So’nggi yangiliklar

01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  0 01:27Лангле Ла Лиганинг бошқа клубига ўтадими?  0 01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  0 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  1 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  9 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1

Kuper boshchiligidagi MTJ ko'rimsiz, hech narsasi yo'q libosda shug'ullanmoqda FOTO Yangiliklar

Kuper boshchiligidagi MTJ ko'rimsiz, hech narsasi yo'q libosda shug'ullanmoqda FOTO

Ektor Kuper kechadan boshlab terma jamoamiz boshqaruvida ishga kirishdi.

Argentinalik mutaxassisning ilk mashg'uloti OAV xodimlaridan berkitilgan holda o'tkazildi. Dastlab O'FA matbuot xizmati bilan bog'langanimizda, kechagi mashg'ulotni dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo'lishini takidlagandi. Ammo biroz vaqt o'tgach O'FA matbuot xizmati bizga qo'ng'iroq qilib, mashg'ulot yopiq tarzda bo'lishini malum qildi. Bunga sabab sifatida esa Kuper birinchi mashg'ulotda asosan futbolchilar bilan tanishib chiqishini va bunda OAV xodimlari bo'lishi qo'shimcha bosim yuklashi haqida aytildi.

Garchi kechagi mashg'ulot yopiq o'tkazilgan bo'lsada, biz uzoqroqdan bo'lsada mashg'ulotni kuzatish imkonini topdik. Ammo kechagi mashg'ulotdan reportaj uyushtirishni imkoni bo'lmadi. Bugungi mashg'ulot ham 18:00da boshlandi va unda OAV vakillari ishtiroki ochiq deb elon qilindi. Ammo, avval vada qilinganidek mashg'ulot to'liqligicha jurnalistlar uchun ochiq bo'lmadi. Dastlabki 15 daqiqalikdan so'ng OAV vakillaridan mashg'ulotdan chiqib ketish talab qilindi.

SHu o'rinda qo'shimcha, odatda istalgan murabbiylar xoh klub yoki terma jamoada bo'ladimi, ularning dastlabki mashg'ulotlari doimo ochiq bo'ladi. Nafaqat jurnalistlar, balki muxlislar uchun ham ochiq mashg'ulotlar o'tkazilishi sir emas. Albatta, murabbiylar mashg'ulotni ochiq yoki yopiq qilib belgilashni o'zlari hal etishadi. Ammo Kuperning dastlabki mashg'ulotlari asosan futbolchilar bilan tanishish, ishga kirishib olishdan iborat payti, hali to'liq mashg'ulotlar dasturiga kirishilmasdanoq jurnalistlardan yashiradigan nima siri bor ekan? Qiziq.

Bugungi mashg'ulotdagi eng xunuk holat - bu terma jamoamiz egnidagi ekipirovkaning ahvoli. Aynan shu narsa kechadan buyon yig'ilib qolgan savollarga javob bergandek bo'ldi. Yana o'sha libos masalasi. Kechagi mashg'ulot ham avvaliga ochiq, ammo sal o'tib nega "yopilib" qolgani malum bo'lib qoldi. CHunki terma jamoamizning egnidagi libosi, ekipirovkasining holati shunchaki dahshat. Avvalgi yillari ham aynan libos masalasi doimo muammo bo'lgan. O'FF O'FAga aylangach ham bu masala hecham o'z echimini topa olmayotgani kishini o'ylantiradi. CHunki Vatanimizning bosh jamoasida birgina libos masalasi muammo bo'lib turishi achinarli hol. Bilmayman, bu materialni, "Adidas" chiziqlariga o'xshash, ammo adidasning logosi yo'q "original" ekipirovka qaerdan topishgan bo'lsa?

Butun MTJ shtabi va futbolchilari kiyib yurgan ushbu liboslarda hech narsa yo'q. Na O'FAni, na "Adidas" brendining logotipi.

O'FA Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Diyor Isamiddinovning aytishicha, libos bo'yicha muzokaralar davom etmoqda va Osiyo kubogiga qadar eng yaxshi sifatli, O'zbekiston terma jamoasi uchun maxsus "Adidas" liboslari tayyor bo'ladi. Libos dizaynini esa "Adidas"professional dizaynerlari chizib berishlarini takidladi. Ammo hozir mashg'ulotlarda kiyib yurilgan libosni "Adidas" deyish uyat bo'ladi.

Logotip va raqamlar tushirilmaganiga sabab, mashg'ulotlar bayram arafasiga to'g'ri kelib qoldi. CHunki futbol klublarini liboslariga logotip va raqamlarni tushirib beradigan "SHelochkov" fabrikasi bayram munosabati bilan tatilda va ular ertadan yoki dushanba kunidan boshlab ishni boshlashadi. Qizig'i, unga qadar esa terma jamoamiz nomi, brendi va yozuvi yo'q liboslarda shug'ullanib turishadi shekilli. Nahotki butun boshli O'FAda terma jamoa yig'inini oldindan chamalab, liboslar masalasini to'liq hal etadigan javobgar topilmasa?

Libos muammosi O'zbekiston terma jamoasi uchun begona emas. Ammo yaqin o'tmishda bu qadar sifatsiz va ko'rimsiz mashg'ulot liboslarida O'zbekiston terma jamoasini ko'rmagandik. Buni nafaqat biz, balki internet orqali butun jahon tomosha qilishi mumkin. Ektor Kuper esa ilk kunlaridanoq eski muammomiz bilan duch kelgani yaxshi ish bo'lmadi. Bizda bu kabi narsalarga mayda, etiborsiz qarashga ko'nikib qolishgan. Ammo bu nafaqat terma jamoa, balki klub miqiyosida ham ancha uyatli holat hisoblanadi.

O'FA ekipirovka masalasida "Bunyodkor", "Paxtakor" yoki "Nasaf" kabi klublarimizdan "master klass" olsa bo'ladi.

Ha-ya, kechagi mashg'ulotni avval rejalashtirilganidek "Paxtakor" stadionida emas, balki "Jar"ning asosiy maydonida o'tkazgan MTJ, bugungi mashg'ulotini "Jar"ning zaxira, yani ikkinchi maydonida o'tkazdi. Sababi, "Jar" ayni paytda "Paxtakor"ga tegishli va bugundan etiboran qisqa tatildan qaytgan Toshkent klubi o'z qarorgohida shug'ullanishni boshladi. Natijada Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz "Jar" stadionining zaxira maydonida mashg'ulot o'tkazishiga to'g'ri keldi.

Nahotki maydon sifati alo darajada bo'lgan TTMI yoki Suriya va Eronga qarshi o'yinlar bo'ladigan "Milliy" stadionda mashg'ulot o'tkazishni imkoni topilmasa? Haliyam "Paxtakor"ga rahmat, terma jamoamizga o'z ixtiyoridagi maydonlarni berib turibdi.

Oddiy ko'ringan, ammo futbolda hecham mayda hisoblanmaydigan ushbu muammolar echim topish o'rniga avvalgidan ham yomonlashayotgani kishini ranjitadi. Bu narsa istaymizmi yo'qmi, baribir futbolchilar kayfiyatiga ham tasir o'tkazadi.

O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk marotaba O'FA logosi yo'q liboslarda mashg'ulot o'tkazmoqda. Terma jamoa futbolimiz yuzi. Masalan kucha-kuyda yoki mehmonxona atrofida yurganda ham yosh bolakaylar yoki muxlislar futbolchilarni avvalo O'FA logosi tushirilgan ekipirovkalardan tanib oladi. Libos sifati, brendi yoki originalligi mayli, malum vaqt o'tguncha chidasa bo'lar, ammo terma jamoa o'z logotipi yo'q libosda yurishining o'zi uyat ahir.

O'FA tezda bu kabi muammolarga echim topishi zarur!


SHahboz Beg'amov

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика