So’nggi yangiliklar

18:03Моуринью "Челси" юлдузини "Фенербахче"да кўрмоқчи  0 17:39ЖЧ-2014 қаҳрамони Португалия чемпионатига ўтди  0 17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  1 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  1 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  9 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  18 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  21 13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  7 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  17 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  17 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  8 10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  15 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   5

Kurash davom etadi: A Seriya 15-tur yakunlari Yangiliklar

Kurash davom etadi: A Seriya 15-tur yakunlari

3 yanvar kunlari Italiya A Seriyasida 15 tur uchashuvlari bshhlib o'tdi.

"Yuventus" "Udineze"ni mag'lub etdi

Yangi yilning ilk o'yini "keksa sinora" uchun qiyin boshlandi. De Paul Pusseto bilan bilan devor uslubida o'ynab, to'pni darvoza to'riga yo'lladi, biroq gol bekor qilindi. Sababi hujumning dastlabki qismida futbolchilardan biri to'pni qo'li bilan o'ynagani takroriy lavhada ko'rinib qoldi. O'yin tinchlangandek tuyulgandi, biroq Krishtianu bunga o'z vaqtida nuqta qo'ydi. Remsidan to'pni olganidan keyin jarima maydoniga kirib bordi va hech qanday tayyorgarliksiz uzoq burchakka zarba berdi, Musso hech narsa qilolmay qoldi. "Udineze" esa uzoqdan bir necha xavfli zarba berish bilan kifoyalandi.

2-taym boshida Ronaldu o'zini ajoyib assistent ekanini namoyish etdi. U to'pni Kezaga oshirdi, italiyalik hujumchi esa himoyachilarni aldab o'tib, raqib darvozasini ishg'ol etdi. Keyinroq esa Aaron Remsining goli to'pga tegib ketgani uchun bekor qilindi. Bundan ruhlangan "Udineze" xavfli hujum uyushtirdi: Uolas boshi bilan xavfli zarba berdi, ammo to'p darvoza to'siniga tegdi. Biroq "Yuventus" tinchlanish haqida o'ylab ham ko'rmadi. Bentakur to'pni markazga etkazib, darhol Ronalduga pas berdi. Hujumchi esa bundan unumli foydalanib, gol urdi. Ammo mehmonlar ham taslim bo'lishni istashmadi. Zegelar avvaliga darvoza to'sini mustahkam ekanini "tekshirib ko'rdi", keyin esa uni ishg'ol etdi. Ammo so'nggi so'zni "Yuventus" aytdi. Danilo sherigi Dibalaga to'pni oshirdi, argentinalik ham Mussoga imkon qoldirmay, o'zi uchun juda muhim bo'lgan golni urishga erishdi.


"Inter" "Krotone" ustidan g'alabaga erishdi

A Seriya autsayderlaridan biriga qarshi kurash "Inter" uchun qizg'in tarzda boshlandi. Bahsning 12-daqiqasida Dzanelotto boshi bilan gol urib, hisobni ochdi. Bu mezbonlarni jonlantirib yubordi, Lukaku ajoyib tarzda to'pni Lautaroga oshirdi, argentinalik golkiper bilan yakkama-yakka kurashib, uni dog'da qoldirdi. "Inter"ning pressingi yomon bo'lmadi. Vidal markazda to'pni olib qo'ydi va oldinroqqa o'tkazdi, Lukaku Barellaga, Nikolo esa Lautaroni ko'rdi, ammo Morrone argentinalikdan chaqqonroq harakat qilib, o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Bundan keyin "Inter" raqibni tezda taslim qiladigandek tuyulgandi, ammo amalda biroz boshqacharoq bo'ldi. Jarima maydoni ichidagi no'noqlik tufayli hakam "neradzurri" darvozasiga penalti belgiladi va Golemich Xandanovichni dog'da qoldirdi.

Aftidan, tanaffus payti Konte jamoa azolarini ruhlantira oldi shekilli, "Inter" yanada yorqinroq o'yin ko'rsata boshladi. Brozovich sherigi Lautaroga to'pni oshirdi va argentinalik aniq zarba bilan "qora-ko'klar"ni oldinga olib chiqdi. "Inter"ni endi to'xtatish qiyin edi. Bastoni Lukakuga havodan ajoyib pas berdi, Romelu esa gol urdi. Ammo bu hali hammasi emas. Konte o'yinchilarni almashtirish bilan o'yinni yanada kuchaytirdi va bu yaxshi natija berdi. Perishich kuchli va aniq zarba berdi, lekin darvozabon gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi. Biroq to'p Lautaroning yoniga kelib tushganida, u ko'p o'ylab o'tirmadi va mavsumdagi birinchi xet-trikni qayd etdi. Uchrashuv so'ngida Darmian qanot bo'ylab yugurdi va Xakimiga pas berdi. Ashraf esa mavsumdagi 5-golini urdi va bahsga nuqta qo'ydi. "Inter" A Seriyaning eng samarali jamoasi bo'lib qolmoqda.


Bir kishi kam bo'lib qolgan "Milan" "Benevento"ni engdi

Aslida Filippo Indzagi uchun "Milan"ga qarshi istalgan uchrashuv alohida ahamiyat kasb etadi. Mana bu safar ham "Benevento" bellashuvga o'zgacha ishtiyoq bilan tushdi. Lekin har narsada meyor bo'lgani maqul deb bekorga aytishmaydi. "Benevento" futbolchilari bazi vazyaitlarda oshirib yuborishardi. Taym o'rtalariga kelar-kelmas mezbonlar himoyadan chiqishda xatoga yo'l qo'ydi va to'pni egallab olgan Rebichga nisbatan jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatildi. To'p oldiga Kessie yaqinlashdi va jamoasini oldinga olib chiqdi. Keyingi hujumdayoq Roberto Insine muvozanatni tiklab qo'yishi mumkin edi, ammo uning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Pippo shogirdlari anchayin xavfli hujumlar uyushtirishardi va Donnarumma astoydil ter to'kishiga to'g'ri keldi. Taymning ikkinchi yarmida Tonalli oddiy vaziyatda qizil kartochka "ishlab oldi". Bu esa "rossoneri"ning markazdagi o'yiniga, tezkorligiga tasir qilmay qolmadi. Tanaffusga jamoalar shu hisobda yo'l olishdi. 

Agar "Benevento" himoyasining yana bir sovg'asi bo'lmaganda voqelar rivoji qanday bo'lardi, taxmin qilish qiyin, biroq himoyachilar Leaoni qochirib yuborishdi, Montillo esa avvaliga joyini tark etib, oldinga chiqdi, ammo keyin negadir ortga qayta boshladi. Portugaliyalik futbolchi raqibni yonidan to'pni aylantirib darvozaga joylab qo'ydi. SHunda ham "Benevento" taslim bo'lish haqida o'ylamasdi, avvaliga Kaprari qulay vaziyatda noaniq zarba yo'lladi, keyinroq uning o'zi penaltidan unumli foydalana olmadi (to'p darvozaga aniq bormadi). Oxirgi daqiqalarda "Milan" jonlandi. Birinchi CHalxanoglu uzoq masofadan darvoza ustunini poyladi, keyin esa Kessie jarima maydoni ichida turib Leaodan to'pni qabul qildi va uning zarbasi ham darvoza to'riga borib tushishni istamadi. "Milan" muhim g'alabani qo'lga kiritdi, lekin "Benevento" jamoasi o'yiniga ham yuqori baho bermay iloj yo'q. 


"Jenoa" "Lacio" bilan durang o'ynadi

Murabbiy almashishi deyarli doim futbolchilarga ijobiy tasir qiladi. "Grifonlar" vaziyatida ham shunday bo'ldi. "Lacio"ga qarshi bellashuvni genuyaliklar ishonchli boshlashdi. Lekin ko'p o'tmay hakam anchayin muhokama va munozaralrga sabab bo'lgan penalti belgilashga qaror qiladi. CHiro Immobileni esa butkul tashvishga solmasdi va "Oltin butsa"ning amaldagi sohibi to'p hamda darvozabonni turli burchaklarga ravona qildi. Goldan ruhlangan "burgutlar" yanada katta ishtiyoq bilan oldinga tashlandi, vaziyatlar yuzaga keltirdi, lekin oxirgi zarbalarga aniqlik etishmasdi. "Jenoa" esa tanaffusgacha hujumda deyarli hech nima qila olmadi.  

Ikkinchi bo'lim starti ham birinchi bo'limni yodga solardi. "Lacio" xavfli hujum qilardi va ikkinchi golni urishi mumkin edi. Futbolda "Sen urmasang senga urishadi" degan naql bor. Bu safar ham shunday bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurdov zaxiradan o'yinga qo'shildi va bir necha daqiqa o'tib, golli hujumni tashkillashtirdi. Jamoasi jarima maydonchasidan uzoq bo'lmagan hududda to'pni egallab olgan SHomurodov katta tezlikda olg'a intildi, yo'l-yo'lakay bir raqibini aldab, ikkinchisi halaqit qilishiga imkon qoldirmadi va to'pni Destroga qulay tarzda etkazdi, tajribali futbolchi aniq zarba bera oldi. Bundan so'ng jamoalar biroz tinchlanishdi va faqatgina so'nggi daqiqalarda jonlanishdi. Raqiblarning har biri g'alabani ilib ketishi mumkin edi. Avvaliga Kaysedo yaqin masofadan bergan zarbasi noaniq ketdi, keyin SHomurodov jarima maydoni ichida himoyachilarni dog'da qoldirdi, lekin keyin to'pni darvozabonning ham, darvoza ustunining ham yonidan o'tkazib yo'lladi. "Lacio" durangdan xafa bo'lishi mumkin, lekin "Jenoa" ham xarakter ko'rsata oldi.


"Napoli" "Kalyari" ustidan g'alaba qozondi

Neapolliklar ilk daqiqalardan hujumga zo'r berishdi. Vaziyatlarning birida burchak zarbasidan keyin to'p Insinega kelib tushdi, u kuchli zarba bera oldi, lekin biroz noaniq. "Napoli" umuman olganda uzoq masofalardan ko'p bor darvozaga zarba yo'lladi va qaysidir pallada bu ish berdi. Petanya to'pni Zelinskiga etkazdi va uning o'ta kuchli zarbasini Krano qaytara olmadi. "Kalyari" esa o'ziga kela olmas, markazda ko'plab yakkakurashlar boy berilar va ish chinakam xavfli hujumgacha etib ham bormasdi.

Asosiy voqealar o'yinning ikkinchi qismida ro'y berdi. Joao Pedro kam sonli imkoniyatlari biridan unumli foydalandi va to'pni himoyachi hamda darvozabondan o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Biroq "Kalyari"ning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi, Di Lorenco to'pni jarima maydoni ichidagi Zelinskiga etkazib berdi, Pyotr birinchi harakatda himoyachini ortda qoldirdi va ikkinchi urinishda darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi. Ko'p o'tmay Lozanoga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun Lyakonis qizil kartochka ishlab oldi va amalda o'yin taqdiri hal bo'ldi. SHu kuni "Napoli"ning oldingi chizig'ida Petanya juda foydali o'yin ko'rsatdi. U himoyachilarga etarlicha bosh og'riq bo'la oldi va vaziyatlarning birida to'pni Lozanoga uzatdi, ikkinchi bo'limda eng faollardan biri bo'lgan meksikalik futbolchining zarbasidan keyin esa to'p CHepitellining qo'liga tegdi - penalti. Lorenco Insine imkoniyatdan unumli foydalandi va yakuniy hisobni o'rnatdi. "Napoli" o'ziga kela boshlagandek, muhimi jamoa ECHL zonasida bormoqda, "Kalyari" esa himoyadagi o'yini borasida jiddiy bosh qotirishi talab etiladi.

SHuningdek, "Atalanta" "Sassuolo"ni mag'lub etdi, "Roma" "Sampdoriya"dan kuchliroq chiqdi, "Torino" "Parma"ni mag'lubiyatga uchratdi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика