So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  1 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  6

Kun tarixi. "Nasaf" OFK kubogini qo'lga kiritganiga 7 yil to'ldi Yangiliklar

Kun tarixi. "Nasaf" OFK kubogini qo'lga kiritganiga 7 yil to'ldi

Teglar :  Nasaf
Xabaringiz bor, 2011 yil 29 oktyabr kuni OFK Kubogi bosh sovrinini Qarshining "Nasaf" klubi qo'lga kiritgandi.

"Nasaf" jamoasi 2011 yilgi mavsum davomida OFK kubogida ko'tarinki ruhda qatnashishgandi.  Anatoliy Demyanenko shogirdlari guruh va pley-off bosqichini ancha ishonchli o'tkazib turnirning hal qiluvchi bahsiga qadar etib borishadi.

Quraga ko'ra final bahsi Qarshi shahrida o'tkazildi. Finalga juda katta tayyorgarlik ko'rgan qarshiliklar Kuvaytning “Kuvayt SK” jamoasini 2:1 hisobida dog'da qoldirib, OFK kubogi g'olibiga aylangandilar.

Esingizda bo'lsa, qarshiliklar o'shanda Quvaytning "Quvayt SK" klubiga qarshi Qarrshidagi markaziy stadionda bahs olib borishgandi. Bungacha Quvayt jamoasi uch marta finalda ishtirok etgan bo'lsa, "Nasaf" endi birinchi bor chiqqandi.

"Nasaf" guruh o'yinlaridayoq o'zini ko'rsatishni boshlagan. Bu jamoa o'z guruhida "Dempo" (Hindiston), "Al Ansar" (Livan) va "Al Tilol" (Yaman) klublariga qarshi bahs olib borgandi. SHunisi etibor molik, "Nasaf" guruhdagi hamma o'yinlarni o'z foydasiga hal qilgan. 

"Nasaf" guruh bosqichida raqiblar darvozasiga 30ta gol urib, o'z darvozasidan atigi to'rtta to'p o'tkazib yuboradi. Eng yirik hisob "Dempo" bilan o'yinda qayd etilgan - 9:0. Jamoaning chernogoriyalik hujumchisi Ivan Boshkovich barcha o'yinlarda o'zini ko'rsatib, sakkiz bor to'p kiritishga erishadi. 

"Nasaf" guguhdan chiqqach, keyingi bosqichda "Al Faysali"ga qarshi bahs olib boradi. Jamoaning finaldagi raqibi "Quvayt SK" o'z guruhida ikkinchi o'rinni egallab, nimchorak finalda "Al Qodisiya"ga duch keladi. Bunda "Nasaf" o'z raqibini 2:0 hisobida mag'lub etadi. "Quvayt SK" esa 2:2 o'ynab, faqat penaltilar seriyasiga ko'ra 3:2 hisobida g'alabaga erishadi.


CHorak finalning birinchi o'yinida "Nasaf" Tailandga safar qiladi va "CHonburi"ni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytadi. Yagona gol Ivan Boshkovich tomonidan kiritiladi. Javob o'yinida esa "CHonburi" ham shu hisobda zafar quchadi va ish oxir-oqibat penaltilar seriyasiga borib taqaladi. Tailandlik mashhur futbolchi Terdsak CHayman penaltidan foydalana olmaydi, "Nasaf" esa barcha zarbalarni golga aylantirib yarim finalga yo'l oladi.

Buni qarangki, "Quvayt SK" ham chorak finalda Taidland klubi qarshi bahs olib boradi. Raqib - "Muangtong Yunayted". Ikki o'yin natijasiga ko'ra quvaytlar 1:0 hisobida zafar quchishadi. Yarim finalda "Nasaf" Iordaniyaning "Al Vihdat" klubi bilan o'ynaydi. Jamoa uyda 1:0 hisobida zafar quchib, safarda 1:1 o'ynaydi. Quvayt klubi esa yarim finalda Iroqning "Arbil" jamoasini musobaqadan chiqarib yuboradi.

Nihoyat jamoalar hal qiluvchi finalga etib kelishadi. SHu kuni Qarshi stadioni muxlislar bilan to'lib toshadi. O'yinning birinchi taymida hisob ochilmaydi. Tanaffusdan so'ng Ilhom SHomurodov gol urib, jamoasini oldinga olib chiqadi. Keyinchalik oradan uch daqiqa o'tib latviyalik Andrey Pereplyotkin hisobni 2:0ga etkazadi. Quvaytliklar ham gol urishning uddasidan chiqishadi, lekin bu etarli bo'lmaydi va natijada "Nasaf" finalni 2:1 hisobida o'z foydasiga hal etib, bosh sovrin sohibi bo'ladi. 

Uchrashuv yakuniga etgach, "Nasaf" jamoasiga tantanali ravishda kubok topshiriladi, shuningdek Ivan Boshkovich "Eng yaxshi to'purar", Artur Gevorkyan esa "Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi" sovrinini tashkilotchilardan qabul qilib oladi. 

Anatoliy Demyanenko. Bu mutaxassis o'zbek klublariga xalqaro musobaqada sovrin yutib bergan ilk va yagona murabbiy bo'lib turibdi. Hech kim bilmasligi mumkin, ammo aynan Demyanenko o'sha paytda OFK kubogida Eldorbek Suyunovga ishonch bildirgandi. 20 yoshli iqtidorli posbonga xalqaro maydon havosidan nafas olishga  imkoniyat yaratib bergandi.

Demyanenko davrida "gullagan", ammo Berdiev qo'l ostida o'ynay olmagan OFK Kubogi-2011 to'purari - Ivan Boshkovich. Qo'lida bayrog'imizni xilpiratib turgan ajoyib futbolchi esa Jahongir Jiyamurodov...


Tarixiy o'yin qaydnomasi:

OFK kubogi - 2011.

Final.

"NASAF" - "Kuvayt SK" - 2:1 (0:0)

2011 yil, 29 oktyabr. Qarshi. "Markaziy" stadion. 15753 tomoshabin.

Hakamlar
: Kim Don Jin, Jeon Xayi San, Li Jun Min (Janubiy Koreya).

Gollar: SHomurodov, 62 1:0. Pereplyotkins, 64 2:0. Kabi, 69 2:1.

Nasaf - Murodjon Zuhurov, Botir Qoraev (s), Boyan Malishich, Maqsud Karimov, Jahongir Jiyamurodov, Lutfulla To'raev, Erkin Boydullaev, Andrey Pereplyotkins, Artur Gevorkyan, Ilhom SHomurodov (Fozil Musaev, 84), Ivan Boshkovich (Artyom Filiposyan, 90+4).

Kuvayt SK-Xolid Fadhli, Yoqub Tohir, Fahad Avad, Rafat Jobir, Husayn SHammari (Ali Alkandari, 81), Lassana Fane, Rojerio, Ahmad Saboh (Abdulloh Buraiki, 61), Nosir Al Qahtoni, Xolid SHammari, Landri Kabi.

Uchrashuv komissari: Abdul G'afur Hamid (Maldiv orllari).

Ogohlantirish: Kabi, 26. Ahmad Saboh, 35. Husayn SHammari, 49. Zuhurov, 88. Malishich, 89.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика