Kuman: “Bu katta natija”
17 noy 2019 07:35
Yangiliklar


Kuman: “Bu katta natija”
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoasining SHimoliy Irlandiyaga (0:0) qarshi o'yini va Evro-2020 finaliga yo'l olganligiga izoh berib o'tdi.
“Men baxtliman va jamoam bilan faxrlanaman. Voqealar rivoji biz kutgandek tus oldi. Raqib katta temp bilan baxsni boshladi. Ammo biz o'z ishimizga professionallarcha yondoshdik va o'zimiz uchun kerakli ochkoni qo'lga kiritdik.
O'ylashimcha, qita birinchiligiga yo'l olishimiz – bu katta natija”, deydi Kuman.
Eslatib o'tamiz, gollandiyalik futbolchilari so'nggi ikkita yirik turnir JCH-2018 va Evro-2016 musobaqasining final bosqichiga yo'l ola bilishmagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar