Kuman: "PSJ bilan imkoniyatlarimiz teng"
14 dek 2020 19:31
Yangiliklar
Kuman: "PSJ bilan imkoniyatlarimiz teng"
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman CHempionlar Ligasi 1/8 finaliga tashlangan qura natijalari haqida gapirdi. Xabar berganimizdek, uning jamoasi nimchorak finalda PSJ bilan kuch sinashadi.
"Oson raqib bo'lmasligini tushunardik. Ammo men har 2 jamoaning imkoniyatlarini teng baholayman. Bilaman, "Pari Sen-Jermen" - bu keyingi bosqichga chiqishni, turnirda g'alaba qozonishni istaydigan jamoa, lekin biz ham shuni xohlaymiz", - dedi Kuman "ko'k-anorranglilar" matbuot xizmatiga.
"Barselona" va PSJ klublari o'rtasidagi 1-o'yin 16 fevral kuni Ispaniyada, javob uchrashuvi 9 mart kuni Franciyada o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar