So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  1 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Kuman: "VARga tushunmayapman" Yangiliklar

Kuman: "VARga tushunmayapman"

"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman LaLiga 7-turi doirasida "Real"ga uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

- Yaxshi o'yin ko'rsatdik, ko'plab vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi bo'limda ham yomon ko'rinmadik. O'yinning borishini inobatga olsak, bunday mag'lubiyatga loyiq emasdik.

Arbitrning ayrim qarorlari juda tushunarsiz bo'lmoqda. Uning penalti borasidagi qarori natijaga jiddiy tasir qildi. Penaltiga qadar yaxshi o'yin ko'rsatayotgandik.

- Penalti haqida nima deya olasiz?
- Uning tasiri katta bo'ldi. VARga tushunmayapman. VAR doim "Barselona"ga qarshi ishlatilmoqda. Jarima maydonchasi ichida kiyimdan tortish holatlari oddiy vaziyat hisoblanadi. Besh o'yin o'tkazgan bo'lsak, biror marta VAR bizning foydamizga qaror chiqarmadi. "Xetafe"ga qarshi o'yindagi kartochkalar... Biz bunga loyiq emasdik.

- Hakamlarga nima degandingiz?
- "Siz uchun bu penaltimi? Men uchun yo'q". SHunday dedim, bir kun kelib, u menga VARning Ispaniyada ishlatilish tizimini tushuntirib berar.

Tushunyapsizmi, biror marta foydamizga qaror chiqarilmadi. "Sevilya"ga qarshi o'yinda Messiga fol ishlatilganida penalti yo'qdimi? "Xetafe"ga ham ikki marta qizil kartochka berish kerak edi. Undan nima uchun VAR doim "Barselona"ga qarshi ishlatilishini so'radim.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика