Kunde "Barsa" hali uni ro'yxatdan o'tkazmaganidan norozi
21 avg 2022 16:17
Yangiliklar
Kunde "Barsa" hali uni ro'yxatdan o'tkazmaganidan norozi
Jyul Kunde hali ham "Barselona"da o'ynay olmayotganidan norozi.
23 yoshli himoyachi "ko'k-anorranglilar"ning ketma-ket ikkinchi o'yinini o'tkazib yuboradi, sababi klub hali uni La Ligada ro'yxatdan o'tkazgani yo'q.
Kataloniyaliklar francuzni 28 avgustda bo'lib o'tadigan "Valyadolid"ga qarshi La Liga 3-turiga ro'yxatdan o'tkazishga ulgurishadimi yoki yo'q, bu malum emas.
Qayd etish kerakki, hujumchi Memfis Depayning ketishi "Barsa"ga Kundeni ro'yxatdan o'tkazishga imkon bermaydi. Buning uchun ko'proq narsa talab etiladi.
Oldinroq xabar berilganidek, Kunde uni 31 avgustga qadar ro'yxatdan o'tkazishmasa, "Barsa"dan tekinga ketishi mumkin.
Fikrlar