Kuman Fati haqida: "Unga ko'proq o'yin amaliyoti berishga harakat qilamiz"
28 sen 2021 19:26
Yangiliklar
Kuman Fati haqida: "Unga ko'proq o'yin amaliyoti berishga harakat qilamiz"
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman CHempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi "Benfika"ga qarshi o'yin oldidan vinger Ansu Fatining holati haqida to'xtaldi.
"Kecha unda charchoq alomatlari sezildi. Uning qaytishi esa o'ziga kuchli emocional tasir ko'rsatdi. Bunday vaziyatda psixologik muammolar qanday tasir qilishi mumkinligini yodda tutishimiz kerak.
Bugun u hech bir muammosiz shug'ullandi. Unga ko'proq o'yin amaliyoti berishga harakat qilamiz. Biroq barchasi uning jismoniy holatiga bog'liq.
Men har o'yindan oldin unga to'p tepishi uchun qancha vaqt taqdim qilinishini aytolmayman", – dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Fati tizzasidan olgan jarohatidan 10 oy o'tib, 26 sentyabr kuni La Liga doirasidagi "Levante"ga qarshi o'yinda (3:0) maydonga qaytdi va gol urishga ham ulgurdi.
Fikrlar