So’nggi yangiliklar

02:00Конференциялар лигаси саралаши. Ҳусанов захирадан тушган ўйинда "Ланс"дан ғалаба, де Хеадан "омадсиз камбэк"  0 01:27Рафаэль Бенитес ўзи мураббийлик қилган энг яхши футболчи кимлигини айтди  1 01:06Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумни дуранг билан бошлади  1 00:37"Лион" барча футболчиларини трансферга қўйди. Сабаби ҳам маълум  0 00:16Энрике Мбаппе ҳақидаги саволга жавоб беришни истамади: "Сизлар зерикарлисизлар"  1 23:50Харри Кейн: "Энди менда ҳам совринлар учун курашишга имкониятлар бор"  0 23:28Конференциялар лигаси саралаши. "Челси" ва "Ланс"нинг баҳс учун таркиблари маълум қилинди  1 23:20Гўзалликни қадрлайдиганлар учун! ЖЧ-2030 финали учун барпо қилинадиган стадионни кўрдингизми?  3 22:51Максим Шацких ёрилди: "Бу томорқада қандай қилиб футбол ўйнаш мумкин, билмайман"  45 22:22Хамес янги жамоаси билан шартнома имзолаш учун Мадридга учиб борди  0 21:59Февзи Давлетов: "Пахтакор" билан ўйин учун футболчиларни руҳан тайёрлаш шарт эмас"  12 21:19Суперлига. "Пахтакор" - "Сурхон" 0:1  11 21:08Асрор Алиқулов: "Бугунги ўйинда асосан тезкорлик ва жараённинг боришига қараб қарши ҳужумни мақсад қилгандик"  0 21:05Фарҳод Нишонов: "Вазиятларни муваффақиятли якунлайдиган футболчилар етишмаяпти"  0 21:04Суперлига. "Сурхон" 30 йилдан кейин яна "Пахтакор"ни Тошкентда мағлубиятга учратди!   97

Kuper Ummonga “syurpriz” tayyorlamoqda Yangiliklar

Kuper Ummonga “syurpriz” tayyorlamoqda

Osiyo Kubogi boshlandi. Ammo ochilish uchrashuvi bo'lgan BAA – Bahrayn o'yinini ko'rolmadik.

Bu payt biz SHarjadagi ilk mashg'ulotni o'tkazayotgandik. Darvoqe, SHarja haqida. CHiroyli shahar. Mashina judayam ko'p. Yo'llar tor.Bizga OFK tomonidan ajratilgan avtobus bu yo'llardagi tiqilinchlardan arang o'tib, mashg'ulot bo'ladigan maydonga etib oldi. Ha, aytgancha, tashkilotchilar har bir terma jamoaga policiya xodimlarini biriktirib qo'yishgan. Stadionga borish-kelishda kuzatib qo'ymoqda. SHunda ham ko'chadagi mashinalar yo'l bergisi kelmaydi. Hamma qaergadir shoshiladi, birinchi bo'lib o'tib ketishga intiladi.

SHarjadagi mehmonxonada qo'riqlash xizmati qo'yilgan. Begona shaxslarni mehmonxonaga kiritishmayapti. Faqat OFK tomonidan terma jamoa azolari uchun taqdim qilingan akkreditaciyalarni ko'rsatib kirish mumkin. Bundan tashqari, har bir qavatda maxsus xizmat xodimlari tunu kun navbatchilik qilib o'tirishibdi. Mehmonxonaga kelganimizda xonalarga joylashishdan avval maxsus itlar yordamida biz joylashadigan har bir xona tekshiruvdan o'tkazildi. Xullas, musobaqa davomida har bir terma jamoa o'zini xavfsiz his qilishi uchun barcha chora-tadbirlar ko'rilgan.


OFK turnir davomida yordam berib yurishi har bir terma jamoaga koordinator biriktirgan. 24ta terma jamoaga biriktirilgan OFK koordinatorlaridan faqat 2 nafar ayol kishi bo'lib, shulardan biri bizning terma jamoa bilan ishlayapti.  



Ismi Maysa. Juda ham pishiq-puxta, o'z ishini yaxshi biladigan, punktual va qatiy, sho'x-shaddod qiz. So'ragan masalalarimizni bir zumda hal qilib beradi. Ertangi rejalar bo'yicha, nimalar kerakligi haqida 4-5 marta so'rab, har safar yon daftariga yozib oladi. Musobaqa davomida BAAdan keyin O'zbekistonga muxlislik qilishga vada berdi. “BAA bilan pley-offda to'qnash kelib qolsakchi?”, - deb so'ragandik, “BAAga butun mamlakat muxlislik qiladi, men mehmonlar hurmati uchun O'zbekistonni qo'llab-quvvatlayman”, - dem muloazamat qilib qo'ydi.

O'zbekistonliklarni bu erda ko'p uchratish mumkin. Mehmonxonaga kelishimiz bilan tushlik qilgani restoranga kirdik. Bizga 3 nafar xodim xizmat ko'rsatayotgandik. Delegaciyamiz azolari ulardan birini yoniga chaqirib, apelsin sharbatini so'ray boshladi: “Please, orange juice”. Javob esa sof o'zbekcha bo'ldi: “Hozir opkelaman, oka”. Ko'rinishidan arabga o'xshaydigan bu yigit o'zimizni yurtdan ekan. Yurtdan uzoqda, begona joyda o'zbek tilida yangragan so'zlarni eshitish nihoyatda yoqimli bo'ldi.

Kechqurungi mashg'ulotlar deyarli ikki soat davom etdi. Engil mashqlardan keyin futbolchilar ikki guruhga bo'linib futbol o'ynashdi. Ushbu o'yinni tomosha qila turib, Ummonga qarshi qaysi futbolchilar asosiy tarkibda tushishini aniqlab oldik. Tarkibda kutilmagan “syurpriz” bo'lishi ham mumkin.  “Mister” birinchi o'yinga qanday reja tayyorlayotgani menga qorong'u, ammo raqiblarni dovdiratib qo'ymoqchi ekani aniq. Hammasini 9 yanvar kuni bilib olamiz.  

 

Yoqubjon Bobojonov, O'FA Matbuot xizmati boshlig'i
SHarja, BAA

Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика