Kunde "Tottenxem"ga o'tishga yaqin
14 iyu 2021 22:40
Yangiliklar
Kunde "Tottenxem"ga o'tishga yaqin
"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishga yaqin turibdi.
"Goal" xabariga ko'ra, London klubi futbolchi uchun 30 mln evro hamda Devinson Sanchesni berib yuborishga tayyor turibdi. Andaluziyaliklarga esa bu taklif maqul kelgan. Hozirda barchasi futbolchining o'ziga bog'liq bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Kunde 2019 yili 25 mln evro evaziga "Bordo"dan xarid qilingandi. O'tgan mavsumda futbolchi LaLiganing 34 o'yinida qatnashdi.
Fikrlar