Kunde "Barselona"ga o'tmoqchi ekanligini klub rahbariyatiga malum qildi
15 iyu 2022 21:11
Yangiliklar
Kunde "Barselona"ga o'tmoqchi ekanligini klub rahbariyatiga malum qildi
Manbaning xabariga ko'ra, "CHelsi" va "Nyukasl" 90 million evro tovon puli to'lashga tayyor bo'lganiga qaramay, markaziy himoyachi ingliz klublari bilan muzokaralarni to'xtatgan hamda "Sevilya" rahbariyatiga "Barselona"ga o'tishni istayotganini aytgan.
Xavi ham francuz futbolchisini jamoasida ko'rmoqchi. Murabbiy bu haqda allaqachon "Barsa"ning texnik bo'limi va klub prezidenti Joan Laportni xabardor qilgan. Agar “Sevilya” bilan kelishuv muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, “Barsa” “Napoli”dan Kalidu Kulibalini sotib olishga harakat qiladi.
"Barselona" Kunde uchun ustuvor variant hisoblanadi. Kataloniya klubi “Sevilya” Jyulni 65-70 million evroga sotishga tayyor ekanligini biladi, shu bois "ko'k-anorranglilar" Andalusiya klubi egalarining talablarini kamaytirishga harakat qiladi. Kelishuvga o'ng qanot himoyachisi Serjino Dest yoki yarim himoyachi Fransishku Trinkau kiritilishi mumkin.
23 yoshli himoyachi o'tgan mavsumda "Sevilya" safida barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikrlar