Kuman: "De Ligt "Ayaks"da qolmaydi"
14 noy 2018 16:10
Yangiliklar
Kuman: "De Ligt "Ayaks"da qolmaydi"
Gollandiya terma jamoasi ustozi Ronald Kumanning fikricha, "Ayaks" himoyachisi Mateys de Ligt tez orada jamoani tark etadi.
"Bu futbolchi tez orada kuchliroq chempionatga o'tadi. U yuqoriroq darajada o'ynashga qodir ekanligini oldin ham aytganman, shu sababli u "Ayaks"da qolmaydi" - deydi Kuman.
Joriy mavsum de Ligt "Ayaks" safida Gollandiya chempionatining 11ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikrlar