So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  2 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  4 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

Kuper OCHLda ketma-ket gol urgan Abduxoliqov va Sergeevni yig'inga jalb etadi Yangiliklar

Kuper OCHLda ketma-ket gol urgan Abduxoliqov va Sergeevni yig'inga jalb etadi

O'FA matbuot xizmati hozirga qadar O'zbekiston terma jamoasining 28 may kuni boshlanadigan navbatdagi yig'iniga jalb etilajak futbolchilar ro'yxatini hali ham elon qilgani yo'q.

FIFA kunida o'rtoqlik uchrashuvlari, rasmiy o'yinlarni o'tkazadigan terma jamoalar allaqachon yig'inga jalb etiladigan futbolchilar ro'yxatini elon qilishgan.

2 iyun kuni O'zbekiston terma jamoasining raqibi bo'ladigan Turkiya ham yig'inga jalb etilgan futbolchilar nomini oshkor qildi.

Bilasiz, bo'lajak FIFA (3-11 iyun) kunlaridagi yig'in doirasida biz avvaliga Alaniyada Turkiya bilan, keyinchalik Toshkentda KXDR va Suriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazamiz.

Bizga malum bo'lishicha, mazkur yig'inga Ektor Kuper terma jamoaning kengaytirilgan tarkibiga bazi futbolchilarni qo'shgan. Ular orasida oxirgi turlarda OCHL doirasidagi uchrashuvlarda raqiblar darvozasini nishonga olgan Igor Sergeev va Temurxo'ja Abduxoliqov ham bor.

SHuningdek, O'zbekiston terma jamoasining kengaytirilgan tarkibiga "Paxtakor"dan 10, "Lokomotiv"dan 7 nafar futbolchi jalb etilgan.

Terma jamoaning kengaytirilgan ro'yxatidan joy olgan bazi futbolchilar: Eldorbek Suyunov, Sanjar Quvvatov, Egor Krimec, Farruh Sayfiev, Xojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Dostonbek Hamdamov, Marat Bikmaev, Igor Sergeev (barchasi - "Paxtakor"), Javohir Ilyosov, Islom To'xtaxo'jaev, Anzur Ismoilov, Davron Hoshimov, Oleg Zoteev, Sardor Mirzaev, Temurxo'ja Abduxoliqov (barchasi - "Lokomotiv"), Botirali Ergashev ("Dinamo").

Eslatib o'tamiz, terma jamoadan chaqiruv olgan Dostonbek Hamdamov OCHL doirasidagi "Al Ahli"ga qarshi bahsda olgan jarohati tufayli yig'inda ishtirok etolmaydi.

Qayd etish kerakki, Superligada qatorasiga 5 uchrashuvdan buyon gol urayotgan "Nasaf" hujumchisi Humoyun Murtazoev hozircha terma jamoadan taklif olgani yo'q.

Yakuniy to'liq tarkibni O'FA matbuot xizmati tez orada elon qilishi kutilmoqda.

Reyting: -62   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика