Kurtua Samora sovriniga ega chiqdi
20 iyu 2020 09:07
Yangiliklar
Kurtua Samora sovriniga ega chiqdi
Mavsum yakunlariga ko'ra, Tibo Kurtua La Liganing eng yaxshi posboni bo'ldi.
Samora sovrini o'rtacha hisobda bitta o'yinga eng kam gol o'tkazish ko'rsatkichi yuqori bo'lgan darvozabonga beriladi. 28 yoshli Tibo Kurtua esa joriy mavsum La Liganing 34 ta o'yinida qatnashib, 20 ta gol o'tkazdi, 18 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bitta o'yinda o'rtacha gol o'tkazish ko'rsatkichi 0,59 foizga teng.
Natijada Kurtua Samora sovrini 2008 yildan beri ilk bor qo'lga kiritgan “Real” posboni bo'ldi. So'nggi bor madridliklar safida Iker Kasilyas ushbu sovringa ega chiqqandi.
Qayd etish joiz, Kurtua “Atletiko Madrid” safida ham bu sovrinni ikki bor o'ziniki qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar