'z uyida bundesliga debyutanti "Ingolshtadt"ni mehmon qildi. Keskin kurashlarga boy kechgan bellashuvda barcha masala o'yinning so'nggi daqiqasida hal etildi. Uchrashuvning 90-daqiqasida "Verder" futbolchisi Bargfredega qizil kartochka va mezbonlar darvozasi tomon belgilangan penalti yakunda "Ingolshtadt"ning g'alabasiga zamin yaratdi. "Verder" esa o'z maydonida o'tgan bahsda ochkosiz qolishga majbur bo'ldi.


2-o'rin

Franciya chempionati, 6-tur. Turnir jadvali

Reyms – PSJ 1:1 (0:0, 1:1)

Ogyust Delon

Gollar
: 1:0 – 83 Sebatsho, 1:1 – 84 Kavani.

Reyms
– Agassa (Plasid, 24), Traore, Mandi, Veber, Sinorino, Kankava, Devo, Byulo, Oniange (Diego, 55), de Previl, Ke (Sebatsho, 77).

PSJ
– Trapp, van der Vil, Tiago Silva, Markinos, Kurzava, Verratti, Stambuli (Matyuidi, 76), Pastore, Lukas (Kavani, 65), Ibragimovich, Lavessi (Di Mariya, 66).

Ogohlantirishlar
: Kankava (4), Stambuli (67), Ke (74), Matyuidi (80).

Franciya chempionatining 6-turida PSJ jamoasi yana durang qayd etdi. O'tgan safar ham "Bordo" bilan o'yinda durang o'ynagan parijliklarga bizning "xit-parad"imizga tushish yoqqan ko'rinadi. Loran Blan jamoasi bu safar "Reyms" bilan o'yinda raqib qarshiligini engishga muammolarga duch keldi. PSJ tarkibida ushbu mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan Edison Kavanining yagona goli parijliklarni mag'lubiyatdan saqlab qoldi. Eng qizig'i, "Reyms" bellashuvning 83-daqiqasida gol urgan bo'lsa, Sebatshoning goliga javob tariqasida Kavani o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. SHu tariqa PSJ ketma-ket ikkinchi o'yinda g'alaba qozona olmadi.


1-o'rin.

APL, 6-tur. Turnir jadvali

Manchester Siti – Vest Xem 1:2 (1:2, 0:0)

Etixad Stedium

Gollar
: 0:1 – 6 Mozes, 0:2 – 31 Sako, 1:2 – 45 de Bryuyne.

Manchester Siti
– Xart, Sanya, Otamendi, Mangalya (Demichelis, 46), Kolarov (Ixeanacho, 84), Ture, Fernandino, de Bryuyne, Navas, Sterling (Boni, 66), Aguero.

Vest Xem
– Adrian, Djenkinson (Kollinz, 85), Tomkins, Rid, Kressuell, Nobl, Obiang, Lansini (Elavich, 69), Paye, Mozes (Antonio, 60), Sako.

Ogohlantirishlar
: Lansini (22), Obiang (45), Kolarov (54).

Mavsumni dahshatli boshlagan "Siti" avvaliga Evropa chempionlar ligasida "Yuventus"ga yutqazib yoqimli ananani buzib qo'ygandi. "Yuventus"dan ikkita to'p olib chiqqan Jo Xart Angliya chempionati doirasidagi "Vest Xem"ga qarshi bahsda ham ikki bor darvozasidan gol o'tkazib yubordi. Unga qadar "Manchester Siti"ga hech kim gol ura olmayotganidan xabaringiz bor. Mozes va Sako "shaharliklar"ni "Etixad Stedium"da ketma-ket ikkinchi bor mag'lubiyatni tan olishlariga majbur eta olishdi. "Manchester Siti"ning bu muvaffaqiyatsizligi so'zsiz haftaning eng kutilmagan natijasi sifatida qayd etildi va "xit-parad"imizning oliy o'rnidan joy oldi.


SHahboz Beg'amov tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика