Kuman Dembelening qachon safga qaytishini aytdi
28 dek 2020 22:25
Yangiliklar
Kuman Dembelening qachon safga qaytishini aytdi
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman hujumchi Usmon Dembele haqida gapirdi.
Forvard jarohatidan forig' bo'lib, mashg'ulotlarni boshlab yuborganiga 1 haftadan oshdi. U "Barselona"ning 5 o'yinini o'tkazib yubordi va endi "Eybar"ga qarshi o'yinda qatnashishi kutilmoqda.
"Ertaga tarkibni ko'rsatamiz. Usmonning holati yaxshi. U bir necha marta umumiy guruhda shug'ullandi. Menimcha, u qaydnomaga kiritiladi", - dedi Kuman.
Ushbu mavsumda Usmon 12 o'yinda qatnashdi va 4 gol urib, 2 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar