So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Kutib oling, ikkinchi tur kelyapti... Yangiliklar

Kutib oling, ikkinchi tur kelyapti...

Ertaga oliy ligamizning ikkinchi tur o'yinlari start oladi. O'yindan oldingi tahririyat taxminlari bilan tanishib chiqing.

20 mart, juma

"Buxoro" (Buxoro) - "Dinamo" (Samarqand)

Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), N. Boltaev (Navoiy)

Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).

Imkoniyatlar: 55/45

Bu ikki shaharning jahon tarixida tutgan o'rni katta. Buyuk shaharlar to'qnashuvidagi ikki jamoa ham birinchi turda mag'lubiyatga uchradilar. "Dinamo" o'z maydonida, "Buxoro" esa safarda. Birinchi tur o'yinlaridan kelib chiqsak, o'yindagi ustunlik "Buxoro"da bo'lishini bashorat qilish qiyin emas. Aslini olganda, ikkala jamoaning ham o'yinida o'xshashlik mavjud. Biroq maydon egaligini inobatga olsak, Mochinovda g'alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyat bor. 




"Navbahor" (Namangan) - "Metallurg" (Bekobod)

Hakamlar: T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), R. Tolibjonov (Farg'ona)

Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).

Imkoniyatlar: 50/50


Bu o'yinda "Navbahor" o'zining bosh murabbiyi bilan ishtirok etadi. Vetnamdan qaytib kelgan Baxtiyor Ashurmatov "Navbahor"ni ikkinchi turga tayyorladi va buning mevasini ertaga ko'rishimiz mumkin. Lekin raqib oddiy jamoa emas, "Lokomotiv"ni ikki ochkodan mahrum qilgan "Metallurg". Qizig'i shundaki, birinchi turda ikki jamoa bosh murabbiylari turli sabablarga ko'ra qatnasha olmagan edilar. "Metallurg" himoyada o'ynashni biladigan jamoa hisoblanadi. "Navbahor"ning kuchini esa ertaga ko'ramiz. SHunday ekan, bu ikki klubning g'alabaga bo'lgan imkoniyati teng.




"Mashal" (Muborak) - "Andijon" (Andijon)

Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)

Nazoratchi: A. Hotamov (Toshkent).

Imkoniyatlar: 60/40

Afsuski, "Andijon"da muammolar hamon mavjud. Jamoa Muborakdagi o'yinga, qarz ko'tarib yo'l olgani haqida mahalliy muxlislar xabar qildi. Demak, jamoadagi ahvol tang. Bu esa ikki kundan beri o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan, kuni kecha Toshkentdan bir nechta muxbirni Muborakka taklif qilgan "Mashal" uchun ayni muddao. Tarkib jihatdan ham "Mashal" raqibiga nisbatan kuchli. Eng muhimi, "Andijon" matbuot kotibi ham Muborakka yo'l olgan.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика