Kutib oling, klublar futboli qaytmoqda...
29 mar 2019 13:31
Yangiliklar


Kutib oling, klublar futboli qaytmoqda...
Bugun tunda bir qator chempionatlarda navbatdagi tur o'yinlari boshlanadi va klublar futboli yana qaytadi.
Rossiya premer-ligasida 21-turning dastlabki uchrashuvi Samaradagi "Kosmos Arena" stadionida bo'lib o'tadi. Unda Vitaliy Denisov o'ynayotgan "Krilya Sovetov" klubi Tulaning "Arsenal" klubini qabul qiladi. Musobaqa jadvalida deyarli yonma-yon borayotgan jamoalar o'rtasidagi bahs qiziqarli kechishi aniq. Mezbonlar g'olib bo'lishsa, ochkolar bo'yicha "Arsenal"ga etib olishadi.
Krylya Sovetov Samara |
Premier League . 21-tur 29/03/2019, 20:30 1
:
0
Tugadi
|
Arsenal Tula Luka Djordjevic - 66' |
Stadion: Cosmos Arena
Bugun Germaniya Bundesligasida 27-tur boshlanadi. "Xoffenxaym" o'z muxlislari qarshisida Leverkuzenning "Bayer" klubi bilan kuch sinashadi. Ayni paytda "Bayer" musobaqa jadvalida 42 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda. Yulian Nagelsmann shogirdlari esa 38 ochkoga ega. Bundan ko'rinib turibdiki Andrey Kramarich jamoadoshlari bugun g'alaba qozonib, "Bayer"ga etib olish uchun harakat qilishadi. "Xoffenxaym" chempionat doirasida o'z maydonidagi oxirgi uchta o'yinda yutqazmadi. "Bayer" esa birinchi davradagi sharmandali mag'lubiyat (1:4) alamini olish uchun kurashadi.
Hoffenheim Ishak Belfodil - 10', Sven Bender - 51', Ishak Belfodil - 61', Andrej Kramaric - 79' |
1. Bundesliga . 27-tur 30/03/2019, 00:30 1
:
4
Tugadi
|
Bayer Leverkusen Kevin Volland - 17' |
Stadion: Prezero Arena, 28350 tomoshabin
Bosh hakam: Harm Osmers
Italiya A seriyasida 29-turning dastlabki o'yini "Kevo" va "Kalyari" o'rtasida kechadi. Eng so'nggi o'rinda borayotgan "Kevo" ortda qolgan 28ta tur davomida faqat bir marta g'alabaga erishgani etiborga molik. Ushbu klub yangi mavsumni B seriyada boshlashi deyarli aniq. "Kalyari" esa xavfli zonaga tushib qolmaslikka harakat qilmoqda. Jamoani xavfli zonadan 6 ochko ajratib turibdi.
Chievo Verona |
Serie A . 29-tur 30/03/2019, 00:30 3
:
0
Tugadi
|
Cagliari Fabio Pisacane - 16', Joao Pedro - 33', Artur Ionita - 43' |
Stadion: Stadio M. A. Bentegodi, 10000 tomoshabin
Bosh hakam: Rosario Abisso
Franciya chempionati 30-turining ochilish o'yinida "Lion" safarda "Renn" mehmoni bo'ladi. PSJ degan klub bor ekan Franciyada chempionlik taqdiri deyarli hal bo'lganini muxlislar juda yaxshi bilishadi. Ayni paytda "Lion" "Lill" bilan kumush medallar uchun kurash olib bormoqda. "Renn" esa yangi mavsumda evrokuboklarda ishtirok etish huquqini beruvchi o'rinlarga intilmoqda. Qizig'i birinchi davrada "Lion" o'z uyida "Renn"ga 0:2 hisobida yutqazib qo'ygan edi.
Rennes |
Ligue 1 . 30-tur 30/03/2019, 00:45 1
:
0
Tugadi
|
Lyon Martin Terrier - 86' |
Stadion: Roazhon Park, 27094 tomoshabin
Bosh hakam: Antony Gautier
Ispaniya chempionatida 29-turning ilk uchrashuvi Kataloniyada bo'lib o'tadi. Unda "Jirona" Bilbaoning "Atletik" klubini qabul qiladi. Hozirda bu ikki klubni 3 ochko ajratib turibdi. Bilbaoliklar 37 ochko bilan 9-o'rinda borishmoqda, "Jirona" esa 34 ochkoga ega va 12-pog'onadan joy olgan.
Girona Cristhian Stuani - 37' |
LaLiga . 29-tur 30/03/2019, 01:00 2
:
1
Tugadi
|
Athletic Bilbao Inaki Williams - 53', Raul Garcia - 59' |
Stadion: Estadi Municipal de Montilivi, 10652 tomoshabin
Bosh hakam: Jose Sanchez
O’xshash yangiliklar

Fikrlar