"Kurtuada "De Xea sindromi" boshlangan bo'lishi mumkin"

Tolibjon Qosimov
3 okt 2019, 15:01
Belgiya terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Ervin Lemmens oxirgi vaqtlarda doimiy tanqidlar ostida qolib ketayotgan "Real" kiperi Tibo Kurtuani qo'llab-quvvatladi.

"U o'zgacha yigit va bu (hozirgi o'yini) Tibo uchun odatiy holat emas. Belgiya terma jamoasida u doim yuqori darajada o'ynaydi, lekin "Real"da ehtimol u bilan "De Xea sindromi" ro'y berayotgandir.
Agar "Santyago Bernabeu" xushtak chalsa, jamoani boricha baholash lozim. Kurtua - ajoyib darvozabon va u "Real"ni yana bir bor baxtli qilmoqchi", - dedi Lemmens "Radio Marca" efirida.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com