So’nggi yangiliklar

19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  7 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  1 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3

Kuni o'txo'r bo'rilar-u qanotsiz burgutlarga qolgan qashshoq Rim Yangiliklar

Kuni o'txo'r bo'rilar-u qanotsiz burgutlarga qolgan qashshoq Rim

Rim – Italiya respublikasining poytaxti va bosh shahri.

Rimning ulug'vor tarixi

Bugungi kundagi  maydoni  1287,36 kv.km hisoblanadigan mazkur shaharga eramizdan oldingi 753 yilda aka-uka Romul va Rem tomonidan asos solingan, deb faraz qilinadi. “Rim” atamasi qadimgi dunyoda nisbatan keng manoni ifodalagan. Butun boshli imperiya mana shu shahar atrofida birlashtirilgan va mos ravishda shahar nomi butun mamlakat nomiga ko'chirilgan.

Rim imperiyasining dovrug'i olamni tutgani-yu butun Evropa mana shu mamlakat bilan hisoblashishga majbur bo'lganidan xabaringiz bor. Hattoki, antik davrda shunday fraza bor edi:”Barcha yo'llar Rimga olib boradi”. SHaharning oqsuyak aholisi esa malakat shuhratidan behad g'ururlanar, boshqa yumush topolmaganidan koloniyalardan oqib kelayotgan qullar ijrosidagi vaxshiyona sahnalarni tomosha qilib, o'rni kelganda Kolizeyda o'tirgani holda ularning taqdirini birgina barmoq harakati vositasida(!) hal qilib qo'ya qolardi. Ehtimol, XX asrda dunyo xalqlari boshiga tuganmas ofatlar olib kelgan italyanlarning fashistik dunyoqarashi ajdodlardan meros bo'lsa, ne ajab!

Keling, hozir Rimning buguni, yaxshisi Rim futbolining bugungi kuni haqida suhbatlashaylik.

Bu jabhada so'z ketar ekan, ular qo'llarini ko'krakka urib maqtana olmaydilar. Rim futbolining osmoni ancha xira tortib, hayot sokinlashgani, turg'unlashgani bor gap. Xo'sh, hamma vaqt ham shunday bo'lganmi? Yo'q, albatta. Rim futbolining kam bo'lsa-da, yorqin davrlari bo'lgani ham bor gap.

“Burgutlarning” yuksak parvozi 

SHubhasiz, o'tgan asrning so'nggi yillari “Lacio” tarixidagi eng yaxshi davr o'laroq tarixga kirdi.

O'sha davrlar Serjo Kranotti boshchiligidagi «Cirio» koncerni jamoa homiyligini qo'lga olgan va superklub tuzish yo'lida shahdam qadamlar tashlayotgandi. Kranotti jamoadan pulni ayamadi, u o'sha davrlar transfer bozorini ag'dar-to'ntar qilib tashladi. Aynan mana shu omil jamoa muvaffaqiyatlariga ham, uning muvaffaqiyatsizliklariga ham sabab bo'ldi. Boisi shundaki, italyanlar “ko'rpaga qarab  oyoq uzatishmadi”. Etibor qiling, o'sha yillarda Ernan Krespo, Gaiska Mendeta, Xuan Sebastyan Veron, Kristian Veri, Yap Stam, Sinisha Mixaylovich, Stefano Fore va Klaudio Lopez, Deyan Stankovich,  Marselo Salas, Pavel Nedved singari yulduzlar “Lacio” uchun o'ynashdi. Ularning aksari o'z narxiga nibatan ancha yuqori bahoda xarid qilindi. Solishtirish uchun: Madridning “Real” klubi 2002 yilda Ronaldo(Jahon chempioni, mundialning eng yaxshi to'purari) ni “Inter”dan 45 million evro evaziga xarid qilgan. “Lacio” esa 2 yil oldin Ernan Krespo uchun “Parma”ga 57 million evro to'lagandi. 

Bu xarajatlar tez orada o'z so'zini aytdi: Skudetto va mamlakat kubogi (1999/2000), qita miqyosidagi ilk, yagona kubok (1999) qo'lga kiritildi. Ammo bu xursandchiliklar uzoqqa cho'zilmadi, o'ylamay sarflangan mablag'lar klubni ham, unga homiylik qilayotgan “Cirio” konsernini ham inqiroz ko'chasiga etaklab kirdi. SHu tariqa Italiya futbolidagi oz muddatlik etakchilik nihoyasini topdi. 

Rim imperatori erasi

“Roma”ning ichki chempionatdagi so'nggi muvaffaqiyati 2000/01 yilgi mavsumga to'g'ri keladi. Bu erda mablag' emas, nomlar muhim o'rin tutadi. “Bo'rilar”ning muvaffaqiyatlari jamoa afsonasi Franchesko Totti nomi bilan bevosita bog'liq. Buni qarangki, “imperator” faoliyatini yakunlagach, jamoa medallardan borgan sari uzoqlashib bormoqda. Eslab ko'ring, asr avvalida kimlar “Roma” sharafini himoya qilgandi: Vensan Kandela, Kafu, Gabriel Batistuta, Danielo De Rossi, Franchesko Totti...

Xulosa o'rnida ikki og'iz

Bugun Rim klublari nafaqat Skudetto uchun kurashmay qo'ydi, balki, bu kurashda Turin, Milan, Neapol va, hatto, Bergamo shahri jamoalarini ham o'zidan oldinga qo'yib yubordi. Bunga sabab qilib bir tomondan ularning moliyaviy holati ko'rsatilsa, boshqa shahar mafiyalarining kuchli ekanligi yana bir omil sifatida etirof etiladi. Bular shunchaki farazlardir.

Ammo shunisi aniqki, Rim klublari “Yuventus”-u “Napoli”ga faqat o'zlarida “Olimpiko” stadionining borligi bilan maqtana oladigan darajaga tushib qoldilar.

Faxriddin Ro'ziev 


Muallif :
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика