Kuman: "Depayni tushunish juda oson"
02 avg 2021 00:14
Yangiliklar
Kuman: "Depayni tushunish juda oson"
Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman niderlandiyalik yarim himoyachi Memfis Depay haqida ilk taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Memfisni tushunish juda oson. U ajoyib kayfiyatda, o'zining nimaga qodir ekanligini ko'rsatish uchun klubga tashrif buyurdi, biz bu futbolchini sotib olishga muvaffaq bo'lganimizdan juda xursandmiz", — dedi Kuman.
Eslatib o'tamiz, Memfis Depay 2017 yildan buyon to'p surayotgan "Lion" bilan shartnomasi tugagach, erkin agent sifatida "Barselona"ga o'tdi.
O'tgan mavsumda kataloniyaliklar asosiy raqiblari "Atletiko" va "Real"dan ortda qolgan holda Ispaniya chempionatida uchinchi o'rinni egalladi.
Fikrlar