Kun o'yinlari: Hali g'alaba tamini sezmagan jamoalar to'qnashuvi (prevyu)
29 mar 2019 11:09
Yangiliklar


Kun o'yinlari: Hali g'alaba tamini sezmagan jamoalar to'qnashuvi (prevyu)
Birinchi turdagi 5 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgandi. Ikkinchi tur esa qanday natija bilan boshlanishini bugun bilib olamiz.
Kunning dastlabki o'yini Navoiyda "Qizilqum" hamda AGMK jamoalari o'rtasidagi bellashuv orqali boshlanadi. Kunning ikkinchi bahsida esa "Metallurg" Bekobodda "Buxoro"ni mehmon qiladi.
Qayd etish kerakki, mazkur jamoalar birinchi turda bir ochkodan jamg'arishgandi. "Qizilqum" uyida Superligaga qaytgan "Andijon" bilan ochko bo'lishgan bo'lsa, AGMK Olmaliqda "Buxoro" bilan murosaga kelgandi. " Metallurg" Termizda "Surxon" qarshiligiga duch kelib durangga imzo chekkandi.
Demakki, barcha jamoalar bugun mavsumdagi ilk g'alabani tantana qilish maqsadida maydonga o'zgacha kayfiyatda chiqishadi.
Qizilqum Medina Smit - 1', Elguzha Grigalashvili - 51', Elguzha Grigalashvili - 69' |
Superliga. 2-tur 29/03/2019, 18:15 1
:
3
Tugadi
|
OKMK Dilshod Jo’rayev - 44' |
"Qizilqum": Navoiyliklar uchun mavsum starti hech g'alaba bilan boshlanmayapti. O'tgan mavsumda ham jamoa o'z uyida "Loko"ga mag'lub bo'lgandi. Bu safar ham o'tgan yilgidek jamoa dastlabki ikki bahsni Navoiyda o'tkazadi. O'tgan yili avvaliga "Loko"ga, keyin "Qo'qon-1912"ga imkoniyat boy berilgandi. Bu mavsum dastlab "Andijon" bilan bellashuvda ochko yo'qotildi. Bu esa AGMKga qarshi bellashuv oldidan navoiylik muxlislarni yaxshigina o'ylantirib qo'ymoqda. Jamoa ketma-ket ikkinchi o'yinda yana ochko yo'qotadimi, degan savol ko'pchilikni qiynayotgan bo'lsa ne ajab. Har holda Sakaev topishmoqlariga javob berolmagan Aktamov Qosimov qarshisida o'zini yanada noqulayroq sezishi tabiiy.
Asosiy "quroli": Elguja Grigalashvili
Bo'sh nuqta: o'ng qanot
AGMK: O'tgan yili jamoa o'z tarixida yangi sahifa ochgani va klub boshqaruvni Qosimovga topshirgani olmaliqliklarning maqsadi naqadar jiddiyligini ko'rsatdi. To'g'ri, jamoa hozircha OCHL guruh bosqichiga chiqishga yoki O'zbekiston Superkubogida mamlakat chempioniga qarshilik qilishga tayyor emasligi ko'rinib qoldi. Ammo chempionatni o'z uyida "Buxoro" bilan bo'lgan bahsda muvaffaqiyatsiz boshlagani murabbiylar shtabiga yanada ko'proq bosim yuklaydi. Birinchi turdagi natija jamoa uchun shubhasiz muvaffaqiyatsizlik sanaladi. Nafaqat natija, balki o'yin borasida ham muammolar ko'rinib turibdi. Ayniqsa himoya chizig'idagi kamchilik va bo'shliq jamoaning asosiy muammosi sanaladi. Jamoa chempionat boshlanishiga qadar o'tkazilgan 3 o'yinda jami 8ta gol qo'yvordi. O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yayotgan va jamoa boshqaruvida Qosimovga ega AGMK uchun chempionatdagi dastlabki ikki uchrashuvni g'alabasiz boshlash fojiaga teng. CHunki olmaliqliklarning yangi mavsumdagi g'alabasiz seriyasi uchtaga etgan. AGMK bugun ushbu noxush seriyaga chek qo'yishga astoydil urinib ko'radi.
Asosiy "quroli": Sanat SHixov
Bo'sh nuqta: himoya
Metallurg Sergey Tumasyan - 35', Server ZHeparov - 75' |
Superliga. 2-tur 29/03/2019, 20:15 0
:
2
Tugadi
|
Buxoro |
"Metallurg": Tarkibni keskin kuchaytirgan va shu bilan birgalikda ancha qariyalashgan "Metallurg"dan bu yil istalgan natijani kutish mumkin. Agarda SHipilov qo'l ostidagi tajribali futbolchilarning ustun jihatlarini qaytadan yuzaga chiqara olsa, unda istalgan raqib bekobodliklar bilan bahsda jiddiy muammoga duch keladi. Birinchi turda Termizda mehmonga aylangan jamoa tezkor gol o'tkazib yuborib, javob to'pini bahs yakuniga qadar urishga erishdi. "Metallurg"ning himoya chizig'idagi futbolchilarning yoshi va jismoniy holatini inobatga olsak, raqibning tezkor hujumlari SHipilov jamoasining asosiy bosh og'rig'iga aylanishi mumkin. "Surxon" ham aynan shu nozik nuqtadan foydalangandi. "Metallurg" esa standart vaziyatidan naf chiqara oldi xolos. Dastlabki turdagi natijani "Metallurg" uchun muvaffaqiyatsizlik deyish biroz noo'rin. Lekin "Buxoro"ga qarshi o'yinda esa jamoadan faqat g'alaba talab etiladi. Bunday tarkibga ega jamoadan o'z uyidagi barcha uchrashuvlarda faqat va faqat maksimum natija talab qilinishi tabiiy.
Asosiy "quroli": Server Jeparov
Bo'sh nuqta: himoya
"Buxoro": O'tgan yilgi jamoadan qaysidir manoda asar ham qolmagan. Ashurmatov juda qiyin sharoitda va juda kam muddat qolganda jamoa ruliga o'tirdi. To'g'ri, o'tgan yili ham Ashurmatov Baqoevga malum muddat ko'maklashgan va bu erdagi ob-havoni ozmi-ko'pmi biladi. Lekin yordamchi murabbiy bilan bosh murabbiyning masuliyati o'zgacha. Ayniqsa sharoit va futbolchilar tanlovi anchagina qisqargan paytda. Lekin shunga qaramay Ashurmatov qisqa fursat ichida o'zgargan "Buxoro"ni kurashuvchan va jangovor jamoaga aylantirganini Olmaliqdagi bahsda guvohi bo'ldik. Bu ishni endi Toshkent viloyatining boshqa shahri, yani Bekobodda yana takrorlashiga to'g'ri keladi. "Buxoro" va Ashurmatov uchun ishlar oson kechmayapti. Qo'shimchasiga jamoa dastlabki o'yinlarni jiddiy raqiblarga qarshi mehmonda o'tkazishiga to'g'ri kelmoqda. Ashurmatov yana bir bor yangi jamoasini qaynayotgan qozonda "qovurib" olishiga to'g'ri keladi. Birinchi turda bo'lgani kabi mazkur bahsda ham "Buxoro" favorit emas, lekin futbolda doim ham g'alaba favorit jamoa tarafida bo'lmasligini ko'p ko'rganmiz. Ayniqsa oxirgi paytlarda Ashurmatov boshchiligidagi jamoalar bu narsani ko'p bor isbotlab kelmoqda. Bekoboddagi bahsda "Buxoro" ikkinchi raqam ostida tezkor va aniqroq o'ynashni uddalasa, Buxoroga yaxshi kayfiyatda ketish imkoniyatlarini keskin oshiradi. Aks holda mavsumdagi ilk mag'lubiyat baribir Toshkent viloyatida qayd etilishi ehtimoli mavjud.
Asosiy "quroli": Behruz SHodmonov (hujumkor yarim himoyachi)
Bo'sh nuqta: hujum
SHahboz Beg'amov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar