So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Kun o'yini: Fantastik yarim finalga marhabo! Yangiliklar

Kun o'yini: Fantastik yarim finalga marhabo!

Millatlar ligasi yarim final doirasidagi ikkinchi bahsda Gollandiya Angliya bilan final yo'llanmasi uchun kurashadi.

Kecha Millatlar ligasi yarim finalining ilk to'qnashuvida Portugaliya SHveycariyani Ronalduning xet-triki evaziga mag'lub etib, finalga yo'l oldi. Bugun esa Portugaliyaning finaldagi raqibi nomi mazkur ajoyib o'tishi kutilayotgan bellashuvda aniqlanadi.

Netherlands

Matthijs de Ligt - 73', Quincy Promes - 114'

UEFA Nations League A Championship Playoff . 1/2-tur

07/06/2019, 00:45

1
:
3
Finished AET

England

Marcus Rashford - 32'

Stadion: Estadio D. Afonso Henriques, 25711 tomoshabin

Bosh hakam: Clement Turpin

45'
90'
120'
30'  Matthijs de Ligt
45'  Denzel Dumfries
68'  Ryan Babel (Quincy Promes)
68'  Marten de Roon (Donny van de Beek)
73'  Matthijs de Ligt
73'  Memphis Depay
91'  Steven Bergwijn (Davy Propper)
97'  Kyle Walker
106'  Donny van de Beek
114'  Frenkie de Jong (Kevin Strootman)
114'  Quincy Promes
114'  Memphis Depay
32'  Marcus Rashford
46'  Marcus Rashford (Harry Kane)
61'  Jadon Sancho (Jesse Lingard)
70'  Harry Kane
77'  Fabian Delph (Jordan Henderson)
106'  Declan Rice (Dele Alli)

Gollandiya (taxminiy tarkiblar): Sillessen; Dumfris, de Lixt, van Deyk, Blind; de Roon, F. de Yong, Veynaldum; Promes, Depay, Babel.

Angliya (taxminiy tarkiblar): Pikford; Uoker, Stounz, Maguayr, CHiluell; Xenderson, Rays, Barkli; Sancho, Reshford, Sterling.


Ayni paytda avlodlar almashuvini boshdan kechirgan va kelajagi porloq avlod etishib chiqayotgan mazkur jamoalar o'rtasidagi bahs juda qiziqarli o'tishi kutilmoqda. 

Nihoyat malum tanaffusdan so'ng xalqaro maydonga qaytayotgan Gollandiya uchun Millatlar ligasidagi ehtimoliy g'alaba tort ustidagi olchaga aylanadi. Angliya ham necha yillardan buyon xalqaro maydonda zafar quchmagan va Millatlar ligasi orqali ushbu noxush seriyaga chek qo'yishga bo'lgan ishtiyoq yuqori.

Gollandiya terma jamoasi tarkibi ayni damda yaxshi muvozanatda. Tarkibda yaqindagina "Ayaks" bilan ECHLda mo'jiza ko'rsatgan iqtidorlar kollekciyasi va "Liverpul" safida ECHL g'olibiga aylangan asosiy figuralar Veynuldum va van Deyk mavjud. Bu esa Gollandiyaning hozirgi holatiga berilgan eng xolis baho. Agarda uchar gollandlar bugun kvalifikaciyada jahon chempionlari Franciyaga qarshi o'yindagi kabi harakat qilishsa, unda Angliyaga havas qilib bo'lmaydi.

Angliya terma jamoasi ham Gollandiya singari yangi porloq avlod bilan yuqori maqsadlarni qo'yishmoqda. Garet Sautgeyt jamoasi o'tgan yili yozda Rossiyada o'tgan Jahon chempionatida jamoa yangi darajaga chiqqanini o'zining ishtiroki orqali elon qilgandi. Millatlar ligasi g'olibligi uchun esa Angliya Gollandiya qatori asosiy favoritlardan biri sanaladi. Ammo ulardan biri bugun kurashdan chiqishiga to'g'ri keladi.

Agarda Angliyada bugun Gollandiya to'sig'idan o'tib, finalda zafar quchadigan bo'lsa, unda 1966 yildan keyin ilk bor xalqaro sovrin futbol vataniga ketadi.

Ronald Kuman (Gollandiya bosh murabbiyi): - Fantastik bahs bo'ladi. Har ikkala jamoa ham juda katta o'sishga erishishdi. Angliya ham biz kabi asosan yoshlarga ishonmoqda. Ularda qator iqtidorli futbolchilar mavjud. Imkoniyatlar teng. Hammasi o'yinda va ko'p jihatdan individual mahorat egalariga bog'liq bo'ladi. Millatlar ligasi har qanday jamoa uchun sovrin yutish uchun ajoyib imkoniyat. O'ylashimcha, Gollandiya terma jamoasining vaqti etib keldi.

Garet Sautgeyt (Angliya bosh murabbiyi): - Har doim jiddiy va chinakamiga muhim bahslarda ishtirok etish istagi yuqori bo'ladi. Millatlar ligasi bizga bunday imkoniyatni taqdim etmoqda. Jahon chempionatida yarim finalga qadar borib juda katta tajriba to'pladik. SHu boisdan ham biz katta o'yinlarda ishtirok etishni istaymiz. Angliya qaysidir manoda katta burilish qiladigan payt keldi. Biz endi yarim final yoki qandaydir masofaga emas, balki sovrin yutadigan jamoaga aylanmog'imiz lozim.

Bugun namoyish etiladigan futbolga oid ko'rsatuvlar jadvali (Sport TV, Match TV, Futbol TV) 

Millatlar ligasi g'olibiga UEFA 10,5 million evro beradi.

UEFA Millatlar ligasi finali 9 iyun kuni bo'lib o'tadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика