So’nggi yangiliklar

08:45"Барселона" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олади  1 08:14"Реал Мадрид" етакчиси келаси йил Саудияга кўчиб ўтиши мумкин. Таклиф суммаси шунчаки дахшат  2 07:40Расман: "Ювентус" 60 миллионлик трансферни амалга оширди  2 07:04EЧЛ 2024-25 мавсумининг барча иштирокчилари маълум. Қуръа ташлаш маросими қачон бўлади?  2 02:33Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Эспаньол" дарвозаси томон 24та зарба бериб ҳам гол ура олмади  1 01:20Виктор Осимхен "Челси" билан келиша олмаса, Европани тарк этади!  1 01:05Жавоҳир Илёсов: "Сўнгги дақиқада ғалаба голининг урилиши икки карра ёқимли бўлади"  0 00:45Асрор Алиқулов: “Дерби курашларга бой ўтиши кутилганди”  1 00:32Анвар Бердиев: “Футболчиларимиз бугун қандайдир ишончсиз ҳаракат қилишди”  1 23:59Колумбиялик мухлислар билан жанжаллашган Дарвин Нуньес оғир жазога тортилди  7 23:25"Бавария" "Реал Мадрид"нинг оғзидаги ошни олиб қўймоқчи  2 22:59Фарҳод Нишонов: “Бизда кичик Қуттибоев бор”  0 22:44Неъматилло Қуттибоев: “Йўқотишлар панд беряпти”  0 22:35Анчелотти Мбаппенинг Ла Лигадаги омадсиз старти ҳақида гапирди  4 22:14Жейдон Санчонинг янги клуби маълум, у Европанинг гранд клубига ўтмоқда  5

Kuper nimadan mamnun? Yig'inga qo'shilgan Doston va ota bo'lgan Islom. MTJning quvnoq o'tgan kechagi mashg'ulotidan FOTOMAQOLA Yangiliklar

Kuper nimadan mamnun? Yig'inga qo'shilgan Doston va ota bo'lgan Islom. MTJning quvnoq o'tgan kechagi mashg'ulotidan FOTOMAQOLA

O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda.

Ektor Kuper terma jamoaning kechagi mashg'ulotini suniy qoplamali maydonda o'tkazishga qaror qildi. CHunki, Falastinga qarshi safardagi o'yinimiz suniy qoplamali maydonda bo'lib o'tadi. Murabbiy shu orqali futbolchilarimizda bunday maydonga nisbatan minimal darajada bo'lsa ham ko'nikma paydo bo'lishiga erishish. O'zbekiston MTJning kechagi mashg'ulotidan to'liq suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Yig'inga chaqirilgan futbolchilar:

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Botirali Ergashev (“Dinamo”).

Himoyachilar: Egor Krimec (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi” – Yaponiya), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Farrux Sayfiev (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Lokomotiv”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G'aniev (“Nasaf”), Oston O'runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sanjar SHoahmedov (“Terengganu” - Malayziya), Doston Ibragimov (“Qizilqum”), Quvondiq Ro'ziev (“Qo'qon-1912”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”), SHarof Muhitdinov ("Nasaf").

Hujumchilar: Eldor SHomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”). 

Foto: Tolibjon Qosimov

Terma jamoamizning kechagi mashg'uloti "CHig'atoy" bazasida bo'lib o'tdi.


"CHig'atoy" bazasining maydon qoplamasi suniy.


PRO licenziyasi uchun o'qiyotgan murabbiylardan ayrimlari kechagi mashg'ulotni bevosita stadionda kuzatib o'tirishdi. Davron Fayziev, Ro'ziqul Berdiev, Ulug'bek Baqoev va Yorqin Nazarovlarni tanigan bo'lsangiz kerak.


Kechadan MTJ mashg'ulotlariga Yaponiya J2 liga vakili "Renofa Yamaguchi" azosi hisoblangan Doston Tursunov ham qo'shildi.


 

 4 nafar nindzya cherepashkalar)


Quvnoq mashqlar boshlanishidan oldin...


Bu esa yuqoridagi suratdan taxminan 10 daqiqacha keyin olingan kadr.


Futbolchilar to'pni qo'l bilan o'ynab darvozaga faqat bosh bilan gol urish mashqini bajarishmoqda.


Bu mashg'ulot o'yinchilarga ham yoqdi, buni ularning alo kayfiyatidan ham payqash qiyin emas.


Kecha o'g'il farzandli bo'lgan Islom To'xtaxo'jaev. MTJ azolari kecha Islomni yangi mehmon bilan qutlashdi. Biz ham saytimiz va o'quvchilarimiz nomidan ona va bolaga salomatlik tilab qolamiz.


Terma jamoa mashg'ulotini tashqaridan bo'lsa ham kuzatib turgan muxlislar.


- Eldor, gavdangga mos to'pni ushlasang bo'lmaydimi? :)


Suniy qoplamali maydonda futbolchilarning jarohat olish ehtimoli keskin ortishi sabab Kuper kechagi mashg'ulotdan keskin, kurashlarga boy mashqlardan voz kechdi. O'zaro ikkiga bo'linib o'ynalganda ham asosan hamma o'z zonasida tez-tez pas berib harakatlanildi va buning natijasida keskin kurashlarga imkon qadar kirishilmadi. CHunki, bunday maydonda shikastlanish juda oson.

Foto  O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda yig'in boshladi


O'zbekiston MTJning kechagi mashg'ulotidan to'liq suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика