Kurtua: "Mourino bilan bo'lgan suhbat oramizda qoladi"
02 iyu 2014 23:40
Yangiliklar
Kurtua: "Mourino bilan bo'lgan suhbat oramizda qoladi"
Belgiya terma jamoasi posboni Tibo Kurtuani ijara muddati tugagan va "Atletiko"ning sobiq darvozaboni "CHelsi"ga qaytgan. Lekin uning yangi mavsumni qaerda boshlashi so'roq ostida turibdi.
Meni kelajagim aniq bo'lib ulgurgandek edi. Lekin CHempionlar ligasida "CHelsi" bilan uchrashganimdan keyin hammasi o'zgarib ketdi. "Barselona" bilan o'yin oldidan Mourino menga qo'ng'iroq qildi. Biz gaplashdik. Joze Mourino, u bilan bo'lgan suhbat oramizda qolishini so'radi. Meni "CHelsi" bilan ikki yillik shartnomam mavjud. Oldinda mundial turibdi. Hozir transfer oynasi haqida gapirish payti emas. Qolgan narsalarni Jahon chempionatidan so'ng hal etamiz.
Fikrlar