Kunde jarohatidan so'ng muxlislarga murojaat qildi
25 sen 2022 10:18
Yangiliklar
Kunde jarohatidan so'ng muxlislarga murojaat qildi
"Barselona"ning franciyalik himoyachisi Jyul Kunde ijtimoiy tarmoq orqali muxlislarga murojaat qildi.
Eslatib o'tamiz, o'yinchi Franciya terma jamoasi safida Millatlar ligasi doirasidagi o'yinda jarohat oldi.
"Imkon qadar tezroq qaytish uchun ishlamoqdaman", — deb yozdi futbolchi.
Kunde son mushagidan jarohat oldi. Uning tiklanish muddati malum emas.
Himoyachi joriy mavsum "Barselona" safida umumiy 5ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar