So’nggi yangiliklar

00:41Саудия Арабистони. "Ал Файҳа" асосий рақобатчисини мағлуб қилди ва "учиб кетиш ҳудуди"дан узоқлашди  0 00:15Лаутаро Мартинесда ҳали имкон бор  0 23:43Илёс Зейтуллаев: "Ютганимизда бугун қаҳрамон бўлар эдик"  5 23:22Клублар ўртасидаги ЖЧ вақтида "Реал"ни бошқа мураббий бошқариши мумкин  0 22:54Баҳром Ҳайдаров: "Ютқазаётган вақтимизда ҳам режамиздан чекинмадик ва ҳақли ғалабага эришдик"  2 22:51АПЛ. "Манчестер Сити" - "Вулверхэмптон". Асосий таркиблар маълум!  30 22:28Суперлига. "Қўқон-1912" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бунёдкор" майдонида зафар қучди  33 21:59Ҳаким Фузайлов: "Амалдаги чемпиондан бир очко олдик, бундан хурсандмиз"  4 21:31Рўзиқул Бердиев: "Очко йўқотишга ҳақли эдик"  18 21:16"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 20:48Микель Артета: "Ливерпуль" чемпионликка ҳақли эди"  0 20:15Суперлига. Пешқадам "Насаф" "Хоразм"ни юта олмади  56 19:59Аббосбек Файзуллаев: "Ҳусанов мени "Сити"га таклиф қилмади"  17 19:16Суперлига. "Бунёдкор" — "Қўқон-1912". Асосий таркиблар маълум  3 18:34Раньери: "Шомуродов майдонда бор куч-ғайратини сарф этади. Уни шунинг учун ҳам яхши кўраман"  8

Kundalik boshlanyapti, azizlar, kundalik! "Oltin olma, duo ol!" Yangiliklar

Kundalik boshlanyapti, azizlar, kundalik! "Oltin olma, duo ol!"

Qani ketdikmi, ha ketamiz-da, unda nima qilib turibsiz o'qing, o'qing...
Bir oy davomida saytimiz sizlarni, bamisoli o'rgimchak to'ridek o'z to'rida ushlab qola olishiga ishonamiz.

Har safar biron bir safarga chiqishdan oldin birinchi qiladigan ishim, buvim va bobomning uylariga borib duo olish bo'lardi. Taqdir va hayot qonuni, endi ular oramizda yo'q. Bejizga qarisi bor uyning, parisi bor demaydilar. Bu yil Prezidentimiz tomonidan "Keksalarni ezozlash yili" deb elon qilindi. Bu qanchalik ajoyib ekanligini, buvi va dodasining tarbiyasini olganlar juda yaxshi bilishadi. O'zbek futboli jurnalistikasida qalam tebratayotgan kishi borki, sohamizning dodasi Axbor aka Imomxo'jaevni hurmat qilmasa. Ketishdan avval Diyor bilan bog'landim va bobosining qaerda bo'lishlari bilan qiziqdim. Uylarida ekanlar, to'rtta non, muhimi etibor! Uylariga "bostirib" kirdim. Hamrohim ham yo'q emas, Ilhomjon! 



  • Bu qo'l yozmalar, yaqin kunlarda chiroyli bir kitobga aylanadi. 
29 dekabrda "Paxtakor" tomonidan tashkil etilgan bayram kechasida Axbor doda, "Siz terma jamoa bilan ketayotgan ekansiz, bir kichik iltimos bor. O'zbek futboli tarixini o'z ichiga olayotgan yangi kitobimda, hamma narsa tayyor, faqat Denisovga ajratilgan saxifa bo'sh turibdi. SHu, intervyu qilib bersangiz", - dedilar. Tasavvur ham qila olmaysiz, bir kun kelib shu odam meni ham o'z shogirdlari qatoriga qo'shar ekanmi degan orzularim ijobat bo'layotganidan qanchalik xursand edim. Nega aynan men, mendan boshqa yana ko'pchilik Denisov bilan suhbatlashishi mumkin-ku? Ha, Axbor dodaning nazariga tushish oson emas, tushdingmi endi "gaz"ni bos va masuliyatni his qil. Esimda, 5 yillar avval u kishining intervyulari chiqqandi. O'shanda yoshlar ichida Behzod Nazarovning maqolalarini ajratib ko'rsatishim mumkin degan edilar. U paytlar asosan fotojurnalistika bilan shug'ullanardim. Bir kun kelib men ham nazarga tusharman deb o'zimga aytdim. Nima desam bo'lar ekan, bu xuddi Messi yoki Ronaldu uchun "Oltin to'p"ni olishdek faxr. 


  • O'ng tomondagi suratda SHokarim aka "Paxtakor" libosida.

Ustozga sovg'a bo'lsin deb, Denisov bilan uchrashuvni kuttirib qo'ymadim. Sal avval "Kecha, bugun, ertaga" loyihasi uchun Vitalik bilan kattagina intervyuni tashkil qilganimiz yodingizda bo'lsa kerak, to'rtta nonning oldiga mana shu intervyuni qo'shib uylariga bordik. Xushmuomala va ochiq chehra bilan bizni kutib olgan ustoz, o'zlarining "ofis"lariga taklif etdilar. Kelajakda uy-muzey bo'lishi kutilayotgan bu xona, ijodga boy axborotlarga to'la. Suratlardan tortib, maqola-yu, kitoblargacha. Hamma narsa bordek. Tarixga sho'ng'iysiz. 2006 yil vafot etgan "Paxtakor" mamuri, SHokarim aka SHoqodirovning suratiga ko'zim tushdi, biroz o'ksindim. U kishini yaqindan tanir edim, katta o'g'illari hozirda ota kasbini davom ettirayapti. U kishidan tashqari, An, Fyodorov, Krasnickiy kabi o'z davrlarining afsonalari suratlarini tikka holda ko'rishingiz mumkin. Kuni kecha AQSHdan jiyanlari, JCH-2014da ishtirok etgan barcha jamoalarning medallari jamlangan esdalik sovg'asini olib kelgan ekan, buni faxrlanib bizga ko'rsatdilar.



  • Mana o'sha medallar.

"Avvallari mana shunday medallarga ishqiboz bo'lardik. "Paxtakor" kim bilan o'ynamasin, raqib jamoaga emas, medali sotuvda bormikin?" deb savol berar edik. Bor bo'lsa, chipta olib o'yinga ketardik. U Latviya bo'ladimi, Ukraina yoki Moskva jamoalar - farqi yo'q edi. Tanishlarimiz bilan esdalik uchun ularni almashtirardik. Undan tashqari o'yin dasturlarini yig'ish moda bo'lgandi", - deya xotirlaydilar.

Ikki soatga yaqin ancha suhbatlashdik. Nima uchun bu kishining uyiga ertaroq kelmagan ekanman deb o'zimni koyidim. Mazza qildim, manaviy ozuqa oldim. Tarixni esladik, bugungi futbolimiz haqida ancha suhbatlashdik. Ayniqsa Prezidentimiz bilan "Bunyodkor" stadioni ochilish marosimida bo'lib o'tgan tadbir haqida to'lqinlanib gapirib berdilar. Prezidentimiz bilan tushgan suratlarini barcha farzandlariga bittadan chiqarib berganlarini alohida takidlab o'tdilar.

- Bu men uchun unutilmas kun edi. Mustaqillik yillari davomida futbolni qo'llab-quvvatlash borasida hurmatli yurtboshimiz qanchadan-qancha qarorlarni chiqardilar. Mana bu yil "Keksalarni ezozlash yili" deb elon qilindi. Bundan faqat quvonish kerak. Tunov kuni shaxsan Mirabror Zufarovichning o'zlari qo'ng'iroq qilib tadbirga taklif etdilar. Bu kishining ham futbolimiz oldida tutgan o'rni katta bo'lyapti. Kitobning chiqishida ham katta yordam beryaptilar. Nasib qilsa chiroyli bir kitobga ega bo'lamiz.



  • XX asr yulduzlari.

O'tgan yili Axbor doda bilan aynan shu mavzuda gaplashib, har oy biron bir faxriy futbolchimiz bilan suhbat tashkil etish taklifini bergan edim. Albatta, ularning boshchiligida. Ammo rejamiz amalga oshmay qolgandi. Bu erda ayb mendan o'tdi. Lekin bu loyihani bu yil amalga oshirmasak, uyat bo'ladi. Ustoz ham o'z navbatida to'liq qo'llab-quvvatlashlarini aytib o'tdilar.

Qisqa qilib aytsam, mazza qildim. To'g'risi, bu balandparvoz gap emas. "Barselona" va "Real" mag'lubiyatga uchragan kuni 9 nafar o'quvchini blok qildik. Kurakda turmaydigan gaplari sabab jahlim chiqib ketdi. Undan ko'ra 4ta non olib buvi-dodang bilan choy ichib o'tir deb yozib yubordim. Ular g'animat ekan, ularni borligida foydalanmasang, keyin qo'msashdan ne naf? 

Ketish oldidan Axbor doda duo qilar ekanlar, yurtimiz tinch bo'lishi va Avstraliyaga eson-omon borib kelishimizni niyat qildilar. Albatta, biz ham mana shu maqsad yo'lida safarga chiqdik va mazkur kundalikni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdan yozish nasib etib turibdi. Ertaga terma jamoamiz azolari istiqomat qilayotgan Avstraliyaning Sidney shahriga uchamiz, bugungi kun kundaligini, tabiiyki ertaga o'qiysiz.


Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика