So’nggi yangiliklar

17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  2 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  2 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  11 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  21 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  2 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0

Kuper o'yindan keyin nimalar degan bo'lishi mumkin? Yangiliklar

Kuper o'yindan keyin nimalar degan bo'lishi mumkin?

Kecha bo'lib o'tgan Janubiy Koreya - O'zbekiston o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng koreyaliklar bosh murabbiyi intervyu berdi.

Xabaringiz bor, kechagi bahsda 0:4 hisobida yutqazib qo'ydik. Bugun esa OFK rasmiy sayti koreyaliklar ustozi Paulu Bentuning o'yindan keyingi fikrlarini chop etdi. Aytish mumkinki, portugaliyalik murabbiy ish boshlaganidan beri Janubiy Koreya uning qo'l ostida 6ta uchrashuv o'tkazib, birortasida mag'lub bo'lmadi.

Murabbiy o'yin haqida shunday dedi: "Biz butun uchrashuvni nazorat qildik. Birinchi taymdan so'ng 2:0 hisobida g'alaba qozonayotgandik, tanaffus paytida yana hujum qilish kerakligini aytdim. Bu esa chiroyli natijaga olib keldi. O'ylaymanki, biz to'g'ri yo'ldamiz. Men barcha futbolchilar terma jamoaning maqsadi qaerga borish ekanini tushunib etishlarini xohlayman. Biz o'z falsafamizdan og'ishmay faqat maqsad sari harakat qilishda davom etamiz".

Xullas, Paulu Bentuning fikri qisqacha bo'lsa ham saytda chiqibdi. Lekin OFK tugul, o'zimizning O'FA saytida ham Ektor Kuperning o'yindan keyin nimalar degani yo'q. Balki murabbiy gapirmagandir, balki matbuot anjumani o'tkazilmagandir. Lekin Kuper terma jamoa bilan Avstraliyaga ketgan tashkilot matbuot xizmatiga ikki og'iz gapirib qo'ysa hech narsa qilmasdi. Balki murabbiy gapirgan-u, ammo matbuot xodimining yozishga vaqti bo'lmagandir. Mayli, biz kutamiz. Har holda terma jamoa bosh murabbiyining o'yindan keyin nimalar degani shaxsan men uchun juda qiziq.

X.Xoliqov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика