So’nggi yangiliklar

20:10"Бешиктош" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 20:00Суперлига. "Пахтакор" – "Хоразм" (матнли трансляция)  19 19:54"Ланс" собиқ бош мураббийи Уилл Стилл Англия клубига бош мураббий этиб тайинланди  1 19:25"Турон" — "Тобол". Таркиблар маълум  0 19:02Ла Лига. "Атлетико" ўйиннинг сўнгги қисмида "Жирона"ни тор-мор келтирди, Сорлотдан хет-трик. Мадрид клуби мавсумни учинчи ўрин билан якунлади  1 18:58АПЛ. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум  18 18:45Суперлига. "Навбаҳор" - "Қўқон-1912" 3:0 (матнли трансляция)  16 18:35"Ал Батаеҳ" — "Ал Ваҳда". Ғаниев ва Эркинов жамоалари ўртасидаги ўйин учун таркиблар маълум  0 18:16Муҳим беллашувга оз қолмоқда. Терма жамоа йиғинига ким қайси вақтда етиб келади?  5 17:47"Интер" 27 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 17:13"Наполи" Аллегрига бир мавсум учун 6 миллион евро таклиф қилиши мумкин  0 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  1 15:47"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  1 15:17Расман: Хаби Алонсо — "Реал" бош мураббийи  12 14:48"Атлетик" бош мураббийи "Барселона"нинг Уильямсга қизиқиши ҳақида гапирди  5

Kun mavzusidagi qiziq fakt va oddiy haqiqat: Murabbiyga vaqt va imkoniyat kerak! Yangiliklar

Kun mavzusidagi qiziq fakt va oddiy haqiqat: Murabbiyga vaqt va imkoniyat kerak!

Superliganing 2020 yilgi mavsumi yakunlangani va musobaqa jadvalidagi holat bizga oddiy haqiqatni yana bir bor ko'rsatmoqda.

Etibor bering, joriy mavsum Superligada sovrindor bo'lgan va jadvalda yuqori turgan jamoalar va ularning rahbariyati tomonidan murabbiylarga berilgan imkoniyat samarasi musobaqa jadvalida ko'zgudek yarq etmoqda.

CHempion bo'lgan "Paxtakor"ni ketma-ket ikkinchi yil shohsupaga olib chiqqan gruziyalik mutaxassis SHota Arveladze katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi. Jamoa yaxshi shakllandi va o'yin chizgisiga ega bo'ldi. Barqaror o'yin va o'z uslubini yaratgan "Paxtakor" bu natijaga qisqa fursatda erishmadi. Yani, 2017 yilda kelgan murabbiyga "Paxtakor" rahbariyati oqilona qaror chiqarib, kerakli vaqtni berdi va jamoa yildan-yilga kuchayib, o'sishga erishmoqda. Nafaqat o'yin, balki natija taraflama ham doimiy yuqori intilmoqda.

"Paxtakor"ning muvaffaqiyati nafaqat murabbiylar shtabining ishi, balki rahbariyat tomonidan kerak paytda qilingan sabr va berilgan imkoniyat samarasi. Arveladze "Paxtakor"ni kerakli ritmga tushirib olishi uchun 2 yil vaqt kerak bo'ldi. Hozirda esa 3,5 mavsumni o'tkazayotgan jamoa allaqachon natija keltirishni boshlab yuborgan va qizig'i, jamoa yildan-yilga turli xil musobaqalardagi natijalarini yaxshilab kelmoqda.


Kumush medaliga uchinchi marotaba ega chiqqan "Nasaf" klubi manziliga ham bu maqtovlarni yo'llash mumkin. "Nasaf"da bu tizim allaqachon yo'lga qo'yilgan. Bahrom Davlatov davridayoq barpo etilgan poydevor va bir maromda ishlab kelayotgan tizim hamda rahbariyat tomonidan Ro'ziqul Berdievga ko'rsatilayotgan ishonch natijasida "Nasaf" doimiy barqarorlikni saqlab kelmoqda. Jamoa muvaffaqiyatlarining asosiy sababchisi albatta bugungi kunda Ro'ziqul Berdievning amalga oshirayotgan to'g'ri yo'nalishdagi ishlari. Lekin murabbiyga berilgan yuqori ishonch krediti Berdievni ortiqcha bosimdan xalos qilib, xotirjam ishlashiga turtki bo'lmoqda.

Bu esa klub rahbariyati va homiy tashkilot tomonidan berilgan ishonchning mevasi. O'rtada bir to'xtalish yuzaga kelgan va "Nasaf" qatorasiga 2 yil medallarsiz qolgandi. Bunga asosiy sabab avlodlar almashuvi bo'ldi. Berdiev qaytadan jamoani yana shakllantirib olishi uchun 2 yil vaqt talab etildi va 2018 hamda 2019 yilda o'z o'rnida bo'lmagan "Nasaf" joriy mavsum yana eski joyiga qaytdi.

Bu ham yuqorida aytilgan oddiy haqiqat, yani murabbiyga vaqt kerak deyilishi bejiz emasligini isbotlaydi.

Joriy mavsum O'zbekiston chempionatida paydo bo'lgan yangi sovrindor jamoa, yani AGMKning muvaffaqiyatlari ham bejiz emas. Klub 2 yil avval jamoa ketayotgan yo'l haritasini o'zgartirdi va Olmaliqda grand jamoa tuzishni rejalashtirdi. AGMK rahbariyati bu yo'lda Mirjalol Qosimovga ishonch bildirdi va murabbiyga kerakli vaqt hamda imkoniyatni yaratib bermoqda. Birinchi mavsum chempionat doirasida kutilgan natija bermadi, lekin jamoa O'zbekiston kubogi va Liga kubogi finallariga qadar etib bordi.

Olmaliq kon metallurgiya kombinati rahbariyati ham "Paxtakor" yoki "Nasaf" kabi professional klublar kabi to'g'ri qaror chiqarib, Mirjalol Qosimovga ishlash uchun ishonch va imkoniyat taqdim etdi. Natijada Qosimov AGMK jamoasi tarixida yangi sahifa ochishi uchun 2 yil etarli bo'lganini ko'rishimiz mumkin. AGMK ham "Paxtakor" singari yildan-yilga rivojlanib, jamoa sifatida ham yaxshi shakllanib bormoqda. Klub tarixidagi eng yaxshi natija qayd etilgani tasodif emas. AGMK misolida Qosimov O'zbekiston chempionatida yangi qiyofadagi navbatdagi grand jamoani tayyorlamoqda. AGMKda ham ishlar tizimli yo'lga tushayotgani va jamoaning kelajakdagi poydevoriga aylanadigan akademiya barpo etilishi rejalari o'zbek futboli uchun juda foydali bo'ladi.

Superliganing joriy mavsumdagi sovrindorlari ("Paxtakor" / Arveladze, "Nasaf" / Berdiev, AGMK / Qosimov) misolida klub rahbariyati tomonidan to'g'ri olib boriladigan siyosat muvaffaqiyat sari etaklashini ko'rish mumkin. Qiziq fakt va oddiy haqiqat.


Nafaqat sovrindorlar, balki musobaqa jadvalining yuqori qismida turgan dastlabki ettitalikda ("Paxtakor", "Nasaf", AGMK, "Bunyodkor", "Qo'qon-1912", "So'g'diyona", "Metallurg") mavsum davomida murabbiy almashgani yo'q.

SHu boisdan ham mazkur jamoalar qolganlarga nisbatan barqarorlikni saqlab turishibdi. Qolgan ettitalikdagi "Mashal"dan tashqari barcha jamoalarda yil davomida qator murabbiylar istefoga chiqarib, navbati bilan yangi nomlar keltirildi. Lekin bu jamoa manfaatidan ko'ra, zarariga ishlagani guvoh bo'lishimiz mumkin. Faqatgina elitaga endi chiqqan "Mashal" pastki ettitalikda murabbiyini almashtirgani yo'q. Kamtargina ko'ringan muborakliklar uchun elitada ishonchli o'ynab, jon saqlab qolish uchun kurashmaganining o'ziyoq barqarorlik va bu ham murabbiyga ko'rsatilgan ishonch mevasi.

Nima demoqchi bo'lganimizni tushundingiz. Muvaffaqiyat istayotgan jamoalar natijaga erishishi uchun faqatgina sharoitni o'zi kamlik qiladi, balki rahbariyat tomonidan murabbiyga malum vaqt va imkoniyat berilishi ham zarur masala.

Yuqoridagi tayyor misollar esa murabbiylarini qo'lqopdek almashtiradigan va sabr qilishni bilmaydigan klub rahbarlari uchun ajoyib qo'llanma.


Qadrli muxlis, sizda bu borada fikr qanday? O'z mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика